Tizimli blok Tizimli plata Kengaytirish slotlari



Download 1,05 Mb.
bet1/9
Sana26.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#411244
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu


Mavzu: Tizimli blok va uning tuzilmasi
Reja:


  1. Shaxsiy kompyuterning asosiy bloklari

  2. Tizimli blok

  3. Tizimli plata

  4. Kengaytirish slotlari



Shaxsiy kompyuterning asosiy bloklari
Mos keluvchi IBM PC kompyuterlarining jozibadorligi uning arxitekturasini ochiqligidir. Bu jumla bunday kompyuterlar modul tamoyilida yig‘ilgan belgini bildiradi, ya’ni uning asosiy qismlari va bo‘laklari, bloklari alohida modullar shaklida ishlab chiqilgan. Bunday tarzda yig‘ilganda kompyuter tarkibiga kiruvchi yangi uskunalarni o‘rnatish yoki eskirganlarini yangilariga almashtirish uncha qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bunday kompyuterlarni takomillashtirish ulardan foydalanuvchilarning ham imkoniyatlari darajasidadir.

3.1-rasm.Shaxsiy kompyuter.


Mos keluvchi IBM PC-shaxsiy kompyuterlari tarkibida uchta asosiy qismni ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular: tizimli blok, monitor va klaviaturadir. Tizimli blokda kompyuterning hamma elektron qismlari: ta’minot bloki, ona (tizimli) plata va almashtiriluvchi yoki almashtirilmaydigan tashuvchilarni to‘plovchi (diskovod)larning uzatmalari joylashtirilgan. Klaviatura kompyuterga ma’lum belgilarni yoki boshqaruvchi signallarni uzatishga imkon beruvchi axborot kiritish standart qurilmasidir. Monitor (yoki displey) ekranda monoxrom yoki rangli, belgili yoki grafika axborotlarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan yuqorida sanab o‘tilgan qismlarning hammasi bir-biri bilan ulash joyi bo‘lgan kabellar vositasida birlashtiriladi.

3.2-rasm. Klaviatura, tizimli blok va monitorning o‘zaro aloqasi
3.2-rasmda har qanday kompyuterning asosiy bloklarini klassik to‘plami yoki kompyuter atamashunosligidan foydalanib aytilganda, minimal konfiguratsiyasi: tizimli blok, klaviatura va monitor ko‘rsatilgan.

Tizimli blok o‘z ichiga hisoblashni amalga oshiruvchi va tashqi qurilma bilan aloqani ta’minlovchi hamma bloklarni olgan. Amalda bu biz tilga olayotgan kompyuterning o‘zginasidir. 3.2-rasmda ko‘rsatilgan boshqa bloklar tashqi qurilma bo‘lib, ular kompyuterlarga axborotni kiritish va chiqarishni ta’minlaydi.

Klaviatura (chapda) odamga u yoki bu vazifani bajarish yoki qandaydir matn, aytaylik, hisobot uchun zarur bo‘lgan matnni yoki kitobni terish haqida buyruq berish uchun bir qator belgilarni kompyuterga kiritishga imkon beradi. Klaviaturasiz joriy vazifalarni hal qilishda kompyuterdan to‘laqonli foydalanishning hech qanday imkoni yo‘q.

Monitor (o‘ngda) grafik axborotni odam ongi qabul qilishi uchun qulay bo‘lgan ko‘rinishda chiqarishni ta’minlaydi. Insonning kompyuter bilan muloqoti qay darajada yoqimli va qulay bo‘lishi monitor ekranidagi tasvirining sifatiga bog‘liqdir. Shuni ta’kidlash lozimki, ko‘pincha, monitorning narxi tizimli blokning bahosidan qimmatroqdir, ammo bunday holatda arzonroq monitor sotib olib qilingan tejamkorlik mehnat unumdorligining kamayishigagina emas, balki ko‘zning ko‘ngilsiz kasalliklarga chalinishiga ham olib keladi.

3.2.-rasmda axborotning kompyuterning bloklari orasidagi harakati strelkalar bilan ko‘rsatilgan. Klaviaturadan odam klavish (tugmacha)larni bosib kompyuterga yuborayotgan belgilarning siyrak oqimi keladi. Matnni terish yoki tugmachalarni bosish tezligi kamdankam hollarda minutiga 200 belgi dan oshadi, shuning uchun biz axborot oqimini ingichka to‘g‘ri chizilgan strelka bilan belgiladik.

B a’zi hollarda kompyuter klaviaturaga boshqaruv buyruqlarini yuboradi (3.2-rasmda ular punktir chiziqlar bilan ko‘rsatilgan). Monitor ekraniga chiqariluvchi rasmlar, matnlar, ayniqsa, videofilmlar berilayotgan axborot hajmining sezilarli darajada ko‘p bo‘lishini talab qiladi. Televizor ekraniga qaraganda tasvirning sifati yaxshiroq bo‘lgan professional monitorlarda tizimli blokdan monitorga yuboriladigan axborotning hajmi odatdagi televideniya ko‘rsatuvida ekranga yuboriladigan axborot hajmidan bir necha barobar ko‘pdir. Shuning uchun ham 3.2-rasmda bu yo‘nalishni ko‘rsatuvchi strelka yo‘g‘on qo‘shaloq chiziq ko‘rinishida bajarilgan. Xuddi klaviatura uchun bo‘lganidek, punktir chiziq bilan kamdan-kam beriladigan boshqaruv buyruqlarining yo‘nalishi ko‘rsatilgan (bunda monitor faqat kompyuterning dastlabki yuklash paytidagina u bilan xizmat axboroti almashadi deb hisoblash mumkin).

Axborot kiritish uskunalariga, shuningdek, kursorning monipulyatori - sichqon kiradi. Sichqon - bu tepa qopqog‘ida ikki yoki uchta tugmachasi bo‘lgan kichik qutichadir. Sichqon bilan ishlash uchun stol ustida surish kerak. Kompyuter sichqonning harakatlarini kuzatib turadi va monitorning ekranida maxsus ko‘rsatkich - kursorning tasvirini u yoki bu tomonga suradi. Sichqonni stol yuzasida harakatlantirar ekansiz shu tarzda siz kursorni monitor ekrani bo‘ylab harakatlantirasiz.

Sichqon yordamida siz kompyuterga tasvirning u o‘zgartirishi kerak bo‘lgan unsur (element)larini ko‘rsatasiz. Kursorni ob’ektga o‘rnatib tugmachalardan birini bosish kerak bo‘ladi. Bunda kompyuter siz kursorni kerakli ob’ektga o‘rnatganingizni bilib oladi. Ayrim vazifalarni (masalan, grafik tasvirlarni yaratishda) bajarishda sichqon klaviaturaga qaraganda ham zarurroqdir, chunki u kompyuterning grafik kiritish uskunasidir.

Shunday qilib, tizimli blok kompyuterning ishlashi uchun zarur bo‘lgan asosiy qismlarni o‘zida biriktirgan. Tizimli blokka axborot kirituvchi-chiqaruvchi turli xil uskunalar (chekka qismlarda joylashgan uskunalar)ni ulash mumkin. Kompyuterning ishlashi uchun tezkor xotira va tashqi qurilma o‘rtasida axborot almashib turilishi zarurdir. Bunday almashinuv kiritish-chiqarish deb ataladi. Bu almashinuv bevosita sodir bo‘lmaydi, har qanday tashqi uskuna va kompyuterdagi tezkor xotira o‘rtasida ikkita oraliq bo‘g‘in mavjud:

1. Har bir tashqi uskuna uchun kompyuterda uni boshqaruvchi elektron sxema mavjuddir. Bu sxema kontrolyor yoki adapter deb ataladi. Ayrim kontrolyorlar (masalan, disklarning kontrolyori) bir yo‘la bir nechta uskunalarni boshqarishi mumkin.

2. Hamma kontrolyorlar va adapterlar mikroprotsessor va tezkor xotira bilan tizimli shina orqali o‘zaro aloqa qiladi (tizimli shina uchta magistraldan tashkil topadi: manzillar, ma’lumotlar va boshqaruv magistrlari).

3.3-rasmda kompyuter tuzilishining umumlashtirilgan sxema (chizma)si ko‘rsatilgan. Klaviatura kontrolyori rasmdagidek o‘rnatiladi. Chunki bu kompyuterni tayyorlashni soddalashtiradi. Ba’zan tizimli platada boshqa uskunalarning ham kontrolyorlari joylashtiriladi.



3.3-rasm. Kompyuter tuzilishining umumlashgan chizmasi.




Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish