Moslashishlarning ko’rinishlariga kelsak morfologik, fiziologik va xulqiy moslashishlar ajratiladi.Morfologik moslashishlarga misol qilib suv muhitida gidrobiontlarning suvni qarshiligini kesib yurishga mos tana tuzilishi, shuningdek, plankton organizmlarning suvda osilgan holda yashashi kabilar hisoblansa, o’simliklar dunyosida cho’l sharoitida minimum suv sarflashga moslashish sifatida barglarning reduktsiyalanishi yoki butunlay bo’lmasligi kabilarni ko’rsatish mumkin. Fiziologik moslanishlar hayvonlarda ozuqa tarkibiga ko’ra ovqat hazm qilish sistemasida fermentlarning ma’lum turlarini uchrashi yoki cho’lda yashovchi hayvonlarning suvga bo’lgan talabini qondirish uchun yog’larning biokimyoviy oksidlanishdan foydalanishi kabilar kiradi. O’simliklarda kuzatiladigan fotosintez jarayoni ham, boshqa biokimyoviy jarayonlar atmosferadagi gazlar tarkibiga bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |