holatlarda, u aniqlangan Ahdlashuvchi tomonning hududida sodir etilgan deb
hisoblanadi.
38-modda
1. Yuklarni xalqaro tashishda qo‘llaniladigan bojxona qonunlari yoki qoidalarini
jiddiy buzishda aybdor bo‘lgan har qanday shaxsni har bir Ahdlashuvchi tomon
mazkur Konvensiya qarorlaridan foydalanish huquqidan vaqtincha yoki to‘liq
mahrum etish huquqiga ega.
38-moddaning 1-bandiga tushuntirish xati
0.38.1 Olib tashlangan.
(ECE/TRANS/17/Amend.23, 2003 yil 7 noyabrda kuchga kirgan)
2. Bunday huquqdan mahrum qilish haqida mazkur shaxs ta’sis etilgan yoki doimiy
turish joyiga ega bo‘lgan hududning Ahdlashuvchi tomoniga, qoidabuzarlik sodir
etilgan mamlakat yoki bojxona hududidagi birlashma(lar)ga va XYT Ijroiya
qo‘mitasiga bir hafta mobaynida xabar beriladi.
(ECE/TRANS/17/Amend.19, 1999 yil 17 fevralda kuchga kirgan)
38-moddaning 2-bandiga tushuntirish xati
Olib tashlangan.
(ECE/TRANS/17/Amend.19, 1999 yil 17 fevralda kuchga kirgan)
0.38.2
U yoki bu shaxsni Konvensiya qoidalaridan foydalanish huquqidan
vaqtincha yoki to‘liq mahrum etish haqida XYT Ijroiya qo‘mitasiga xabar
berishning huquqiy talabi XYT Ijroiya qo‘mitasining rahbarligi ostida
XYT bilan birgalikda shu maqsadlarda ishlab chiqilgan elektron
ilovalaridan tegishli tarzda foydalanish orqali bajarilgan deb hisoblanadi.
(ECE/TRANS/17/Amend.32, 2015 yil 1 yanvarda kuchga kirgan)
38-moddaga sharhlar
Vakolatli organlar o‘rtasidagi hamkorlik
Konvensiyaga
9-ilovaning
II-qismiga
muvofiq
shaxsga
XYT
kitobchalaridan foydalanishga ruxsat berishga nisbatan mazkur shaxs
doimiy turish joyiga ega bo‘lgan yoki ta’sis etilgan Ahdlashuvchi
tomonning vakolatli organlari ushbu shaxs jiddiy yoki ko‘p marotaba
bojxona qonunchiliklarini buzganiga nisbatan 38-moddaning 2-bandiga
muvofiq boshqa Ahdlashuvchi tomon bergan har qanday axborotni
inobatga olishlari kerak. Shunday qilib, mazkur shaxs doimiy turish
joyiga ega bo‘lgan yoki ta’sis etilgan Ahdlashuvchi tomon tarafidan ishni
samarali ko‘rib chiqilishini ta’minlash uchun, bunday xabarnomada iloji
boricha ko‘proq batafsil ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
(TRANS/WP.30/196, 76-band; TRANS/WP.30/200, 68-band;
TRANS/WP.30/AC.2/67, 63-band va 3-ilova)
Milliy tashuvchini XYT rejimidan chiqarib tashlash
Milliy tashuvchi doimiy turish joyiga ega bo‘lgan yoki ta’sis etilgan
mamlakat hududida sodir etgan bojxona qoidalarini jiddiy buzishda
aybdor bo‘lganligi sababli XYT rejimidan chiqarib tashlash uchun
bojxona organlariga shuningdek, nafaqat 38-moddadagi 1-bandning
qoidalaridan, balki 6-moddadagi 4-bandning va 9-ilovadagi II-qismning
1-bandidagi qoidalardan ham foydalanish tavsiya etiladi.
(TRANS/WP.30/196,
77-band;
TRANS/WP.30/200,
68-band;
TRANS/WP.30/AC.2/67, 63-band va 3-ilova)
Do'stlaringiz bilan baham: |