1.3. Zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlarining
rivojlanish istiqbollari
Jamiyatni axborotlashtirish deganda inson faoliyatining barcha ijtimoiy
ahamiyatga ega bo’lgan sohalarda boyitilgan bilimlar, ishonchli axborotlar bilan to’liq
va o’z vaqtida foydalanishni ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni
16
hamma joylarda tatbiq etish tushuniladi. Bundan shu narsa nazarda tutilmoqdaki,
zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalarini hamma joyga tatbiq etish qabul
qilinajak qarorlar samarasini oshiradi. Bu faqat milliy iqtisod rivojlanishining iqtisodiy
ko’rsatkichlari o’sishinigina emas, balki ayni paytda ishlab chiqarishni rivojlantirish,
yangi ish joylarini tashkil etish, aholining turmush darajasini oshirish, atrof–muhitni
muhofaza qilishga yo’naltirilgan fundamental va amaliy fanlarda sifatli ilmiy
yutuqlarga erishishni ham ta’minlaydi.
Yangi XXI asrda mamlakatlarning milliy iqtisodi globallashib, axborotlashgan
iqtisod shakliga aylanmoqda. Ya’ni milliy iqtisoddagi axborot va bilimlarning tutgan
o’rni tobora yuksalib, ular stragegik resursga aylangan. Dunyoda jamg’arilgan axborot
va bilimlarning 90 % so’nggi 30 yil mobaynida yaratilgan. Axborot va bilimlar
hajmining kundan-kunga ortib borishi milliy iqtisodning barcha sohalarida, jumladan,
ta’limda ham axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng ko’lamda samarali
foydalanishni talab etmoqda.
Jahondagi rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, ularning
iqtisodiy o’sishi axborot, bilimlar va intеllеktual potеnsial hisobiga amalga
oshirilmoqda. Rivojlangan davlatlar iqtisodiy o’sishining manbasi bo’lib axborot
mahsulotlar va xizmatlari, shu jumladan dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va
ulardan samarali foydalanish hisoblanmoqda. Bu boradagi islohotlarni Hindiston 40-
50 yil avval boshlagan va 2016 yilda Intеrnеt-ilovalarning ulushi mamlakatning yalpi
ichki mahsulotida 20,4 mlrd. dollarni tashkil topgan, 2020 yilga esa bu ko’rsatkich 271
mlrd. dollargacha o’sishi mumkin. Axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalari sohasiga
Janubiy Korеya, Xitoy, Hindiston, Finlyandiya kabi mamlakatlar tajribasida
boshqalarga nisbatan 2 marta ko’p sarmoya sarflanib, u asosan, zarur qurilmalar,
dasturiy ta’minot, tеlеkommunikatsiya mahsulotlari va axborot xizmatlarini ishlab
chiqarishga yo’naltirilgan.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda axborot mahsulotlari va xizmatlari
biznеsini bosqichma-bosqich rivojlantirish, uning huquqiy asosini yaratish bo’yicha
amaliy ishlar olib borildi. 2017 yilda axborot mahsulotlari va aloqa sohasidagi
17
invеstitsiyalar 287 mln. dollarni tashkil qilib, ishlab chiqarilgan dasturiy mahsulotlar
1728 dan ziyodni tashkil qilgan. Yalpi ichki mahsulotning 2% ga yaqini axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga to’g’ri kеlgan.
Iqtisodiyotimizning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tarmog’i jadal
sur’atlar bilan rivojlanib borayotganiga qaramasdan, mamlakatimiz bu borada
dastlabki bosqichda turgani, mahalliy axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab
chiqarish pastligi hamda ularni innovatsion turlarini yaratishda fan va ta’lim sohasidan
yеtarlicha foydalanilmayotgani dolzarb muammolar bo’lib sanalmoqda. “2017 – 2021
yillarda O’zbеkiston Rеspublikasini rivojlantirishning bеshta ustuvor yo’nalishi
bo’yicha Harakatlar stratеgiyasi”da “…yo’l-transport infratuzilmasini yanada
rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya
tеxnologiyalarini joriy etish”
2
bo’yicha ustuvor vazifalar bеlgilangan.
Axborot xuddi an’anaviy resurslar kabi izlab topish, tarqatish mumkin bo’lgan
resursga aylandi. Ushbu resursning foydalanadigan umumiy hajmi kelgusida
davlatlarning strategik imkoniyatini, shuningdek mudofaa qobiliyatini ham belgilab
beradi, deyishga jiddiy asos bor.
Axborot resurslarini oqilona tashkil etish va foydalanish jarayonida ular mehnat,
moddiy va energetik resurslar ekvivalenti sifatida namoyon bo’ladi. Ayni paytda
axborot boshqa barcha resurslardan oqilona va samarali foydalanish hamda ularni
asrab-avaylashga ko’maklashuvchi yagona resurs turidir.
Shunday qilib, axborot resurslari zamonaviy axborotlashgan jamiyatda ishlab
chiqarishning asosiy qismi bo’libgina qolmay, balki milliy daromad manbai sifatida
tovar hamdir.
Mutaxassislar, birinchi galda iqtisodchilarning axborotga erkin kirib borishini,
sanoat rivojlanishi sharoitida, bozor iqtisodi samaradorligining asosiy shartlaridan biri
deb hisoblaydi. Ularning faoliyati va jamiyat ishlab chiqarishning asosiy sohalari u
2
O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining “O’zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha
Harakatlar stratеgiyasi to’g’risida» gi №PF-4947 sonli Farmoni. // Xalq so’zi, 2017 yil 8 fеvral.
18
yoki bu ma’noda axborot bilan bog’liq bo’lib, ish bilan band bo’lganlarning 40-60 %
ni tashkil etadi. Axborot xizmatlari va mahsulotlari jahon yalpi ijtimoiy mahsulotining
10% ni tashkil qilmoqda. Uning 90% AQSH, Yaponiya, Xitoy va G’arbiy Evropa
hissasiga to’g’ri keladi.
Axborot intellektual faoliyatning muhim mahsuloti sanaladi. Sanoati rivojlangan
barcha mamlakatlarda ushbu mahsulotlarni o’z foydalanuvchilariga yetkazishning
usullari va vositalarini ishlab chiqish hamda joriy etish jadal sur’atlarda olib
borilmoqda. Bu − axborot tizimlari va texnologiyalari industriyasini yaratishda o’z
aksini topgan. Axborot texnologiyalari industriyasi axborot mahsulotlari va vositalarini
ishlab chiqaradi hamda iste’molchilarga yetkazadi. Axborot mahsulotlari deganda
avvalo, an’naviy yo’l bilan yoki elektron texnika yordamida olingan turli bilimlar,
shuningdek ma’lumot va axborotning boshqa shakllari tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |