if ( a < b) z = sin(fabs(a+b)); else
if ( a==b) z = n*tan(a); else z = pow (a,2)-pow (b,2);
Bunda if operatori ichma-ich joylashgan ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Statik massivlar
Massiv - bu fiksirlangan miqdordagi ayrim qiymatlarning (massiv elementlarining) tartiblangan majmuasidir. Barcha elementlar bir xil turda bo‘lishi kerak va bu tur element turi yoki massiv uchun tayanch tur deb nomlanadi. Dasturda ishlatiladigan har bir konkret massiv o‘zining individual nomiga ega bo‘lishi kerak. Bu nom to‘liq o‘zgaruvchi deyiladi, chunki uning qiymati massivning o‘zi bo‘ladi. Massivning har bir elementi massiv nomi hamda kvadrat qavsga olingan va element selektori deb nomlanuvchi indeksni ko‘rsatish orqali oshkor ravishda belgilanadi [4, 486-494 b.].
Murojaat sintaksisi: <massiv nomi >[<indeks>]
Bu ko‘rinishga xususiy o‘zgaruvchi deyiladi, chunki uning qiymati mas- sivning alohida elementidir. Massivining alohida elementlariga indeksli o‘zgaruvchilar orqali murojaat qilish mumkin (2.11-rasm).
2.11-rasm. Massiv elementlari ketma-ketligi
Massiv indeksi sifatida butun son qo‘llaniladi. Umuman olganda, indeks sifatida butun son qiymatini qabul qiladigan ixtiyoriy ifoda ishlatilishi mumkin va uning qiymati massiv elementi nomerini aniqlaydi. Dasturdagi bir indeksli o‘zgaruvchi orqali massivning barcha elementlarini belgilash (aniqlash) mumkin bo‘ladi.
Massivning elementlariga murojaat indekslari orqali bo‘ladi. Indeks sifatida butun turdagi o‘zgaruvchilardan foydalanish mumkin.
C++ tilida massiv indeksi doimo 0 dan boshlanadi va uning eng katta qiymati massiv e’lonidagi uzunlikdan bittaga kam bo‘ladi.
Massiv e’loni quyidagicha bo‘ladi:
<tur> []={boshlang‘ich qiymatlar}.
Bu yerda <uzunlik> - o‘zgarmas ifoda (konstanta). Misol: int list [10];
Bu yerda list nomli massiv elementlari 10 ta bo‘lsa, uning elementlari list[0], list[1], list[2],…, list[9] bo‘ladi, boshqacha aytganda massiv elementlari 10 ta:
Agar list[5]=34; bo‘lsa, 34 qiymat massivning 5-e’lementiga joylashtiriladi:
Bu yerda i indeks - butun turdagi o‘zgaruvchi: list[3]=63; Buni quyidagicha tushunish mumkin i=3; list[i]=63; Quyidagi misollarni ko‘raylik:
list [3]=10;
list [6]=35;
list [5]= list [3] + list [6];
Yuqoridagi misolda birinchi list massivining uchinchi e’lementiga 10 qiymatini o‘zlashtiradi massivning oltinchi elementiga 35 qiymatini o‘zlashtiradi va massivning uchinchi va oltinchi elementlari yig‘indisini massivning beshinchi elementiga yuklaydi:
Odatda massiv quyidagicha e’lon qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |