amalga oshiriladi.
5. Ma’muriy qo‘mita ushbu shartlarni va talablarni buzilishi holatida Konvensiyaning
6.2-bis moddasi bilan muvofiqlikda taqdim etilgan ruxsatnomani chaqirib olish huquqiga
ega. Agar Ma’muriy qo‘mita ruxsatnomani chaqirib olish qarorini qabul qilsa, u holda
ushbu qaror chaqirib olish sanasidan olti (6) oy o‘tishi bo‘yicha vaqtli bo‘lmagan
muddatda kuchga kiradi.
6. Yuqorida ta’riflangan shartlarga muvofiq taqdim etiluvchi xalqaro tashkilotning
ruxsatnomasi, Konvensiya bo‘yicha ushbu tashkilotning mas`uliyati va majburiyati uchun
zarar yetkazmasdan beriladi.
(ECE/TRANS/17/Amend.31, 2013 yil 10 oktabrda kuchga kirgan;
ECE/TRANS/17/Amend.34, 2018 yil 1 iyulda kuchga kirgan)
Ilova 10
/
AHDLASHUVCHI TOMONLAR BILAN VAKOLATLANGAN
BIRLASHMALARGA (42-TER MODDA BILAN MUVOFIQLIKDA) VA
XALQARO TASHKILOTGA
(6.2-BIS MODDASI BILAN MUVOFIQLIKDA) TAQDIM ETILISHI KERAK
BO‘LGAN MA’LUMOT
Mazkur Konvensiyaning 6-moddasini 1-bandi va 9-ilovaning I-qismi 1 f) iii)-
bandi sababli vakolatlangan birlashmalar o‘z zimmalariga Konvensiyaga 9-ilovaning II-
qismida ta’riflangan minimal shartlar va talablarning XYT tartibiga kirish ruxsatini
olgan shaxslar tomonidan rioya etilishini doimiy tekshiruvini o‘tkazish majburiyatini
olishlari kerak.
O‘zlarining a’zo-birlashmalari nomidan va 6-moddaning 2-bis bandi asosida
vakolatlangan xalqaro tashkilot sifatida o‘z majburiyatlariga rioya etish tartibida, xalqaro
tashkilot bojxona organlari tomonidan uzatiluvchi va belgilangan joydagi bojxonalarda
XYT tartiblarini tugatilishi haqida birlashmalar va bojxona ma’muriyati uchun erishimli
bo‘lgan ma’lumotlarni saqlash uchun XYT kitobchalarini qo‘llash ustidan nazorat
tizimini yaratadi. Birlashmalarga o‘z majburiyatlarini samarali bajarish imkonini berish
uchun, Ahdlashuvchi tomonlar quyidagi tartiblar bilan muvofiqlikda nazorat tizimiga
ma’lumotlarni uzatadi:
(1)
bojxona organlari xalqaro tashkilotlarga yoki milliy kafolat birlashmalariga, iloji
boricha markaziy yoki mintaqaviy bo‘limlar orqali, mavjud bo‘lgan eng tezkor
aloqa vositalari (faks, elektron pochta va shunga o‘xshashlar) yordamida, va,
imkoniyat bo‘yicha, har kunlik asosda, hech bo‘lmaganda, Konvensiyaning 1 (l)-
moddasida belgilangan belgilangan joyning bojxonalarida taqdim etiluvchi
barcha XYT kitobchalariga nisbatan standart shakl bo‘yicha quyidagi
ma’lumotlarni uzatadi:
a) XYT kitobchasi raqami,
b) bojxonani ro‘yxatdan o‘tkazish jurnalidagi yozuv sanasi va raqami,
s) belgilanish joyining bojxonaning nomlanishi yoki raqami,
d)
belgilanish joyidagi bojxonada XYT tartibini to‘xtatish to‘g‘risida
guvohnomada ko‘rsatilgan sana va raqam (№ 2 yirtma varaqning 24-28-
ustunlari) (agar ular b)-bandda keltirilgan ma’lumotlardan farqlansa),
*
(ECE/TRANS/17/Amend.27, 2006 yil 12 avgustda kuchga kirgan)
e) XYT tartibini qisman yoki to‘liq to‘xtatilishi,
f) Konvensiyaning 8- va 11-moddalari uchun zararsiz - tushuntirish bilan yoki
tushuntirishsiz belgilangan joyning bojxonasida XYT tartibni to‘xtatilishi,
g)
boshqa ma’lumotlarni yoki hujjatlarni (shart emas),
h)
sahifa raqami.
(2)
milliy birlashmalar yoki xalqaro tashkilotlar bojxona organlariga qo‘shimchada
keltirilgan ma’lumotlarni qiyoslash uchun namunali blankni (QNB) yo‘naltirishi
mumkin:
a) uzatilgan ma’lumotlar va qo‘llanilgan XYT kitobcha koreshogida
ko‘rsatilgan ma’lumotlar orasida tafovutlar holatida, yoki
b)
agar ma’lumotlar uzatilmagan bo‘lsa, ammo qo‘llanilgan XYT kitobchasi
milliy birlashmaga qaytarilgan holatda.
Bojxona organlari o‘rnatilgan tarzda to‘ldirilgan QNBni iloji boricha ancha
tezkor qaytarilishi yordamida ma’lumotlarni qiyoslash bo‘yicha so‘rovga javob
berishi kerak.
(3)
bojxona organlari va milliy kafolat birlashmalari milliy qonunchilik bilan
muvofiqlikda yuqorida zikr etilgan axborotlar bilan almashishni qamrab oluvchi
bitimni tuzadi;
(4)
xalqaro tashkilot bojxona organlariga yopilgan XYT kitobchalari bo‘yicha
ma’lumotlar bazasiga va haqiqiy bo‘lmagan XYT kitobchalari bo‘yicha
axborotlar bazasiga kirish huquqini taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |