6. Brezent mazkur Qoidalarning 1 a) va b) moddalarida ta’riflangan sharoitlar bilan
aniq muvofiqlikda transport vositasiga mahkamlanishi kerak. Mahkamlanishlarning
quyidagi turlarini qo‘llanilishi ko‘zda tutiladi:
a) Brezent quyidagilar yordamida mahkamlanishi mumkin:
i) transport vositasiga mahkamlanuvchi metall halqalar, ii) brezentning
hoshiyalaridagi zo‘g‘otalar
iii) brezent ustidan va butun uzunlik bo‘ylab tashqi tomondan ko‘rinuvchan
halqalar orqali o‘tuvchi arqon yoki tros.
Brezent mahkamlash halqalaridan o‘lchanganda hech bo‘lmaganda 250 mm
kenglikda transport vositasining qattiq qismini ustiga chiqishi kerak,
transport vositasining konstruksiyasi tizimi o‘zi bilan bevosita yuk
bo‘linmasiga kirishga to‘sqinlik qiluvchi shunday holatlar bundan
mustasno.
3-moddaning 6 a)-bandiga tushuntirish xati
2.3.6 a)-1 Sirpanuvchi halqalar bilan jihozlangan transport vositalari
Transport vositalarida mahkamlangan metall shtangalar bo‘ylab
sirpanuvchi brezentni mahkamlash uchun metall halqalar mazkur
bandning maqsadlarida yo‘l qo‘yiladi (6-ilovaning 2-rasmini ko‘ring),
agar quyidagi shartlar bajarilsa:
a)
shtangalar maksimum 60 mm oraliq bo‘ylab transport vositasiga
va ularni yechib olish va ko‘rinuvchi izlarni qoldirmasdan joyiga
qayta o‘rnatish mumkin bo‘lmaydigan tarzda mahkamlanadi;
b)
halqalar ikkitalik yoki markaziy o‘zakka ega bo‘ladi va
payvandlashni qo‘llashsiz yaxlit tayyorlanadi;
c)
brezent mazkur Konvensiyaga 2-ilovaning 1-moddasi a)
bandostida keltirilgan talablarga qat’iy muvofiqlikda transport
vositasiga mahkamlanadi.
2.3.6 a)-2 Buraluvchi halqalar bilan jihozlangan transport vositalari
Transport vositasiga mahkamlangan metall mahkamlash skobasida
aylanuvchi har bir metall buraluvchi halqalar mazkur bandning
maqsadlarida yo‘l qo‘yiladi (6-ilovadagi 2a rasmni ko‘ring), quyidagi
shartlar bajarilganida:
m
in
.
2
8
0
a)
har bir skoba transport vositasiga uni yechib olish va ko‘rinuvchi
izlarni qoldirmasdan o‘z joyiga qayta o‘rnatish mumkin
bo‘lmagan shunday tarzda mahkamlanadi; va
b)
har bir skoba ostida joylashgan prujina qo‘ng‘iroq shaklidagi
metall kojux bilan to‘liq yopilgan.
(ECE/TRANS/17/Amend.4 , 1982 yil 1 oktabrda kuchga kirgan)
3-moddaning 6 a)-bandiga sharh
Yopuvchi o‘zak konstruksiyasining misoli
Quyida tasvirlangan qurilma
2-ilovaning 1-moddasi a) bandi va 2-ilovaning 3-moddasini 6 a) va 8-
bandlarining talablariga javob beradi.
Yon tomondan ko‘rinishi
Bort
200 150
Sirpanuvchi oldingi
plastina
XYTning surib
chiqariluvchi
halqasi
Qulflovchi
o‘zak
Ustun
Yuqorida keltirilgan rasmning ta’rifi
Qurilma odatiy turdagi XYT halqasi o‘rnatilgan xuddi shunday holatda
bort ustiga o‘rnatilishi kerak; bunda XYT qurilmasining halqasi
ustunning o‘rtacha chizig‘idan 150 mm.dan ortiq bo‘lmagan uzoqlikda
joylashgan bo‘ladi. Qurilma XYTning odatiy halqalari kabi, ikki
mixparchinlar yordamida bortga mahkamlangan bo‘ladi. U uchta
tarkibiy metall qismlardan: asos-plastina, XYTning surib chiqariluvchi
halqasi va sirpanuvchi oldingi plastina, jumladan qulflovchi o‘zakdan
tashkil topgan. Oldingi plastina yopilgan holatda bo‘lgan vaqtda,
qulflovchi o‘zak ustundagi tirqish orqali o‘tadi va unga bort kuzovini
siqib turadi. Biroq qulflovchi o‘zak ustunga kamida 20 mm.ga kirib
turishi kerak. Bir vaqtning o‘zida XYT halqasi avtomatik surib
chiqariladi. Surib chiqarilgan holatda, mahkamlash trosi brezent ustidagi
halqa orqali o‘tayotgan vaqtda, sirpanuvchi oldingi plastina qulflanadi
va uni ochiq holatga qayta surib chiqarish imkoniyati mavjud bo‘lmagan
shunday tarzda mahkamlanadi.
(TRANS/WP.30/125, 40-band; TRANS/WP.30/127, 46- va 47-bandlar;
TRANS/WP.30/AC. 2/23, 3-ilova)
Zo‘g‘ota shakli
Brezentdagi zo‘g‘otalar oval yoki dumaloq shaklda bo‘lishi mumkin,
halqalar esa bu zarur bo‘lgandan ortiq bo‘lmagan masofaga transport
vositasining muvofiq qismlaridan bo‘rtib turishi kerak. Brezent
o‘rnatilgan tarzda mahkamlanganligiga ishonch hosil qilish uchun,
bojxona organining mansabdor shaxsi transport vositasiga muhrlarni va
plombalarni tushirishidan avval ulovchi arqonning mahkamlanishini
tekshirishi kerak.
(TRANS/GE.30/57, 35-band)
Transport vositasiga brezentni mahkamlash uchun
metall halqaning
namunasi
Payvandlangan metall ustunlarda, bortlarni qulflashning qo‘llab turuvchi
va tutib turuvchi mexanizmlarida bitta XYTning metall taxlanuvchi
halqasidan o‘rnatilgan. XYT halqasi ustunning tashqi tomonidagi katta
bo‘lmagan tirqish orqali qo‘lda surib chiqarilishi mumkin. XYT halqasi
prujinaning ta’siri ostida surib kiritilgan yoki surib chiqarilgan holatda
bo‘lishi mumkin. U quyidagi tarzda ishlaydi.
Bortlarni qulflash uchun mo‘ljallangan har bir o‘zakka metall cheklagich
payvandlangan, u qulflovchi o‘zakning vertikal harakatlanishini
cheklaydi va XYT halqasi surib chiqarilgan holatda bo‘lgan vaqtida
bortlarga ochilib ketishiga imkon bermaydi. Shu vaqtning o‘zida, ushbu
metall cheklagichlarning konfiguratsiyasi va joylashishi bort qulflarining
ochilganida XYT halqasiga ochilishga imkon bermaydi.
Bu u orqali ulovchi arqonning o‘tkazilishi bilan surib chiqarilgan
holatda, halqa bortning ustunlarga mahkamlanishini, hamda yuk
bo‘linmasining poliga ustunlarning mahkamlanishini ta’minlashini
anglatadi.
Bundan tashqari, bortlarni qulflovchi o‘zaklaridan biriga payvandlangan
tepa ustunning qulflovchi o‘zagi, bortlarni mahkamlanishi bilan bir
vaqtda tomning mahkamlanishini ta’minlaydi.
XYT halqa surib chiqarilgan holatga joylashtirilganda, bortni yoki tomni
ochish uchun ustunni to‘liq yo‘q qilish zarurdir.
(TRANS/GE.30/AC.2/12, 15-band; TRANS/GE.30/35, 109-band va
2-ilova; TRANS/GE.30/GRCC/11, 27-29-bandlar; quyidagi rasmni
ko‘ring)
Qoplamaga metall halqalarni mahkamlash namunasi
Bort
Ustun
Do'stlaringiz bilan baham: |