]XYT kitobchasining modeliga tushuntirish xati
1.10. c) XYT kitobchasidan foydalanish qoidalari
Yuk manifestiga biriktirilgan yuklash
varaqalaridan foydalanish
XYT kitobchasidan foydalanish qoidalarining 10 c) qoidasi manifestda barcha
tashiladigan yuklarni yozish uchun joy yetarli bo‘lsa ham, XYT kitobchasiga ilova
sifatida yuklash varaqalaridan foydalanishga imkon beradi. Biroq, bunga faqat
yuklash varaqalarida yuk manifesti talab etadigan barcha ma’lumotlar
qulay
o‘qiladigan va aniq shaklda keltirilgan va 10 c) qoidalarining barcha boshqa
qoidalariga
rioya
qilingan
holatlardagina
yo‘l
qo‘yiladi.
(ECE/TRANS/17/Amend.2, 1980 yil 1 oktabrda kuchga kirgan)
XYT kitobchasining namunasiga sharh
Qo‘shimcha hujjatlarni ilova qilish usullari
Agar XYT kitobchasidan foylanish qoidalarining 10 c) va 11 qoidalariga muvofiq
qo‘shimcha hujjatlar ilova qilinishi zarur bo‘lganida, bunday hujjatlar XYT
kitobchasining muqovasiga yoki bevosita yirtma varaqalariga stepler yoki boshqa
moslamalar yordamida hujjatlarni ajratish XYT kitobchasida iz qoldiradigan
tarzda biriktirilishi kerak. (TRANS/WP.30/139, 43-band; TRANS/WP.30/AC.2/29,
3-ilova; TRANS/WP.30/AC.2/59, 46-band va 5-ilova)
Yuk manifestida yuklarni ta’riflash (yirtma varaqalarning 9-11 ustunlari)
Bojxona organlari va XYT kitobchalarini saqlovchilar XYT kitobchasidan
foydalanish qoidalariga qat’iy rioya qilishlari kerak. Zarur holatlarda yuklarning
ta’rifini o‘z ichiga olgan qo‘shimcha hujjatlar XYT kitobchasiga biriktiriladi, va
yirtma varaqaning 8-ustuniga tegishli belgi kiritiladi. Yuklarning tijorat ta’rifida
XYT kitobchalaridan foydalanib tashiladigan yuklarni almashtirish imkonini
istisno qiluvchi zarur bo‘lgan minimum ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
(TRANS/GE.30/45, 12-15-bandlar; TRANS/WP.30/AC.2/59, 46-band va 5-ilova)
Yuklarning qiymatini deklaratsiya qilish
Yukning qiymati ko‘rsatilmagan dalil yuklar bojxona organlari tomonidan ushlab
turilishiga asos bo‘lolmaydi.
(TRANS/GE.30/17, 44-band)
XYT operatsiyasini to‘xtatish
XYT operatsiyasi tugatilishini tasdiqlash uchun №2 yirtma varaqaning 24-28
ustunlarida talab etiladigan yozuvlarga qo‘shimcha sifatida bojxona
organlarining faqat bitta shtampini va mansabdor shaxsning bitta imzosini
qo‘yish zarur va yetarli hisoblanadi. Yirtma varaqalarda, koreshoklarda va
muqovaning birinchi sahifasida bojxona organlaridan tashqari boshqa hech
qanday organlar shtamplar va imzolarni qo‘yishga haqli emas. Vakolatli organlar
tarafidan №2 yirtma varaqa koreshogini to‘ldirilishi, jumladan bitta bojxona
muhri, sana va bojxona organlari vakolatli shaxsining imzosi, XYT kitobchasini
Do'stlaringiz bilan baham: