Parazitlarning har xilligi. Hamma parazitlar ikki guruhga bo’linadi. 1). Ekoparazitlar- xo’jayin tanasi ustida yashovchilar (kanalar, burga, bit, zuluk),
2). Endoparazitlar- ichki parazitlar bo’lib, xo’jayin tanasi ichida yashaydi (gelmentlar, bakteriyalar, viruslar). Bu guruhlardan tashqari statsion vaqtincha va fakultayiv parazitlar bo’ladi. Parazitlarning o’simlik va hayvonlardan foydalanishi ularning parazitlar ta’siriga nisbatan qilgan reaksiyasi, sezishi turlichadir. Shuning uchun parazitlar fito va zooparazitlarga bo’linadi. Ular ikkita gruhga bulib qaraladi mikroparazitlar va mikroparazitlar.
Mikroparazitlar bir xo’jayindan ikkinchiga to’g’ridan-to’g’ri yoki boshqa tur orqali o’zga organizimlarga o’tishi mumkun. To’g’ridan –to’g’ri parazitning o’tishiga qisqa muddat yashash vaqtida venetik kasalliklar tarqatuvchi viruslarning utishi misol bula oladi. Hayvonlarda uchraydigan eng asosiy makro parazidlarga gelminlar, lentasimonlar, chuvalchanglar,trematodalar,skrebnlar va nematodalar kiradi.Ulardan tashqari hayvonlarni bitlar,burgalar,kanalar hamda zamburug’lar ham zararlantiradi.
O’simliklarning makroparazitlariga asosan zamburug’lardan qorakuya, zang va shudring, oqqirov kasalliklarini tarqatuvchi turlar kiradi.
Makroparazidlar ham to’g’ridan-to’g’ri yoki boshqa tur, o’tkazuvchi yordamida boshqa organizimga o’tadi. Bu yerda parazitlarning hayot sikllari ancha murakkablashgan.
O’simliklardagi makroparazitlar- qorakuya, zang zamburug’larining sporalari tuproqdan bug’doy epitermiyasiga undan xo’jayinga o’tadi, rivojlanadi, o’simliklarni zararlaydi boshoqlar urniga qorakuyali, ichi qora sporalarga to’la boshoqlar hosil buladi.
Parazitlarning tarqalishi. Parazitlarning moslashish yo’llaridan biri, ular tuzilishining soddalashishidir. Bunday soddalashish holatini o’simlik va hayvon parazit formalarida uchratish mumkin. Masalan, lentasimon cho’valchanglar hayvonlar oshqozonidagi suyuqlik ichida to’yib, shularni shimib yashaydi.
Gulli o’simliklar ichida parazit holda hayot kechiradiganlarga zarpechak, shumg’iya kabilar misol bo’ladi. Zarpechak xo’jayin-o’simlik ildizlari ajratgan moddalar ta’sirida rivojlanadi.
Parazitlarda raqobatlik holatlari ham bor. Masalan, ba’zi begona o’tlar yoki zararkunanda hashoratlarga qarshi kurashida ayrim parazit turlarini ko’paytirish bilan amalgam oshiradi. Bunday hollarda parazit turlar ma’lum joylarga qo’yib yuboriladi, tarqatiladi, ular zararli o’simliklar hashoratlarni yeydi yoki ualr tanasiga o’tib, parazitlik qilib, ularni nobud qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |