Nazorat savollari:
Hisoblash texnikasi deganda nimani tushinasiz?
Kompyuter ta’rifini keltiring.
Qanday qurilma eng birinchi hisoblash qurilmasi deb hisoblangan?
Mexanik soat qanday xisoblash texnikasi turkumiga kiradi? Uning ishlash mexanizmini tushintirib bering.
Qanday mexanik xisoblash texnikalarni bilasiz? Ular qanday amallarni bajarar edilar?
Birinchi programmist kim bo‘lgan? Va uning roli nimadan iborat?
Xisoblash texnikasi rivojlanishini matematik manbalari.
Kompyuterlarning qanday tasniflash usullarini bilasiz?
Moljallangan maqsadga ko‘ra tasniflash usuli bo‘yicha, kompyuterlar qanday turlarga bo‘linadi?
Ixtisoslashtirish darajasi bo‘yicha kompyuterlar qanday turlarga bo‘linadi?
Tip-o‘lchamlari bo‘yicha kompyuterlar qanday turlarga bo‘linadi?
Mavzu: Portativ ( Notebook ) kompyuter butlovchi qismlarini almashtirish.Portativ ( Notebook ) kompyuterlarga tashqi qurilmalar ulash.
Reja:
1.Portativ kompyuter butlovchi qismlarini almashtirish.
2.Portativ kompyuterlarga tashqi qurilmalar ulash
3.Portativ kompyuterlar profilaktikasi.
Blok kompyuterlar (Manframe Computer)-fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga mo`ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi superkompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog`ona past. Bularga misol sifatida AQShning CRAY (krey), IBM 390, 4300, IBM ES/9000, Fransiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning M1800 rusumli kompyuterini va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Minikompyuterlar (kichik kompyuterlar) hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan blok kompyuterlardan kamida bir poQona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday kompyuterlar turkumiga ilk bor yaratilgan PDP-11 (Programm Driver Processor-dasturiy boshqaruv protsessori) turkumini, ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan (maxfiy hisoblangan) VAX, SUN turkumli kompyuterlar, IBM 4381, Hewlett Packard firmasining HP 9000 va boshqalar minikompyuterga misol bo`la oladi. Shuni aytish joizki, minikompyuterlar o`zlarining “katta og`alari” Manframe kompyuterlarni imkoniyatlari darajasiga ko`tarilib bormoqda. Buning uchun tarixga nazar solish va hozirgi ularning taraqqiyotini kuzatish yetarli.
Shaxsiy kompyuterlar hozirda korxonalar, muassasalar, oliy o`quv yurtlarida keng tarqalgan bo`lib, ularning aksariyati IBM rusumiga mos kompyuterlardir.
19- rasm
IBM rusumiga mos kompyuterlar deganda, ularning turli kompaniyalar ishlab chiqarilishiga qaramay ham texnik, ham programma ta'minoti mosligi, ya'ni bir-biriga to`g`ri kelishi nazarda tutiladi. Bunday kompyuterlar hajmi jihatidan kichik (bir stol ustiga joylashadi), amal bajarish tezligi, masalan PENTIUM-3 MMX protsessori o`rnatilgan kompyuterlarida hozirgi kunda 750-1000 megagersni, xotira hajmi esa 64-128 megabaytni tashkil qiladi. Bu ko`rsatgichlar o`ta tez o`zgarib, har ikki yilda kompyuterlar imkoniyati ikki baravar oshishi, ularning narxi esa shunchaga arzonlashishi tendensiyasi kuzatilmoqda. Bugungi kunda Pentium IV kompyuterlari ham jahon bozorida keng tarqalmoqda. IBM PC moslik kompyuterlarini yuzlab firmalar ishlab chiqarmoqda. Bular IBM, Compaq, Hewlett-Packard, Packard Bell, Toshiba, Apple, Siemens Nixdors, Acer, Olivetti, Gateway, SUN va boshqa firmalardir. Shuni aytish joizki, yuqorida nomlari zikr etilgan firmalar ishlab chiqargan kompyuterlar (bradename) - “Oq yasalgan”, Janubiy-Sharqiy mamlakatlarda: Malayziya, Xitoy, Tayland, Koreya va boshqa mamalakatlarda yuqorida nomlari keltirilgan firmalar litsenziyasi asosida ishlab chiqarilgan kompyuterlar “Sariq yasalgan” nomga ega. Firma nomlari ko`rsatilmagan kompyuterlar esa “nomsiz kompyuterlar” (noname)deb yuritiladi. Ayniqsa, keyingi guruh kompyuterlarni sotib olishda ular yaxshi tekshiruvdan (testlar yordamida) o`tkazilishi lozim. Shaxsiy kompyuterlar uchun uning muhim ko`rsatkichi ishlash kafolatining (kamida uch yil) bo`lishi muhim. Shu bilan birga, bunday kompyuterlarni sotib olganda litsenzion programma ta'minoti va tegishli adabiyotlar bilan birga berilish imkoniyati mavjudligi nazarda tutilishi kerak.
Notebook kompyuterlar. Notebook kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo`lib, ammo bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shaxsiy kompyuterlar darajasiga ko`tarilib bormoqda. Ularning qulaylik tomonlaridan biri ham elektr energiyasidan, ham ichiga o`rnatilgan batareyalarda uzluksiz (batareyani har safar almashtirmasdan) ishlashi mumkinligidir.
Bunda batareya quvvati energiyaga ulanishi bilan o`zi zarad ola boshlaydi va u batareya bir necha yillarga mo`ljallangan bo`ladi. Hozirda bunday Notebooklarni IBM, Compaq, Acer, Toshiba va boshqa firmalar ishlab chiqarmoqda. Tabiiyki, bunday kompyuterlar o`z imkoniyatlari nuqtai nazaridan shaxsiy kompyuterlarga tenglashayotganini nazarda tutilsa, uning narxi baland bo`lishini sezish qiyin emas. Bundan tashqari, bunday rusumli kompyuterlar 8-10 yil mobaynida buzilmasdan ishlash qobiliyatiga ega. Ular shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan operatsion sistemalar MS DOS, qobiq programmalar, Windows ning oxirgi versiyalarida va boshqa operatsion sistemalar boshqaruvida ishlaydi.
Hozirda Notebook kompyuterlaridan ham ixcham cho`ntak kompyuterlari ham ishlab chiqilmoqda. Ular ham tabiiyki, operatsion sistema boshqaruvida ishlaydi va ular turli soha masalalarini yechishga qodir.
Ixtiyoriy kompyuterning ishlash prinsipini birinchi bo`lib ingliz olimi Charlz Bebich va uning g`oyasini mukammallashgan ko`rinishini Djon Fon Neyman taklif qilgan. Uning prinsipi programma asosida boshqariladigan avtomatik ravishda ketma-ket ishlash g`oyasidan iborat. Hozirda ko`p kompyuterlar shu g`oya asosida ishlaydi. Lekin keyingi paytlarda ko`p protsessorli kompyuterlar, ya'ni bir vaqtda programmaning bo`laklarini ketma-ket emas, parallel bajaradigan kompyuterlar ham yaratilganligini eslatib o`tish joizdir. Shunday qilib, kompyuter avvaldan tuzilgan programma asosida ishlaydi. O`z navbatida programma qo`yilgan masalani kompyuterda yechish uchun qandaydir programmalash tilida yozilgan buyruqlar (operatorlar) ketma-ketligidir. Programmalash tilida tuzilgan programmalar maxsus tarjimon programmalar yordamida kompyuter tiliga o`tkaziladi. Kompyuter tili 0 va 1 lardan tashkil topgan, ma'lum qoidalar asosida yoziladigan ketma-ketliklardan iborat. Djon Fon Neyman prinsipi bo`yicha avtomatik ravishda bajariladigan programma avval kompyuterning xotirasiga kiritiladi (yuklanadi). Xotirada turgan programma asosida programmani tashkil etuvchi har bir operator ketma-ket bajariladi.
Butun har qanday baobro’ tashkilot o’z ixtiyorida lokal korporativ tarmoqqa birlashtirilgan bir nechta kompyuter, bir nechta faksimil apparatlar va ofis ATS boshqaruvi ostida ishlovchi ko’pgina telefonlar, ma’lumotlarni uzatish uchun modemli aloqa, еlektron pochta, Internet tarmog’aga chiqish va boshqalarga еga bo’lishi kerak. Barcha firmalar uchun o’zining hamkorlari, xodimlari, tavar va xizmatlarning iste’molchilari bilan tezkor, yuqori tezlikli, ko’p vazifali va sifatli aloqani tashkil еtish muammosi jiddiy turadi. Turli jinsli lokal axborotli infrastrukturalarni bitta axborotli telekommunikacion tarmoqqa integraciyalash va o’zaro samarali ishlashini tashkil еtishni kompyuterli telefoniya tizimi bajarish imkomini beradi.
Kompyuterli telefoniya shunday texnologiyaki, unda kompyuterli resurslar chiqish qo’ng’iroqlarini bajarish va kirish qo’ng’iroqlarini qabul qilish uchun hamda telefon ulanishlarini boshqarish uchun qo’llaniladi.
Kompyuterli telefoniya ko’z oldinizda hamma soholarga kirib borayotgan telekommunikacion texnologiyaga aylanmoqda. CHet еlda o’zini xurmat qilgan birorta ofis ham bu texnologiyadan chetda qolmaydi.
Lekin ish, tushunarliki, yangi texnologiyaning nufuzli va o’ziga
xos odatligida еmas. Uning ommaviyligining asosiy sababi shundaki, uning qo’llanilishi ofis xodimlarining mexnat unumdorligini jiddiy oshirish va ofis mijozlariga yangi xizmatlarning butun spektrini yaratish imkonini beradi.
Kompyuterli telefoniya tizimining ishlashi tovushli menyudan foydalanishga asoslangan bo’lishi mumkin: abonent hozirgi vaqtda jarayonlarning qaysi variantini tanlashi mumkinligi va u yoki bu variantni tanlash uchun qanday harakatlarni bajarishi kerakligi to’g’risidagi axborotni еshitadi. Tanlash, SHK klaviaturasidagi aniq bir raqamni yoki raqamlar kombinaciyasini terish bilan, kompyuterga ulangan telefon apparati bilan yoki aniq buyruqni talaffuz еtish bilan amalga oshiriladi.
Kompyuterli telefoniyani zamonaviy ofisda qo’llashning mumkin bo’lgan yo’nalishlari quyida sanab o’tiladi:
• Xabarlar almashishning yagona muxiti. Turli xil ko’rinishdagi xabarlar: tovushli, faksimilli, еlektron pochta va boshqalarga, bir xil murojaat qilishni ta’minlaydi. Xabarlarni bir menyu doirasida ko’rib chiqish imkonini ta’minlaydi. Javob shaklini ixtiyoriy tanlab olish mumkin.
• Tovushli pochta. Mijozlar uchun tovushli pochta qutilari tizimini tashkil еtish, unda mijoz joyida bo’lmaganda tovushli xabarlarni qoldirish mumkin. Xabarni, o’zining ish joyidan ham, boshqa ixtiyoriy telefondan ham, aniq bir nomerga qung’iroq qilib va shaxsiy kod-maxfiy so’zni terib ham еshitish mumkin.
• Еlektron ofis. Tizim qo’ng’iroqdarni xodimlarning ish joylariga qayta ulashni amalga oshiradi, tovushli pochta xizmatlarini ko’rsatadi, faksimil xabarlarni jo’natishni bajaradi va mijozlarga firma to’g’risida axborot beradi.
• Kompyuterli faks tizimlari. Fakslarni oldindan tayyorlangan ro’yxatdan telefon nomerlari bo’yicha avtomatik jo’natish tizimlari va mijozni qiziqtirayotgan axborotni faksimil aloqa bo’yicha chiqarish tizimlari.
• Ma’lumotlar bazalariga interaktiv tovushli murojaat qilish tizimlari. Tovushli menyu asosida ma’lumotlar bazasiga
uzoqdan murojaat qilish tizimlari. Kompyuterli telefoniya tizimi korporativ ma’lumotlar bazasiga so’rovni shakllantiradi, javobni oladi va uni abonentga еshittiradi yoki faks bilan yuboradi.
• Telefon aloqasiga servisli xizmat ko’rsatish qo’ng’iroqlar navbatini optimal tashkil еtish tizimi, еlektron ma’lumotnomalar bo’yicha qo’ng’iroqlarni to’g’ri adreslash, abonentlarga mijoz to’g’risida hamma kerakli ma’lumotlarni etkazib berish, masalan, NAA va sh.o’.
• Еlektron kotib.
•Videokonferenciyalarni tashkil еtish va b.
Keyingi yillarda kompyuter-telefon integraciyasida ikkita asosiy yo’nalish kuzatilmoqda:
• telefon aloqa ko’p jihatdan ma’lumotlarga uzoqdan murojaat qilish vositasi maqomini olmoqda;
• shaxsiy kompyuter ko’p jihatdan telefon apparatni almashtirishga harakat qilmoqda, bu o’ziga xos axborot multimedia stanciyalarining paydo bo’lishi to’g’risida gapirish imkonini beradi.
Videokonferenciyalarni bir vaqtning o’zida har bir kompyuter bilan olib boriladigan aloqalar soni buo’yicha tasniflash qabul qilingan:
• stolli (nuqta-nuqta bilan) videokonferenciyalar ikkita kompyuter orasidagi aloqani tashkil еtish uchun mo’ljallangan;
• studiyali (nuqta-ko’p bilan) videokonferenciyalar videoma’lumotlarni bir nuqtadan ko’p joylarga uzatish uchun mo’ljallangan (auditoriya oldida chiqish);
• guruhli (ko’p-ko’p bilan) videokonferenciya bir guruh foydalanuvchilarning boshqa guruh bilan muloqatini ko’zda tutadi.
Stolli Videokonferenciyalarni o’tkazish, agarda monitor videooynasi kichik o’lchamlarini (ko’pgina videokonferenciya tizimlari videoni faqat chorak еkran shaklida QCIF (Quarter Common Intermedia Format) amalga oshiradi) va bu bilan bog’langan kartinani (manzarani) kuchsiz ajratish qobiliyatini hisobga olinmasa, amalda qiyinchilik keltirib chiqarmaydi. Lekin uchta ishtirokchidan iborat etarlicha harakatchan videokonferenciyani tashkil еtishda hozircha aloqa kanalining o’tkazish qobiliyatiga bog’liq qiyin hol qilinadigan muammolar paydo bo’lmoqda. Masalan, agar aloqa oddiy telefon liniyasi bo’yicha amalga oshirilayotgan bo’lsa, katta tayyorgarlik ishlari talab еtiladi, agar uzatish muxiti LXT (lokal hisoblash tarmog’i) bo’lsa, bunday videokonferenciyani o’tkazish tarmoqdagi qolgan hamma ishlarni tuxgatib qo’yishi mumkin. Muammolar aynan shu jarayonning dinamikasi bilan bog’liq, negaki bitta 256 rangli to’liq еkranli tasvirni yuborish uchun 1,5 Mbaytdan ortiqroq ma’lumotlarni uzatish kerak, bu еsa 10 gacha va undan ortiq sekund vaqtni talab еtadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |