Tweak-XP utilit dastur oynasi.
Tweak-XP utilitasi yordamida tizimning ishlashini 30 dan 50% gacha orttirish mumkin. Bu yordamchi dastur har oyda yangilanib boradi.
X-Setup dasturi
Windows sozlash bo‘yicha cheksiz imkoniyatlarga X-Setup dasturi ega va uning yerdamida o‘rnatish, so‘zlash jarayonini tashkil etish uchun kuchliroq vosita hisoblanadi (20-rasm).
X-Setup utility dastur oynasi.
Ushbu dastur sizga nafaqat Windows sozlash imkonini beradi, balki mashhur Windows uchun ilovalardan bir qator - ofis paketlari, CD-R yozish dasturi, multimediyani qayta ishlash uchun dasturlar va hokazo dasturlardan iborat. Bu dastur orqali 400 dan ortiq parametrlarni o‘zgartirish mumkin.
Sozlamalar tematik bo‘limlari bo‘yicha guruhlangan:
• Appearance — Control Panel, Desktop, Files&Folders, Interface, OEM Brandings, Start Menu, System, Taskbar.
• Hardware — CPU, Hard Disk, Keyboard, Modem, Mouse, PCMCIA, Printers, System Settings, Video Cards.
• Information — Appearance, Core, Windows NT/2K/XP CPU, Windows NT/2K./XP.
• Internet —Internet uchun mashhur dasturlar tuzilmasi.
• Network —tarmoq ishi uchun sozlash parametrlari.
• Program Options — sozlashga mo‘ljallangan mashhur dasturlar qatori (shu jumladan Microsoft Office).
• Startup/Shutdown —Windows seansi yuklanishi va yakunlanishi parametrlari.
• System —tizimi ishlashining "Yupqa, nozik" instrument vositalari (Faqat malakali foydalanuvchilar uchun!).
Ko‘rinib turganidek utilit-dastur X-Setup tizim parametrlarini sozlash turkumiga ega, lekin ulardan foydalanishda juda ehtiyot bo‘lish kerak, aks holda ular tizimni ishdan chiqarishi mumkin va Windowsni qayta o‘rnatishga to‘g‘ri keladi (3-rasm).
X-Setup utilit-dasturni so‘zlash jarayoni.
Testlar - kompyuterni tashxis qilish imkonini beradigan utilita toifalaridan biri.
Hozirgi vaqtda juda ko‘p test dasturlari mavjud. Malakasi kam bo‘lgan foydalanuvchilarga umumiy, na’munaviy testlar (masalan, diagnostik majmualar Check-It va Sandra) va malakali foydalanuvchilarga faqat ixtisoslashgan test dasturlari. Bu dasturlar faqat bitta ma’lum funksiyani juda diqqatlik bilan bajaradi. Ular qatoriga - Nokia MonitorTest, TestCPU, HDD va boshqa ko‘plab testlovchi dasturlar kiradi.
Boshqacha tarzda testlarni tasniflash mumkin: ishlab chiquvchilar va foydalanuvchilar tomonidan ularga yuklangan vazifa turiga qarab, diagnostika, axborot va solishtirish etishga mo‘ljallangan testlar bo‘linishi mumkin. Albatta, har bir toifadagi "Sof" vakillari u qadar ko‘p emas - testlarning ko‘pi o‘zida qiyosiy va diagnostika bilan axborot modullarini moslashtiradi masalan, Sandra.
Do'stlaringiz bilan baham: |