Vinchesterlar o‘lchamlari
Hozirga zamon disk qurilmalari eni (disklar diametri) bo‘yicha to‘rt tipli o‘lchamda va balandligi bo‘yicha uch tipli o‘lchamda ishlab chiqarilmoqda. Disklar diametri ko‘pchilik hollarda 1.8, 2.5, 3.5 yoki 5.25 dyuymga teng, balandligi 3.25 dyuym (yeng baland qurilma), 1.63 dyuym (yarim balandlikdagi qurilma), yoki 1 dyuymdan kichik (pastprofilli qurilma).
Vinchester interfeyslari.
Zamonaviy vinchesterlar ikki variantdagi interfeysda – SCSI yoki IDE da ishlab chiqarilmoqda. Shunga mos ravishda kompyuterga ulash uchun ikki turdagi nazoratchilar: SCSI yoki IDE ishlatiladi. IDE nazoratchi (xizmat qiluvchi plata) kompyuterning (486 dan boshlab PCI sloti bilan) ona platasiga o‘rnatilgan bo‘ladi, SCSI nazoratchiini esa tegishli vinchester bilan barcha sotib olinishi va ona platasida bo‘sh slotga o‘rnatilishi lozim.
SCSI.
SCSI ning IDE dan asosiy ustunligi, uning moslashuvchanligi va ish unumdorligidadir. Moslashuvchanlik ko‘p sondagi qurilmalarning ( 7, 15 va xatto undan ortiq) ulanish, kabelning uzunroq bo‘lishi bilan ta`minlanadi. Ish unumdorligi – bu yo‘qori tezlikda uzatish va bir necha tranzaksiyalarni bir vaqtda ishlab chiqarish mumkinligidir.
SCSI standartining rasmiy tasdiqlangan ikkita talqini mavjud bo‘lib, ular bu standartning ko‘p sonli turli turlarini o‘z ichiga oladi: SCSI-1 (ANSI tomonidan 1966 yilda tasdiqlangan) va SCSI-2 (1994 yil), shuningdek, SCSI-3, bu tur orqali esa ko‘pincha turli kengaytmalar va keyingi modifikatsiyalari tushuniladi. Shinaning chastotasi SCSI-1 standartida 5MGts bo‘lishi ko‘zda tutilgan edi. SCSI-2 standartida u 10 MGts gacha orttirildi, keyin 20 MGtsga etkazildi, keyinchalik esa 40 MGts bo‘ldi. Bundan tashqari, interfeys modifikatsiyalari shinaning razryadligi bilan ham farq qiladi, u odatdagi shina (harrow) uchun 8 bitni, WideSCSI uchun 16 bitli va xatto Very SCSI uchun 32 bitni tashkil etadi. Shuni ham qo‘shimcha aytib o‘tamizki, shinaning razryadligiga bog‘liq bo‘lgan qurilmalar soni 7 tadan 15 tagacha bo‘ladi.
IDE
IDEning asosiy afzalligi – harakteristikalari etarlicha yo‘qori bo‘lgani holda SCSI bilan solishtirganda narxining unchalik baland emasligidir. IDE uchun, SCSI interfeysi kabi, uzatish tezligining doimo o‘sib borayotganligi xosdir: 8.3, 16.7, 33.3, 66.6 Mb/s bo‘lib, endilikda hatto 100Mb/s ga etdi. Buning ustiga IDE interfeysi rivojlanib borayotganligi sababli SCSI ga borgan sari o‘hshab ketmoqda – qo‘llaydigan qurilmalar soni kengaymoqda (qattiq disklardan tashqari bu CD-ROM, CD-R, DVD-ROM yuritmalari, magnitooptika,stremirlardir), uzatishda ma’lumotlarni parallel ajratish va mna`lumotlarning yaxlitligini (butunligini) nazorat qilish elementlari kiritilmoqda. IDE ning asosiy kamchiligi ulanadigan qurilmalar sonining kamligidir (4 tadan oshmaydi).
Ikkita tipdagi almashtiriladigan tashuvchili jamlovchilar eng ko‘p tarqalgan: magnit disklar va optik disklar (ba`zan magnitooptik deb ataladi) magnit tashuvchili jamlovchilar ma`lumotlarni kodlash va yozish usullari bo‘yicha disk yurituvchilar va odatdagi qattiq disklardan tamoyilial farq qilmaydi. Magnitooptik tashuvchili jamlovchilarda ma`lumotlarni diskda kodlashning eng yangi usuli an`anaviy magnit va lazer texnologiyalari bilan birgalikda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |