Tizimli tahlil va loyihalashtirish


Tizimli tahlilning tamоyillari va shakllari



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/110
Sana06.06.2022
Hajmi1,73 Mb.
#640433
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   110
Bog'liq
2215-Текст статьи-5338-1-10-20200701

 2.4. Tizimli tahlilning tamоyillari va shakllari 
Tizimli tahlil uslubiyoti bir qator tamoyillariga asoslanadi.
Tizimli tahlilning tamoyillari ostida murakkab tizimlar bilan ishlash tajribasidan 
kelib chiqqan ma’lum qoidalar majmuasi tushuniladi. Ko’p hollarda tizimli tahlil 
tamoyillari qatoriga quyidagilar kiritiladi: yakuniy maqsad tamoyili, o’lchov tamoyili, 
barqarorlik tamoyili, birlik tamoyili, o’zaro bog’liqlik tamoyili, iyerarxiya tamoyili, 
funksionallik tamoyili, rivojlanish tamoyili, markazlashmaganlik tamoyili. Bularning 
mohiyatini ko’rib chiqamiz.
1. Yakuniy maqsad tamoyili. Yakuniy maqsadning ustivorligini belgilaydi.
Usbu tamoyil ma’lum qoidalarga ega: tizimli tahlilni amalga oshirish uchun
birinchi navbatda tadqiqot maqsadlarini shakllantirish kerak. Aks holda noaniq 
belgilangan maqsadlar noto’g’ri xulosalarga olib kelishi mumkin.
2. O’lchovlik tamoyili. Qandaydir tizimning faoliyat yuritishi sifati haqida faqat 
yuqori darajali tizimga muvofiq xulosa chiqarish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, 


27 
tizimni faoliyat yuritishi samaradorligini aniqlash uchun uni yirikroq tizimning bir 
qismi sifatida tasavvur etish lozim.
3. Barqarorlik tamoyili. Vaqtga bog’liq bo’lmagan holda va faqat o’z tavsiflari 
bilan aniqlanadigan, turli boshlang’ich sharoitlarda va har xil yo’llar bilan tizim o’z 
yakuniy holatiga erishishi mumkinligini belgilaydi.
4. Birlik tamoyili. Bu tizimga bir vaqtda yaxlitlik holatda va alohida qismlarning 
majmuasi sifatida qarashdir. Ushbu tamoyil tizimni yaxlitligi haqida tasavvurlar 
saqlangan holda uning bo’linuvchanligini ko’zda tutadi.
5. O’zaro bog’liqlik tamoyili. Tizimning har bir qismini ko’rib chiqishda barcha 
tizim elementlari orasida o’zaro aloqalarini aniqlash ko’zda tutiladi.
6. Iyerarxiya tamoyili. Iyеrarxiya tamоyili (iyеrarxiya - quyi sathdan yuqоri 
darajaga o’tish) murakkab ko’p sathli tizimlardagi tuzilmaviy munоsabatlar turidir, 
xaraktеrlanuvchilarning tartiblanganligi, vеrtikal bo’yicha alоhida sathlarning 
оrasidagi o’zarо ta’sirini tashkillashtirilganligi. Iеrarxik munоsabatlar ko’plab 
tuzulmaviy xaraktеrga ega bo’lgan tizimlarda mavjud.
7. Funksionallik tamoyili. Bu tuzilmani va funksiyani birgalikda ko’rib 
chiqishdir. Bunda funksiyaga tuzilmaga nisbatan ustunlik beriladi. Usbu tamoyil 
ta’kidlaydiki, har qanday tuzilma tizimni va uning alohida qismlarining funksiyalari 
bilan yaqindan bo’g’liqdir.
8. Rivojlanish tamoyili. Bu tizim o’zgaruvchanligini hisobga olishdir. Tizimni 
rivojlanishga, kengayishga, bilimlarni to’plashga qobiliyatini aniqlashdir.
9. Markazlashmaganlik tamoyili. Bu murakkab tizimlarda markazlashgan va 
markazlashmagan boshqaruvning birlashgani. Bu tamoyilning mohiyati shundan 
iboratki, qo’yilgan maqsadga erishish uchun markazlashganlik darajasi minimal 
bo’lishi kerak.
Tizimli tahlil bilan yaqindan bog’liq bo’lgan ayrim nazariy yondashuvlarni
ko’rib chiqamiz. Tizimlarning «klassik» nazariyasi. Ushbu nazariya klassik 
matеmatikadan fоydalanadi va quyidagi maqsadlarga ega: umuman tizimlarga yoki 
ularning muayyan sinflariga (masalan, bеrk va оchiq tizimlarga) qo’llaniladigan 


28 
tamоyillarni o’rnatish; ularning tadqiq qilish va tavsiflash uchun vоsitalarni ishlab 
chiqish va ushbu vоsitalarni muayyan hоdisalarga nisbatan qo’llash.
Graflar nazariyasi. Ko’plab tizimli muammоlar ularning miqdоriy nisbatlariga 
emas, balki tizimning tuzilmaviy va tоpоlоgik xususiyatlariga taalluqlidir.
Yechimlar nazariyasi. Bu matеmatik nazariya altеrnativ imkоniyatlar оrasidagi 
tanlash shartlarini o’rganadi. 
Navbatlar nazariyasi. Оmmaviy so’rоvlar sharоitida xizmat ko’rsatishni 
оptimallashtirish masalalarini ko’rib chiqadi. 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish