Mustaqil ta’lim
Tirkasheva Maftuna
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
filologiya fakulteti 1-bosqich magistranti
Haydar Xorazmiyning “Gulashan ul-asor”
asarida kategorial presuppozitsiya
Ma’lumki, tilshunoslik sohasi fan olamida o‘ziga xos o‘ringa ega.Til jamiyat bilan aloqador ekan, kishilar o ‘rtasidagi muloqot va uning yuzaga chiqishida muhim ahamiyatga ega.
Ushbu mustaqil ishda pragmalingvistika va uning kategorial presuppozitsiyasi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.Presuppozitsiya matn bilan bog‘liq bo‘lgan hodisa hisoblanadi.So‘zlovchi va tinglovchi munosabati nutqiy muloqot sharoitida yuzaga keladi.Muloqot jarayonida turli mimika va harakatlar, so‘zlovchi va tinglovchining ijtimoiy mavqeyi, yoshi, jinsi, amali, mansabi, dunyoqarashi, saviyasi ,umuman, psixologiyasi, madaniyati yaqqol sezilib turadi.Pragmalingvistika fanida lisoniy shaxs haqida ma’lumotga egamiz.Lisoniy shaxsning nutqida uning madaniyati aks etadi.O‘qituvchi lisoniy shaxsi, shifokor lisoniy shaxsi, ona lisoniy shaxsi, aka lisoniy shaxsi kabi turlarga ajraladi. Albatta, bu lisoniy shaxs nutqida tilning o‘ziga xos tomonlari yuzaga chiqadi.Sh.Safarovning fikricha, “Muloqot yuzaga kelishi uchun muhit bo‘lishi darkor. Muhit, o‘z navbatida, ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, u ijtimoiy qatlam, guruhning madaniyati bilan bog‘liq holda namoyon
bo‘ladi”.[Safaraov Sh.Pragmalingvistika. Monografiya -Toshkent,2008-yil, 117-bet]
Lingvistik pragmatikaning til sathi birliklari, ayniqsa, sintaktik sathda gapga
tatbiq etilishi bu birlikning nutq vaziyati, kontekst bilan bog‘liq, faqat nutqda
reallashuvchi yashirin xususiyatlarini aniqlash imkonini yaratdi. Gap pragmatikasini o‘rganish asosida tilshunoslikda bu sintaktik birlikka xos alohida xususiyat – gapning presuppozitsion akspekti yuzasidan ilmiy-nazariy xulosalar yuzaga keldi. Ma’lumki, presuppozitsiya pragmatik hodisa sifatida til belgisining nutq bilan bog‘liq jihatlarini namoyish qiladi. Ayrim mualliflarning fikricha, presuppozitsiyaga pragmatik hodisa sifatida qaralishi shu ma’nodaki, u so‘zlovchining gapdaxabar berilayotgan yoki so‘ralayotgan voqelikka nisbatan muayyan nuqtai nazariniaks ettiradi va «hukmning tabiiy asosi» «so‘zlovchilarning umumiy bilish fondi, ularning oldindan kelishuvi» sifatida talqin etildi. Ilmiy manbalarda presuppozitsiya bu tarzda turlicha nomlangan bo‘lsa-da, til birligining ishorasi asosida gapda yashirin ifodalanuvchi axborot tarzida baholandi.
Presuppozitsiya til birligining nutqiy vaziyat hamda nutq egalarining til
ko‘nikmalari bilan bog’liq tarzda yuzaga chiquvchi pragmatik xususiyati bo‘lib,
mohiyatan gap qurilishi asosida yotuvchi yashirin hukmning tashqi ishoraga
asoslanuvchi ko‘rinishini anglatadi. Bunday tashqi ishora tilda moddiy ifodachisiga
ega bo‘lganda, presuppozitsiya lingvistik xususiyat kasb etadi. Bu jihatdan, lingvistik presuppozitsiyaning gapda lisoniy vositalar ishorasi asosida yashirin ifodalanuvchi axborot tarzida baholanishi asosli.
Ma’lumki, shu kunga qadar tilshunoslikda bu hodisaga nisbatan
presuppozitsiya, prezumpsiya, tagbilim, ichki ma’no, monema, pragmatik ma’no, sigmatik ma’no terminlari qo‘llandi.
Presuppozitsiya asosiy hollarda gapda muayyan til birligining ishorasi asosida yashirin tarzda yuzaga chiqadi. So‘zlovchi obyektiv voqelik haqidagi muayyan axborotni gapda ochiq ifoda etishni xohlamaganda, presuppozitsiyaga yo‘l ochiladi. Presuppozitsiyaning gapda ifodalanishi muayyan nutqiy vaziyatni, nutq egalarining til ko‘nikmalarini taqozo etadi.
Presuppozitsiya dastlab Presuppozitsiya hodisasi hozirgi zamon lingvistikasi bilan mantiqiy semantika o‘rtasidagi ko‘prik hisoblanadi. Bu hodisa gapning to‘g‘ri anglanishi uchun eng zarur komponentdir. Chunki presuppozitsiya gapning vaziyat, kontekst hamda so‘zlovchi va tinglovchilarning oldindan ma’lum bo‘lgan umumiy bilimlari kabi elementlarni o‘z ichiga oluvchi hodisadir. Shuning uchun har qanday gap presuppozitsiyasi hodisasi asosida tahlil etilmasa, to‘g‘ri baholanmaydi. "Presuppozitsiya " hodisasi muloqot qatnashchilarining nutqiy tejamlilikka ehtiyoji, til birliklarining nutqiy vaziyatda sintaktik strukturaga qo‘shimcha, ikkilamchi ma’lumot berish imkoniyatiga egaligi, suhbat qatnashchilarining bo‘lib o‘tgan yoki bo‘lajak jarayon haqidagi oldindan ma’lum bilimlari kabi omillar ta’sirida nutqiy maydonga chiquvchi hodisasidir. Propozitsiyaning til sathidagi ahamiyati tilning mohiyatini belgilaydigan qisqalik, tejamlilik tamoyillari bilan izohlanadi. “Propozitsiyaning” yashirin hukm, tagma’no bilan bog‘liq ekanligini bundan yuz yillar oldin Olmon mantiqshunosi X.Frege aytgan edi. "Propozitsiyaning"
o‘rganilish tarixi o„ziga xos bo ‘lib, uni o‘rganish bilan dastlab tilshunoslar emas, balki mantiqshunoslar shug‘ullanib, hayotga tatbiq etganlar. Jumladan, presuppozitsiya tushunchasi mashhur mantiqshunos olim G.Frege g‘oyalari bilan bog‘liq bo‘lib, uning fikricha, presuppozitsiya hukmning tabiiy asosi sifatida o‘rganilishi lozim. Bugungi kunga qadar presuppozitsiya, prezumptsiya, tagbilim, ichki ma’no, monema, pragmatik ma’no, sintagmatik ma’no, hukmning tabiiy asosi so‘zlovchining bilish fondi, ularning oldindan kelishuvi, sintaktik strukturaning ikkilamchi ma’nosi, oldindan ma‘lum bilimlarning jami atamalar ostida o‘rganib kelinmoqda. "Presuppozitsiya " jahon tilshunosligida, asosan semantik sintaksis doirasida o‘rganilgan va mazmuniy sintaksisning dolzarb masalalaridan biri sifatida baholangan. "Presuppozitsiya " semantik sintaksis tushunchasi bo‘lishiga qaramay diskursiv nazariyasi va diskursiv tahlilda alohida ahamiyatga ega. Bu atama tilimizdagi tagma’no, ya’ni yuzada berilmagan, lekin tinglovchi tushunishi, anglashi ko‘zlangan maqsad va ifoda bilan uzviy bog‘liq tushunchadir. Shuning uchun u tinglovchi - farosati yuzada bir narsani ko‘rib turgani holda uning ostida nima yotganligini uqishi, ilg‘ay olishi bilan bog‘liq. Bu ma’no va maqsadni xalqimiz yana, "qizim senga aytaman, kelinim sen eshit" hikmatli so‘zi bilan ifodalaydi.
Haydar Xorazmiyning “Gulshan ul-asror” asari asosida presuppozitsiyani aniqlaymiz. Haydar Xorazmiy yashab o ‘tgan davr va muhit bugungi kundan tubdan farq etsa-da, ammo o ‘sha paytda ham til lisoniy shaxs nutqida erkin namoyon bo ‘lgan. Mumtoz asarlarda til badiiy jihatdan vazifa bajarsa, tilshunoslik nuqtayi nazarda ham o ‘z funksiyasini bajargan. “Gulshan ul-asror” Nizomiy Ganjaviyning “Mahzan ul-asror” asariga nazira sifatida yozilgan asar bo ‘lib, pand- nasihat ruhi yetakchilik qiladi. Asar bir qancha hikoyat, maqolat, mavizalardan iborat. Quyida biz dostondagi “Bo‘z to‘quvchi kampir va bazzoz” hikoyatidan misollar olamiz:
Bo‘zini bu bazzozg‘a berdi kim: - Ol,
Harna baho bo‘lsa iligima sol!
Propozitsiya- zol(kampir) bo‘zni sotmoqchi. Presuppozitsiya -qanchaga bo‘lsa ham bo‘zni olishini xohlaydi,chunki unga pul kerak.
Dedikim:-Ey xojayi sohib karam,
Charxifalak gardishidin ko‘rma g‘am
Zol aslida bazzozning sohibkaram insonligini bilmaydi, lekin saxovatli bo‘lishini xohlab o‘ziga nisabatan muruvvat qilishini istaydi.Ana shu o‘rinda ham presuppozitsiyani ko‘rishimiz mumkin.Bundan tashqari ona lisoniy shaxsini ham ko ‘rishimiz mumkin.
Ushbu baytda yan shu holat uchraydi:
Tulmanu bechorayu sohib ayol,
Ojizu, miskinu parokanda hol.
Ayol- ojiz, tul beva,balki umuman, yashashga qiynalayotgandir.Sog‘lig‘i ham yomondir.Bu o ‘rinda propozitsiya hosisasi ham ko‘zga tashlanadi.
Say’ qilib berdim ikki hafta jon
To sanga kelturdim ani bu zamon.
Ikki haftadan beri u mato to‘qigan,mato to ‘qish qiyin, ehtimol ikki hafta emas undan ham ko‘p vaqt sarflagandir.
Keyingi baytlarga diqqatimizni qaratamiz.
Bir suruk o‘g‘lon, ushakim xoru zor,
Yo‘lg‘a boqib telmuradur intizor.
Kampirning o‘g‘li bor.U xoru zor onasini kelishini unga yeyish uchun narsalar olib kelishini ,balki bu matoning to‘qilish vaqtida bola boshqa narsalarni ham orzu qilgandir.
Har ne desang, tengriga soldim seni,
Harna baho bo‘lsa, o‘zatg‘il meni?!
Har nima desng ham Tangriga soldim. Bu o‘rinda kampir uni qarg‘ayotgan yoki
bo‘lmasa unga yaxshi niyat bildirayotgandir.
“Presuppozitsiya bilan bog‘liq anchagina ishlar amalga oshirilgan, biroq klassik adabiyot namunalari kuzatilganda bu yo‘nalishga oid faktik materiallarga bor ekanligimiz guvohi bo‘lindi.Hatto klassik adabiyotning nazariy yo‘nalishiga oid juda ko‘p asarlarda “yoyiq” va “yig ‘iq” atamalarning mumtoz shakllari mavjud ekanligi, bularning mumtoz adabiyotda “botiniy” , “zohiriy” atamalar bilan nomlanishi o‘zbek tilida yoyiq va yig’iq mazmun ko ‘rinishlari tadqiqot obyekti sifatida tanlanagani mutlaqo to‘g‘riligini ko‘rsatadi”.[Hakimov M. O‘zbek pragmalingvistikasi asoslari. - Toshkent 2013-yil, 87-bet]
Ma’lum bo‘ladiki, presuppozitsiya gapda nutqiy vaziyat bilan bog’liq holda
yashirin tarzda reallashuvchi hodisa, uning to‘g‘ri tushunilishida nolisoniy omillar nutqiy vaziyat, kontekst, so‘zlovchi va tinglovchiga oldindan ma’lum bo‘lgan
umumiy bilimlar hamda nutq egalarining til ko‘nikmalari yordamga keladi. Bu
nolisoniy omillar gap sintaktik strukturasida aks etmagan, yashirin ifodalanuvchi
presuppozitsiyaning oson tushunilishiga yordam beradi.Xulosa qilib aytganda presuppozitsiya nutqiy vaziyat bilan bog‘liq bo‘lgan jarayondir
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Safarov Sh. Pragmalingvistika. Monografiya.- Toshkent. 2008. – 112-bet
2.Hakimov M. O‘zbek pragmalingvistikasi asoslari.-Toshkent.
“Akademnashr” ,2013-yil,87-bet
3. Hakimov M. Tagma’no va tagbilim xususida ba’zi mulohazalar // O‘zbek tili va adabiyoti. - Toshkent. - 2001. - №1. -
4. Rahimov U. Lisoniy presuppozitsiya / Ayyub G‘ulom va o‘zbek tilshunosligi: Ilmiy maqolalar to‘p. - Toshkent. 2004. - B.58.
5. Rahimov U. Tagma’no va presuppozitsiya // O‘zbek til va adabiyoti. - Toshkent. 2005. - №5. - B.32.
6.http://library.ziyonet.uz
7. http://www.sharqjurnali.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |