(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)
17-moddaning 1-bandiga tushuntirish xati
0.17-1
XYT kitobchasining yuk manifestida transport vositasining yoki har bir
konteynerning tarkibidagi har bir transport vositasining tarkibi alohida
ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi qoida faqat alohida transport vositasi yoki
alohida konteynerning tarkibini bojxona tekshiruvidan o‘tkazishni
soddalashtirish uchun mo‘ljallangan. Shuning uchun, transport vositasi
yoki konteynerda haqiqatan mavjud bo‘lgan narsa bilan transport
vositasida yoki konteynerda yuk manifestiga muvofiq bo‘lishi kerak
bo‘lgan narsa o‘rtasidagi har qanday farq Konvensiyaning buzilishi
sifatida ko‘rilmasligi uchun, ushbu qoida bunchalik qat’iy talqin
qilinmasligi kerak.
Agar tashuvchi vakolatli organlarga shunday farqlarga qaramasdan, yuk
manifestida ko‘rsatilgan yuklarning umumiy miqdori XYT kitobchasi
berilgan transport vositalari tarkibining bortida yoki barcha konteynerlarda
mavjud bo‘lgan yuklarning umumiy miqdoriga teng ekanligini isbotlay
olsa, unda bunday holatni, umuman olganda, bojxona qoidalarini buzilishi
deb hisoblanmaslik kerak.
2. XYT kitobchasi faqat bitta tashishni bajarish uchun amal qiladi. Unda mazkur
XYT tashishlarini amalga oshirishda zarur bo‘ladigan miqdorda yirtma varaqalar
bo‘lishi kerak.
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)
17-moddaning 2-bandiga tushuntirish xati
0.17-2
Uy jihozlarini tashish holatlarida XYT kitobchasidan foydalanish
Qoidalarining 10 c)-bandida nazarda tutilgan tartib qo‘llanishi mumkin,
shu qatorda, buyumlar sonini oqilona cheklash lozim.
17-moddaga sharhlar
Avtopoyezdlarga va yarim tirkamali shataklar tarkibiga XYT kitobchasini
berish
1 g) va h)-moddada belgilangan bitta transport vositasiga yoki transport
vositalari tarkibiga ortilgan transport vositalari tarkibida yoki
konteynerlarda yuklarni tashish uchun beriladigan XYT kitobchalarining
kerakli soni to‘g‘risidagi qaror jo‘natish bojxonasi tomonidan qabul
qilinadi. Jo‘natish bojxonasining qarori Konvensiyaning 4-moddasiga
binoan hududida XYT operatsiyasi amalga oshiriladigan davlatlarning
qolgan bojxonalari tomonidan tan olinadi, demak, bunday bojxonalar
qo‘shimcha XYT kitobchalarini talab qila olmaydi.
(TRANS/WP.30/157, 26-band)
Oddiy yuklar va og‘ir vaznli va katta hajmli yuklardan iborat bo‘lgan
aralash yuklarni tashishga XYT kitobchalarini berish
Oddiy yuklar va og‘ir vaznli va katta hajmli yuklardan iborat bo‘lgan
aralash yuklarni tashish uchun talab etiladigan XYT kitobchalari soni
borasidagi qarorni qabul qilishda jo‘natish joyining bojxonasi 32-
moddaning alohida qoidalarini inobatga oladi, ularga muvofiq og‘ir
vaznli va katta hajmli yuklarni tashish uchun XYT kitobchasining
muqovasida va barcha yirtma varaqalarida "og‘ir vaznli va katta hajmli
yuklar" degan yozuv tushirilishi kerak. Ushbu yozuv bojxona muhrlari va
plombalari ostida tashiladigan oddiy yuklarga taalluqli bo‘lmaganligi
sababli, oddiy yuklarni tashish uchun alohida HYT kitobchasi (XYT
kitobchalari) talab etiladi.
(TRANS/WP.30/AC.2/71, 3-ilova; TRANS/WP.30/206, 57-band)
Bir nechta XYT kitobchalaridan foydalanish
Agar jo‘natish joyining bojxonasi bitta XYT tashish uchun bir nechta XYT
kitobchasini rasmiylashtirishga qabul qilgan bo‘lsa, unda mazkur
bojxona "Rasmiylashtirishga qabul qilingan XYT kitobchasining barcha
yirtma varaqalarida "Rasman foydalanish uchun" degan ustunda ushbu
XYT kitobchalarining barcha raqamlarini ko‘rsatishi kerak.
(TRANS/WP.30/AC.2/71, 3-ilova; TRANS/WP.30/208, 52-band)
Do'stlaringiz bilan baham: |