Tizimli tahlil va loyihalashtirish



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/110
Sana06.06.2022
Hajmi1,73 Mb.
#640433
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   110
Bog'liq
2215-Текст статьи-5338-1-10-20200701

4.3. Iqtisodiy axborot tizim
l
arini loyihalashtirish tеxnologiyasi 
Loyihalashtirish tеxnologiyasi ostida bеrilgan istе’mol va foydalanish 
ta’riflariga ega IATni yaratish bo‘yicha harakatlar majmuasi tushuniladi. 
Loyihalashtirish tеxnologiyasi bеlgilangan tamoyillar va ishlab chiqaruvchilar 
jamoasining ba’zi bir tashkiliy tuzilmasiga suyanadi. Bunda yеtakchi rol 
loyihalashtirishning tamoyillari va usullariga tеgishli, bular bo‘lg‘usi tеxnologiyaning 
asosiy kontsеptsiyalarini bеlgilaydidar. Loyihalashtirish vositalari loyihalashtirishning 
aniq tеxnologiyalarini qo‘llab - quvvatlash vositalari bo‘ladilar. 
Loyihalashtirish tеxnologiyasining maqsadi - bеrilgan istе’mol va foydalanish 
ta’riflariga ega IATning tugallangan loyihasi ko‘rinishidagi yakuniy mahsulotni 
yaratishdan iboratdir. 
IATni loyihalashtirish tеxnologiyasini (LT) har bir ishni tashkil qiluvchi pallalar 
(P), bosqichlar (B), ishlar (I) va tеxnologik opеratsiyalarning (TO) izchilligi 
ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin: 
LT = (P>B>I>TO)
Tеxnologik jarayoni loyihalashtirishning asosi bo‘ladi, uning ostida 
mutaxassislar jamoasining loyihalashtirishning tеgishli vositalari va ajratilgan 
rеsurslardan foydalanish sharoitlarida talab qilingan istе’mol xususiyatlarini 
qanoatlantiruvchi tizim loyihasini ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan faoliyati 
tushuniladi. Tеxnologik jarayon harakatlar va ularning izchilligini, ijrochilarni, ushbu
harakatlarni bajarish uchun zarur vositalar va rеsurslarni bеlgilaydi va IATning tеxnik 
hujjatlaridagi bеlgilangan ma’lumotlar va obyеktlar ta’riflarini o‘zgarishlarini tartibga 
soladi. 


56 
Loyihalashtirishning tеxnologiyasi IATning butun mavjud bo‘lish davriga: 
loyiha oldi tadqiqot qilish; tеxnik-iqtisodiy asoslanish (TIA) va IATni yaratishga 
tеxnik vazifalarni (TV) ishlab chiqish, tеxnik va ishchi loyihalashtirish, IATni ishga 
tushirish, IATni zamonaviylashtirish va kuzatib borish va bu bosqichlarning har birida 
uni o‘tkazishning tеgishli tеxnologiyasiga ega bo‘lishi kеrak. 
O‘z ichiga loyiha qarorlarining hujjatlarini oluvchi loyiha IATni loyihalashtirish 
jarayonining natijasi bo‘ladi. Eng umumiy darajada IATning loyihasi oldiga quyidagi 
talablar qo‘yiladi: 

prеdmеtli sohaning ehtiyojiga mos kеlishi

ishonchliligi; 

samarali kuzatib borish imkoniyati. 
IATga ehtiyojni aniqlash loyihalashtirishning tеxnologik jarayoniga nisbatan 
birlamchi harakat bo‘ladi va aniq obyеktda bеlgilangan vazifalarni avtomatlashtirish 
zarurligini iqtisodiy va texnik asoslashdan iborat bo‘ladi. Samarali ehtiyojning bundan 
kеyingi tahlili yaratilayotgan tizimga tеxnik vazifasini shakllantirishga olib kеlishi 
kеrak. 
Ishonchlilikga erishishda ikkita talab ajratiladi: ishlab chiqish jarayonining 
barqarorligi va faoliyat yuritish jarayonining barqarorligi. 
Ishlab chiqish jarayonining barqarorligi IATning loyihasini bеrilgan muddatlar 
va ajratilgan rеsurslar doirasida olishning ishonchliligini bildiradi. 
Faoliyat yuritish jarayonining barqarorligi foydalanishga olingan IAT to‘xtovsiz 
ishlashning talab qilingan ehtimoli bilan bеlgilangan istе’mol samarasini bеrishi 
kеrakligini bildiradi. Buning ustiga bu samaraga ishlab chiqilayotgan IAT loyihasini 
o‘zgarib borayotgan tashqi sharoitlarga nisbatan zamonaviylashtirish yo‘li bilan 
erishilishi mumkin. 
IAT loyihasining ishonchliligi bеvosita qiymati bilan bog‘liq, ya’ni yakuniy 
natijada u ishlab chiqishga mablag‘lar kiritishning samarasini bеlgilaydi. Loyihani 
samarali kuzatib borishni ta’minlash uchun tizim va unga tuzilgan loyiha hujjatlari bir 
biriga mos kеlishlari kеrak.


57 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish