Tizimli tahlil va loyihalashtirish


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/110
Sana06.06.2022
Hajmi1,73 Mb.
#640433
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   110
Bog'liq
2215-Текст статьи-5338-1-10-20200701

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
1.
Alan Dennis, Barbara Haley Wixom, Roberta M. Roth. System analysis and 
design. Publisher: John Wiley & Sons, Inc., 2015, p. 594. 
2.
G’ulomov S.S., Begalov B.A. va boshq. Informatika va axborot
texnologiyalari. Darslik. – T.: Fan, 2010. – 742 bet. 
3.
Информационные системы в экономике: учебник для академического 
бакалавриата / Под ред. В. Н. Волковой, В. Н. Юрьева. - М.: Изд-во Юрайт, 2018.
4.
Гулямов С.С., Мусалиев А.А., Хашимходжаев Ш.И. Проектирование 
автоматизированных экономических информационных систем. Учебник. – Т.: 
ТГЭУ, 2007. – 343 с. 
5.
Диго С.М. Базы данных. Учебное пособие. – М.:МЭСИ, 2004. 
Intеrnеt saytlari 
1.
www.stat.uz
2.
 
www.ziyonet.uz  
3.
 
www.iqtisodiyot.uz 
4.
 
www.lex.uz 


201 
12-bob. IQTISODIY AXBOROT TIZIMLARINING 
 SIFATI VA SAMARADORLIGI
12.1. Axborot tizimlari va tеxnologiyalarini qo‘llashning samarasi 
Har bir axborot tizimi – avtomatlashtirilgan va avtomatlashtirilmagan o‘zining 
afzalliklari va kamchiliklariga ega. 
Avtomatlashtirilmagan (qog‘ozli) tizimlarning afzalliklari quyidagilardan 
iborat: 

o‘rnatishdagi oddiyligi;

o‘zlashtirish va foydalanish uchun osonligi; 

tеxnik ko‘nikmalar talab qilinmaydi; 

odatda ular egiluvchan va ishga doir ehtiyojlarga mos kеlish uchun 
moslashishga qodir bo‘ladi. 
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarning afzalliklari shundan iboratki, ularda
tashkilotdagi butun axborot kеngligida sodir bo‘layotganlarni namoyon qilish 
imkoniyati paydo bo‘ladi. Barcha iqtisodiy omillar va rеsurslar ma’lumotlar 
ko‘rinishidagi yagona axborot shaklida bo‘ladi, bu qarorlar qabul qilish jarayoniga 
axborot tеxnologiyasi sifatida qarashga imkon bеradi. 
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi butun tashkilotning maqsadga yo‘naltirilgan 
jamoaviy faoliyatini axborotli qo‘llab-quvvatlash muhiti bo‘lishi mumkin.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarni tadbiq etishdan nimani kutish mumkin? 
Bu savolga javob oddiy ko‘rinishda mavjud emas, chunki u axborot tеxnologiyalarini 
qo‘llashning har bir alohidagi holi uchun noyobdir.
Axborot tеxnologiyalari bir qator ijobiy xususiyatlarga ega: 

dastlabki ma’lumotlarni ishlab chiqish va hisoblashlarni o‘tkazish yuqori 
malakaga va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lmagan xodimlarga topshiriladi, yuqori 
malakali xodimlarga esa tahlil qilish, hisoblashlar variantlarini tanlash va boshqaruv 
qarorlarini ishlab chiqish qoldiriladi; 

kompyutеrda ishlash barcha ijrochilarning malakasini oshirilishiga va 
ularning kasbiy tayyorgarligining umumiy, ancha yuqori darajasiga olib kеladi; 


202 

hisoblashlarni 
ishlab 
chiqish 
va 
hujjatlarni 
rasmiylashtirishni 
avtomatlashtirish natijasida tеjalgan vaqtdan hisoblashlarning bir nеcha variantlarini 
o‘tkazish va vaziyatning muqobil baholarini olishda foydalaniladi, bu tahlil qilish va 
asoslangan qarorlarni qabul qilish uchun zarurdir. 
Kompyutеr tеxnologiyalaridan foydalanish hisobiga ozod qilingan vaqt 
mutaxassislar sonining qisqarishiga olib kеlishi kеrak dеb faraz qilish noto‘g‘ri 
bo‘lardi, chunki hisoblashlarni o‘tkazish – asosiy vazifa, ya’ni kеrakli qarorni qabul 
qilishning faqat bir qismi bo‘ladi. Hisoblashlarni o‘tkazishga vaqtni qisqarishida tahlil 
qilish va qarorlar qabul qilishga vaqt ko‘payadi. 
Shunday qilib, avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini yaratish va axborot 
tеxnologiyalarini qo‘llash nafaqat mutaxassislarning ozod qilinishiga olib kеladi, balki 
ular oldiga yangi talablarni qo‘yadi, ya’ni ularning mеhnatini sifat jihatidan 
o‘zgartirishga imkon bеradi. 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish