Xromatometriya. Kaliy dixromat K2Cr207 eritmasi titrlangan ishchi eritma sifatida ishlatiladi. Bu metodni bevosita aniqlashlarda, shuningdek bilvosita aniqlash larda qo’llash mumkin.
Bromatometriya metodida oksidlovchi ishchi eritma tariqasida kaliy bromat KBrO3 eritmasi qo’llaniladi.
Yodatometriyada ishchi eritma KJO3 ning titrlangan eritmasidir.
Permanganatometriya usuli kislotali muhitda MnO4- ioni bilan oksidlanish reaksiyalariga asoslanadi. Umuman oksidlanishni kislotali muhitda ham, ishqoriy yoki neytral muhitda ham olib borish mumkin.
Oksidlanish kislotali muhitda olib borilsa, KMnO4 tarkibidagi 7 valentli marganes qaytarilib, natijada reaksiya uchun olingan kislotaning ikki valentli marganes tuzi hosil bo`ladi. Masalan:
10FeSO4+ 2 KMnO4+8H2SO4 = 5Fe2(SO4)3+ 2MnSO4+K2SO4+ 8H2O
Bu reaksiyaning ionli tenglamasi quyidagicha:
5 Fe+2 + MnO4- + 8H+ = 5 Fe+3 + Mn+2 + 4H2O
Marganes oksidlanish darajasining yettidan ikkiga kamayishi KMnO4 molekulasining 5 ta elektron biriktirib olishini ko’rsatadi.
Demak, KMnO4 ning bu yerdagi gramm-ekvivalenti quyidagicha:
Agar oksidlanish ishqoriy yoki neytral muhitda olib borilsa, yetti valentli marganes to`rt valentli marganesga qaytariladi va qo`ngir cho`kma- marganes(IV) oksid MnO2 (aniqrogi uning gidrati MnO(OH)2 ) hosil bo`ladi, masalan:
Cr2(SO4)2 + 2 KMnO4 + 8KOH= 2K2CrO4 + 3K2SO4 + 4 H2O
Demak, KMnO4 bu yerdagi gramm-ekvivalenti kislotali muhitdagiga qaraganda birmuncha boshqacharoq bo`ladi:
Shuni ta`kidlash kerakki, kislotali muhitda titrlash natijasida eritmada qoladigan rangsiz Mn+2 ionlari hosil bo`ladi, lekin neytral yoki ishqoriy muhitda to`q qo`ng`ir cho`kma hosil bo`ladi. Bu cho`kma ekvivalent nuqtani topishga xalaqit beradi. Shu sababli hajmiy analizda ko`pincha permanganat bilan oksidlanish kislotali muhitda olib boriladi.
Permanganat bilan titrlashda indikator ishlatilmaydi. 0,01n konsentratsiyali KMnO4 eritmasining bir tomchisi titrlash oxirida 50 ml eritmani aniq ravshan pushti rangga bo’yaydi. Shuning uchun uning 0,01 n eritmasidan foydalanishga zarurat yo’q. Odatda, permanganatning 0,02 n eritmasi ishlatiladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, permanganat toza bo`lmaydi, uning tarkibida har doim qaytarilish mahsulotlari, masalan MnO2 bo`ladi. Bundan tashqari permanganat chang bilan birga suvga tushadigan qaytaruvchilar (ammiak, organik moddalar va hokazolar) ta`siridan oson parchalanadi, buning natijasida KMnO4 eritmasining konsentratsiyasi bir oz kamayadi.
Demak, KMnO4 dan aniq miqdorida tortib olish yo’li bilan permanganatning titrlangan eritmasini tayyorlab bo`lmaydi, tayyorlab qo’yilgan permanganat eritmasining titri 7-10 kundan avval aniqlanmasligi kerak (agar permanganat eritmasi qaynatilsa, undagi qaytaruvchilarning oksidlanishi juda tezlashadi, natijada permanganat eritmasini 1-2 soatda tayyorlab bo’linadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |