11. Qadoqlash varaqlari, fotosuratlar, sxemalar va hokazo: Agar ogʻir vaznli yoki katta hajmli yuklarni tanitish uchun bojxona organlari shunga oʻxshash hujjatlar XYT
kitobchasiga ilova qilinishini, oxirgilar bojxona organlari tomonidan tasdiqlangan va kitobcha muqovasining 2-sahifasiga biriktirib qoʻyilishini talab qiladi. Bundan
tashqari, barcha yirtma varaqlarda 8-rubrikasida ushbu hujjatlarni sanab oʻtish kerak.
12. Imzo: Barcha yirtma varaqlarda (14 va 15-rubrikalar) sana va XYT kitobchasining saqlovchisining yoki uning vakilining imzosi qoʻyilgan boʻlishi kerak.
C. Yoʻl-transport hodisalari 13. Agar yoʻlda bojxona plombalari va muhrlari tasodifan shikastlangan yoki yuk nobud boʻlgan yoki buzilingan boʻlsa, tashuvchi bojxona organlariga, agar bundaylar
yaqin masofada joylashgan boʻlsa, yoki, aks holda, u joylashgan mamlakatning boshqa vakolatli organlariga zudlik bilan murojaat qilishi kerak. Oxirgilar iloji boricha
qisqa muddatda XYT kitobchasida keltirilgan bayonnomani tuzadi.
14. Agar yoʻl-transport hodisasi oqibatida yukni boshqa transport vositasiga yoki boshqa konteynerga qayta yuklash zarur boʻlsa, u holda bunday qayta yuklash
yuqorida koʻrsatilgan 13-banddagi organlardan birining vakili ishtirokida amalga oshirilgan boʻlishi kerak. Ushbu organ bayonnomani tuzadi. Agar XYT kitobchasida
“ogʻir vaznli yoki katta hajmli yuklar“ zikr etilmagan boʻlsa, u holda yuklar qayta yuklangan transport vositasi va konteyner(lar) bojxona muhrlari va ploombalari ostida
yuklarni tashishga ruxsat etilgan boʻlishi kerak. Bundan tashqari, bayonnomada aks ettirilgan bojxona muhrlari va plombalari aks ettirilgan boʻlishi kerak. Biroq, tashish
uchun ruxsat berilgan transport vositasi yoki konteynerning mavjud boʻlmasligida yuklar ruxsat berilmagan transport vositasiga yoki konteynerga, agar u yetarlicha
ishonchli boʻlsa, qayta yuklangan boʻlishi mumkin. Ushbu oxirgi holatda yoʻnalish boʻyicha keyin joylashgan mamlakatlarning bojxona organlari XYT kitobchasini
qoʻllash bilan ushbu transport vositasida yoki konteynerda yuklarni keyinchalik tashilishiga ularga ruxsat berish mumkinligini ham hal etadi.
15. Butun yukni yoki uning qismini zudlik bilan tushirib olinishini talab etuvchi bevosita tahdid soluvchi xavflar holatida, tashuvchi yuqorida 13-bandda zikr etilgan
organlarning aralashuvini soʻramasdan va kutmasdan zarur boʻlgan choralarni oʻz ixtiyori bilan qabul qilishi mumkin. Bunday holatda u transport vositasini yoki
konteynerni yoki yukni saqlab qolish manfaatida harakat qilishga majbur boʻlganligini isbotlarini keltirishi kerak, va zudlik bilan majburiy xarakterdagi shoshilinch
choralarni qabul qilish boʻyicha dalillarni aniqlash, yukni tekshirish, transport vositasiga yoki konteynerga plombalarni tushirish va bayonnomani tuzish uchun yuqorida
13-bandda zikr etilgan organlardan birini xabardor qilishi kerak.