2. U yoki bu Ahdlashuvchi tomonning qonunlari va qoidalari bilan yuqorida 1
bandda nazarda tutilganidek olib kirish yoki olib chiqish bojlari va yig‘imlarini
to‘lash nazarda tutilmaydigan holatlarda, kafolat birlashmasi xuddi shu shartlarda
olib kirish yoki olib chiqish bojlari yoki yig‘imlarining summasiga teng bo‘lgan
summani va kechikish uchun har qanday foizlarni to‘lab berish majburiyatini o‘z
zimmasiga oladi.
8-moddaning 2-bandiga tushuntirish xati
0.8.2
Mazkur bandning qoidalari faqat u yoki bu Ahdlashuvchi tomonning
qonunlari
yoki
qoidalari
8-moddaning
1-bandida
ko‘rsatilgan
qoidabuzarliklar holatida olib kirish yoki olib chiqish bojlari yoki
yig‘imlarining o‘rniga ma’muriy sanksiyalarni yoki boshqacha moliyaviy
choralarni nazarda tutganda qo‘llaniladi. Shunga qaramay, to‘lanishi
kerak bo‘lgan summa, tegishli bojxona qoidalariga muvofiq yuklar import
va eksport qilinganida, to‘lanishi kerak bo‘lgan olib kirish yoki olib
chiqish bojlari va yig‘imlarining summasidan, plyus kechikish uchun har
qanday foizdan oshmasligi kerak. (ECE/TRANS/17/Amend.8, 1987 yil 1
avgustda kuchga kirgan)
3. Har bir Ahdlashuvchi tomon yuqorida keltirilgan 1 va 2-bandlarning qoidalariga
asosan bitta XYT kitobchasi bo‘yicha to‘lanishini kafolat birlashmasidan talab qilish
mumkin bo‘lgan summalarning maksimal miqdorini belgilashi kerak.
8-moddaning 3-bandiga tushuntirish xati
0.8.3
Ahdlashuvchi tomonlarga kafolat birlashmasidan talab qilib olinishi
mumkin bo‘lgan maksimal summani
bitta XYT kitobchasiga 100 000
yevro miqdoriga teng bo‘lgan qiymatga cheklab qo‘yish tavsiya etiladi.
Quyida sanab o‘tilgan va miqdori quyida ko‘rsatilgan cheklangan
me’yorlardan oshib ketadigan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini
tashish holatida, bojxona organlariga kafolat birlashmasidan talab qilib
olinishi mumkin bo‘lgan maksimal summani 200 000 AQSh dollariga
teng bo‘lgan qiymatgacha oshirish tavsiya etiladi:
1) Hajmi bo‘yicha kamida 80% toza spirtga ega bo‘lgan
nodenaturatsiyalangan etil spirti (CC kodi: 22.07.10).
2) Hajmi bo‘yicha kamida 80% toza spirtga ega bo‘lgan
nodenaturatsiyalangan etil spirti; spirtlar, likyorlar va boshqa spirtli
ichimliklar; ichimliklarni tayyorlashda ishlatiladigan spirt asosidagi
birikmalar (CC kodi: 22.08).
3) Sigaralar, manila sigaralari va tarkibida tamaki bo‘lgan "sigarilyo"
turidagi sigaralar (CC kodi: 24.02.10).
4) Tarkibida tamaki bo‘lgan sigaretalar (CC kodi: 24.02.20).
5) Har qanday proporsiyada tamaki bo‘lgan yoki bo‘lmagan chekiladigan
tamaki (CC kodi: 24.03.11 va 24.03.19).
Agar yuqorida eslatib o‘tilgan toifadagi tamaki mahsulotlarining va spirtli
ichimliklarning
soni
quyidagi
me’yordan
oshmasa,
kafolat
birlashmasidan talab qilib olinishi mumkin bo‘lgan maksimal summani
100 000 yevroga teng bo‘lgan qiymatda cheklash tavsiya etiladi:
1) 300 litr
2) 500 litr
3) 40 000 dona
4) 70 000 dona
5) 100 kilogramm.
Yuqorida keltirilgan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning
aniq miqdorlari (litrlar, donalar, kilogrammlar) XYT kitobchasining yuk
manifestida ko‘rsatilishi kerak. (ECE/TRANS/17/Amend.17; 1994 yil 1
oktabrda kuchga kirgan; ECE/TRANS/17/Amend.18; 1995 yil 1 avgustda
kuchga kirgan; ECE/TRANS/17/Amend.30, 2012 yil 13 sentabrda kuchga
kirgan. ECE/TRANS/17/Amend.32, 2015 yil 1 yanvarda kuchga
kirgan; ECE/TRANS/17/Amend.34, 2018 yil 1 iyulda kuchga kirgan)
0.8.3 tushuntirish xatiga sharh
Ularga nisbatan to‘lamaslik xavfi bo‘lgan bojlar va soliqlar
Bojlar va soliqlar yuklar oddiy XYT kitobchasidan foydalanib
tashilganda
50
000
AQSH
dollaridan
va
yuklar
"Tamaki
mahsulotlari/Alkogolli ichimliklar" kitobchasidan foydalanib tashilganda
200 000 AQSH dollaridan yoki bojxona organlari tomonidan o‘rnatilgan
boshqa summasidan oshgan holatda ham, Konvensiyaning 4-moddasiga
binoan, yuklar XYT tartibidan foydalanib tashilganda, olib kirish va olib
chiqish bojlari va soliqlarini to‘lash yoki depozitga joylashtirish talab
etilmaydi.
(TRANS/GE. 30/59, 34 va 35-bandlar; TRANS/WP 30/137, 75-76 bandlar;
TRANS/WP.30/159, 25-band; ECE/TRANS/WP.30/AC.2/2010/3/Rev.1, 2-
ilova; ECE/TRANS/WP.30/AC.2/105, 31-band)
Do'stlaringiz bilan baham: |