Titul varaqa Meliyeva Shahzoda



Download 0,72 Mb.
bet1/4
Sana16.12.2019
Hajmi0,72 Mb.
#30440
  1   2   3   4
Bog'liq
Оchiq dars.Musiqa.2017
6-ҲАФТА АХБОРОТ СОАТИ МАТЕРИАЛИ, Bayjanov Rasbergen 4-klass qosiq, NAZIRA SLAYD, Halimova L 2017, 1soatlik dars ishlanma musiqa, 2.Dars ishlanma, 2.Dars ishlanma (2), Teatr va musiqa san’ati, KRASSVORD, kkkkkkkk, Mulohazalar xisobining zichligi, Раббимова Х, 2. Haydarova Zamira Usmonovna, 1soatlik dars ishlanma musiqa
Titul varaqa

Meliyeva Shahzoda

Navoiy voloyati Zarafshon shahar 3- umumiy o`rta ta’lim maktabi musiqa fani o`qituvchisi.

Fan: musiqa

Sinfi: 1-“V”;

Dars ishlanmasining mavzusi: Musiqa tovushlari. “Sehrli dunyo” qo`shig`i .

O`quvchilar soni: 30 ta;

Elektron pochta: siddikovazubayda@inbox.uz
Annotatsiya

O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g`risida"gi Qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablari asosida ta`lim tizimida ro`y berayotgan o`zgarishlar umumiy o`rta ta`lim maktablaridagi boshqa o`quv fanlari qatori musiqa madaniyati fanining o`qitilishini ham tubdan yangilashni talab etmoqda.


Musiqa madaniyati o‘quvchilarning ma’naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g‘urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didni o‘stirishga, fikr doirasini kengaytirishga, va tashabuskorligini tarbiyalashga xizmat qiladi.  «Musiqa madaniyati» fani o’quvchilarga o’rgatishda ularni milliy ko’ylarimizni butun dunyo bo’ylab ko’ylash va musiqiy madaniyatni anglashda yordamlashishdir.

   Musiqa naqadar qadimiy san`at ekanligi, o`zbek xalq musiqasining ildizlari uzoq davrlarga taqalib, asarlar,yillar davomida sayqal topib, rivojlanib kelganligi, shu bois xalqimizning boy madaniyatini, milliyqadriyatlarimizni o`zida aks ettirishiniva nihoyat, o`zbek milliy musiqamiz umumbashariy jahon musiqa madaniyatining ajralmas bir bo`lagi ekanligini tasavvur qila olishni orgatishdir. Televideniya va kinoda xalq kuy va qo`shiqlarida, xonanda va sozandalarning ijodiy faoliyatlari va bugungi zamonaviy musiqiy faoliyatda o`z aksini topgan.

Milliy kinolar orqali o’quvchilarning milliy urf -odatlar va qadriyatlarni filmlar, qo’shiqlardagi namoyishlar yordamida ularga milliy kuy qo’shiqlarimizni mehr uyg’otib, musiqa madaniyatiga bo’lga tasavurini uyg’otish.

Milliy qo’shiq va kuylarni boshqa musiqiy janrlardan ajrata olishni o’rgatish.



Fan: Musiqa

Sinf: 1 – “V”

Mavzu: Musiqa tovushlari. “Sehrli dunyo” qo`shig`i .

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: Badiiy ijodiy qobiliyatini o`stirish va ijodiy faolligini oshiris

Tarbiyaviy: Vatanga, jonajon tabiatga bo`lgan qiziqishni oshirish;

Rivojlantiruvchi: Badiiy bilim doirasini kengaytirish;

Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.

Darsning usuli: Noan`anaviy, aralash.

Darsning uslubi: Ijodiy suhbat, guruhlarda ishlash, savol-javob usuli.

Darsning jihozi: O`zbek xalq o`yinlari, qo`shiqlari, kompyuter, Slayd, test savollari, mavzuga oid rasmlar.

Dars shiori: Musiqa sirlarini chuqur o`rganish.

Darsning rejasi:

  1. Tashkiliy qism o`tkazish.

3 daqiqa

  1. O`quvchilarni guruhlarga bo`lish.

3 daqiqa

  1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash.

5 daqiqa

  1. Test sinovi.

5 daqiqa

  1. Yangi mavzuni tanishtirish.

12 daqiqa

  1. Mustahkamlash. Jamoa bo`lib qo`shiq kuylash.

10 daqiqa

  1. Dam olish daqiqasi.

4 daqiqa

  1. Uyga vazifa

3 daqiqa









  1. Tashkiliy qism.

O`qituvchi: Salom o`quvchilar.

O`quvchi: Assalomu alaykum ustoz.

O`qituvchi: Bugun darsimiz nima?

O`quvchi: Musiqa.

O`qituvchi: Bugun sinfda kim navbatchi?

Navbatchi: Sinfda men navbatchi. Bugun 2017-yil aprel oyi.

Bizning 1 -“V” sinfimizda 36 nafar o`quvchi bo`lib, ulardan 18 nafari qiz bolalar,

18 nafari o`g`il bolalar. Bugungi darsimizda hamma to`liq qatnashayapti.



O`qituvchi: Hozir qaysi fasl?

O`quvchi: O`lkamizda bahor fasli.

O`qituvchi: Bahor fasliga qaysi oylar kiradi?

O`quvchi: Mart, aprel, may.

O`qituvchi: Bahor faslida qanday bayramlar nishonladi?

1-o`quvchi: 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni”.

2-o`quvchi: 21-mart “Navro`z” bayrami. Navro`z-yangi kun deb ataladi.

3-o`quvchi: 9-may “Xotira va qadrlash kuni”. Vatan fidoiylarini xotiralash har birimizning insoniy burchimizdir. Qariyalar va bemorlar holidan xabar olish go`zal fazilat hisoblanadi.

O`qituvchi: 2017-yil qanday yil deb e`lon qilindi?

4-o`quvchi: Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2017-yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili ” deb e`lon qildi.



O`qituvchi: Juda to`g`ri, bolajonlar, mamlakatimizning Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2017-yilni yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e`lon qilinishi bu o`lkamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning yanada kengayishiga yo`l ochib berdi, jumladan, yangi o`quv yurtlarining barpo etilishi, zamonaviy tipdagi hovlilarning qurilishi, yangidan-yangi sport seksiyalarining ochilishi bunga yorqin misol bo`la oladi.

O`qituvchi: Mana tashkiliy qism bilan darsimizni boshlab oldik. Endi darsimiz qiziqarli bo`lishi uchun men har bir qatorni guruhlab olaman.


Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti