2-modda
Yuk bo‘linmalarning konstruksiyasi
1. Mazkur Qoidalarning 1-moddasi talablarini qoniqtirish uchun:
a)
yuk bo‘linmasining tarkibiy elementlari (devorlar, pol, eshiklar, tom,
ustunlar, ramalar, ko‘ndalang elementlar va hokazolar) yo
tashqaridan yechib olinishi va ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan
joyiga o‘rnatilishi mumkin bo‘lmagan moslamalar yordamida, yo
ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan
shunday konstruksiyani ta’minlovchi usul yordamida ulanishi kerak.
Devorlar, eshiklar va tom turli xil elementlardan tayyorlangan
vaqtda,
ular xuddi o‘sha talablarga javob berishi va yetarlicha
mustahkam bo‘lishi kerak;
2-moddaning 1 a)-bandiga
tushuntirish xati
2.2.1. a) Tarkibiy elementlarni yig‘ish
a)
Mahkamlash detallari (mixparchinlar, shuruplar, boltlar, gaykalar va
hokazolarni) qo‘llash holatida bunday detallarning yetarlicha soni
tashqi tomondan o‘rnatilishi, mahkamlanuvchi elementlar
orqali
o‘tishi, ichkaridan bo‘rtib turishi va u yerda qattiq mahkamlanishi
(masalan, mixparchinlar, payvandlar,
vtulkalar, boltlar, gaykalarni
klyopkalanishi yoki payvandlanishi yordamida) kerak. Biroq, oddiy
mixparchinlar (ya’ni, yig‘iluvchi tugunning ikki tomonida
o‘rnatilishi amalga oshiriluvchi mixparchinlar), shuningdek, ichki
tomondan o‘rnatilishi mumkin.
Yuqorida aytib o‘tilganlardan qat’iy nazar yuk bo‘linmasining poli
ichkaridan o‘rnatiluvchi va pol va pastki metall to‘sinlar orqali
vertikal o‘tuvchi portlovchi modda zaryadi yordamida o‘rnatiluvchi
o‘zi kesuvchi shuruplar yoki o‘zi burg‘alovchi mixparchinlar yoki
siqilgan havo yordamida o‘rnatiluvchi shpilkalar yordamida,
ularning ba’zi uchlari to‘sinlarning tashqi yuzasi bilan bir tekis
bo‘lish sharti bilan (o‘zi kesuvchi shuruplar holati bundan
mustasno), mahkamlanishi mumkin.
(ECE/TRANS/17/Amend.3, 1981 yil 1 oktabrda kuchga kirdi)
b)
Vakolatli organ qaysi mahkamlash detallari
va qanday miqdorda
mazkur tushuntirish xatining a) bandi talablariga muvofiq bo‘lishi
kerakligini belgilaydi; bunda u tarkibiy elementlarni yechib olish va
ularni ko‘rinuvchi izlarni qoldirmasdan joyiga qayta o‘rnatish
mumkin emasligiga ishonch hosil qilishi kerak. Boshqa
mahkamlash detallarini tanlash va ularni joylashtirish hech qanday
cheklovlarga uchramaydi.
c)
Ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan bir tomondan olib tashlanishi
yoki almashtirilishi mumkin bo‘lgan mahkamlash detallarining
qo‘llanilishi, ya’ni detallarning o‘rnatilishi yig‘iluvchi bo‘g‘imning
faqat bir tomonidan amalga oshirilishi mazkur tushuntirish xatining
a) bandi shartlari bo‘yicha yo‘l qo‘yilmaydi.
Bunday detallarning
misoli bo‘lib kengayuvchi mixparchinlar, yopiq mixparchinlar va
hokazolar hisoblanadi.
d)
Yuqorida tavsiflangan yig‘ish usullari maxsus transport vositalariga,
masalan, izotermik transport
vositalarga,
refrijerator
transport
vositalarga va avtosisternalarga,
shunday transport vositalar
o‘zlarining mo‘ljallanishiga muvofiq texnik talablarni qoniqtirishi
kerak bo‘lgan texnik talablarga qaysi darajada zid kelishining
shunday chorasida taalluqli bo‘ladi. Mazkur tushuntirish xatining a)
bandida ta’riflangan usullar bilan tarkibiy elementlarni ulashning
texnik sabablar bo‘yicha imkoniyati yo‘qligi shunday holatlarda,
tarkibiy elementlar mazkur tushuntirish xatining s)
bandida
ta’riflangan detallar yordamida, devorning ichki tomonida
qo‘llaniluvchi mahkamlash detallari tashqi tomondan erishimli
bo‘lmasligi sharti bilan, ulanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: