bo‘lmaydigan har qanday og‘ir yoki katta predmetni anglatadi;
q)
"kafolat birlashmasi" Ahdlashuvchi tomon bojxona organlarining XYT
tartibidan foydalanayotgan shaxslarga kafil sifatida ruxsatini olgan
birlashmani anglatadi; (ECE/TRANS/17/Amend.30, 2012 yil 13 sentabrda
kuchga kirgan)
r)
"xalqaro tashkilot" atamasi Ma’muriy qo‘mita xalqaro kafolatlar tizimini
samarali tashkillashtirish va ishlashi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga
olish vakolatini bergan tashkilotni anglatadi.
(ECE/TRANS/17/Amend.30, 2012 yil 13 sentabrda kuchga kirgan)
b) QO‘LLASH SOHASI
2-modda
Mazkur Konvensiya orada qayta yuklanmasdan yo‘l transport vositalari,
transport vositalari tarkiblari yoki konteynerlarda, bitta Ahdlashuvchi tomonning
jo‘natish bojxonasidan ikkinchi Ahdlashuvchi tomonning, yoki XYT tashishning
boshlanishi va yakunlanishi o‘rtasida ma’lum qismi avtomobil transporti bilan
amalga oshirilishi shartida xuddi o‘sha Ahdlashuvchi tomonning bojxonasigacha,
bitta yoki bir nechta bojxonalarni kesib o‘tib amalga oshiriladigan yuklarni
tashishga taalluqli.
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)
1-moddaga tushuntirish xatlari
0.2-1 2-moddada shu narsa nazarda tutilgandiki, XYT kitobchasidan foydalanib amalga
oshiriladigan tashishlar marshrutning bir qismi boshqa mamlakatning hududida
amalga oshirilishi shartida, bitta mamlakatning hududida boshlanishi va
yakunlanishi mumkin. Bunday holatda jo‘natish mamlakati bojxona xodimlariga
XYT kitobchasidan tashqari yukni erkin olib chiqishni ta’minlovchi milliy hujjat
taqdim etilishini talab qilishga hech narsa to‘sqinlik qilmaydi. Biroq, bojxona
organlari bunday hujjat taqdim etilishini qistamasliklari va uning o‘rniga XYT
kitobchasiga tegishli belgi kiritilishiga rozi bo‘lishlari tavsiya etiladi.
0.2-2 Mazkur moddaning qoidalari ko‘ra, bunday tashishning faqat bir qismi avtomobil
transporti bilan amalga oshirilishida yukni XYT kitobchasidan foydalanib tashishga
ruxsat beriladi. Ushbu qoidalarda
tashishning qaysi qismi avtomobil transporti
bilan amalga oshirilishi kerakligi aytilmagan; bu XYT tashishlarining boshlanishi va
oxiri o‘rtasidagi qandaydir joyda sodir bo‘lishining o‘zi yetarli. Biroq, yuk
jo‘natuvchining dastlabki niyatiga qaramasdan shunday bo‘lishi mumkinki, yoxud
tijorat maqsadlari, yoxud yo‘l-transport vaziyatlari sababli kelib chiqqan
ko‘zlanmagan sabablarga ko‘ra, tashishlarning hech qanday qismini avtomobil
transportida amalga oshirish imkoni bo‘lmasligi mumkin. Bunday istisno hollarda,
shunga qaramay, Ahdlashuvchi tomonlar XYT kitobchasini qabul qilishlari kerak,
va
kafolat
birlashmalarining
javobgarligi
kuchda
qoladi.
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)
2-moddaga sharhlar
XYT kitobchalaridan foydalanish
Ayrim hollarda bojxona plombalari va muhrlarini olib, ulardan yolg‘on maqsadlarda
foydalanish uchun XYT kitobchalari davlat ichidagi tashishlarda ishlatilgan (masalan,
ichki bojxonadan chegarada bojxonasigacha, keyingi davlatning bojxonasiga kitobchani
taqdim etmasdan).
Milliy bojxona organlarini bunday holatlar haqida o‘z vaqtida xabardor qilish uchun
XATI barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.
(TRANS/GE.30/AC.2/12, 34 band; TRANS/GE.30/35, 64 va 65-bandlar)
Tashishning bir qismi avtomobil transporti orqali amalga oshirilmaydigan holatda
XYT tartibidan foydalanish
Konvensiyaning 2-moddasiga muvofiq, agar XYT tashishlarining ma’lum qismi uning
boshlanishi va yakuni o‘rtasida avtomobil transportida amalga oshiriladigan bo‘lsa,
boshqa transport turlaridan foydalanish mumkin (temir yo‘l va daryo transporti va h.k.).
Boshqa turdagi transportda amalga oshirilayotgan tashish uchastkasida XYT kitobchasini
saqlovchi:
- Konvensiya 26-moddasining 2-bandiga muvofiq bojxona organlaridan XYT
tashishlarini to‘xtatib turishni iltimos qilishi mumkin. To‘xtatib turilgan XYT tashishlarini
tiklash uchun bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazorati boshqa turdagi transport
tomonidan amalga oshirilayotgan uchastkaning oxirida ta’minlanishi kerak. Agar jo‘natish
mamlakatida butun yo‘nalish bo‘ylab tashish avtomobil transportida amalga
oshirilmayotgan bo‘lsa, unda jo‘natish joyi bojxonasida XYT operatsiyasini boshlash va
uni to‘xtatilishini XYT kitobchasining №1 va №2 yirtma varaqalarini bir vaqtda ajratib,
darhol tasdiqlash mumkin. Bunday sharoitlarda mazkur mamlakat hududida yo‘lning
qolgan qismida XYT kafolati amal qilmaydi. Biroq, Konvensiyaning 26-moddasi
qoidalariga muvofiq, boshqa Ahdlashuvchi tomonda boshqa turdagi transport bilan amalga
oshirilayotgan tashish uchastkasining oxirida joylashgan bojxonada XYT tashishlari
osongina tiklanishi mumkin; yoxud
- XYT tartibidan foydalanish mumkin. Biroq, bunday holda XYT kitobchasining
saqlovchisi mazkur mamlakatda XYT operatsiyasi faqat milliy bojxona organlari quyidagi
punktlarda (vaziyatlarga qarab) XYT kitobchasini tegishli tarzda rasmiylashtirishni
ta’minlash holatida bo‘lgandagina XYT operatsiyasi qo‘llanilishi mumkinligini hisobga
olishi kerak: oraliq kirish bojxonasida, oraliq chiqish bojxonasida va belgilangan joy
bojxonasida.
(TRANS/WP.30/AC.2/67, 64-band va 4-ilova)
Do'stlaringiz bilan baham: |