Tiniqlashmoq; terlamoq; ta’riflamoq; turlanmoq; rivojlanmoq; zidlamoq. Asosi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana20.03.2022
Hajmi3,16 Mb.
#503272
  1   2   3
Bog'liq
Tarix English (1)





ONA TILI 
1. 1) tiniqlashmoq; 2) terlamoq; 3) ta’riflamoq; 
4)turlanmoq; 5) rivojlanmoq; 6) zidlamoq. Asosi 
shakldoshlik xususiyatiga ega bo’lmagan so’zlarni 
aniqlang. 
A) 2,5 B) 2,4,5 C) 3,5,6 D) 1,4,6 
2. Qaysi gap tarkibida imloviy jihatdan xato yozilgan 
so’z mavjud? 
A) Yoz kunlarida qarovsiz suv havzalarida yuvunish, 
qaynatilmagan suvni iste’mol qilish turli yuqumli 
kasalliklarni keltirib chiqaradi. 
B) Ilmning foydasini ta’riflagan bilan ado qilish 
mumkin emas. 
C) Boburning o’z hayoti to’g’risida bunchalik 
ochiqchasiga yozgani Xondamir uchun ajablanarli hol 
edi. 
D) Posbon uxlagach, navkar Mirzo Ulug’bekni 
yashirincha olib chiqmoqchi edi.. 
3. Qaysi gap imlosida fonetik hodisa kuzatilmaydi? 
A) Milliy g’ururi, milliy iftixori baland millatni yengib 
bo’lmaydi. 
B) Elmurod bu gaplarni undan eshitganda xuddi sassiq 
bir narsadan hazar qilganday jirkandi. 
C) Nizomjon nima deyishini bilolmay ayvonga o’rin 
sola boshlagandi. 
D) Qo’mondonning buyrug’i bilan uchala o’g’ildan bir 
ekipaj tashkil etilibdi 
4. Ma’nodosh so’zlar qatorida ularga xos bo’lmagan 
so’z qatnashgan javobni toping. 
A) ko’p, ancha , mo’l, xiyol 
B) tushunmoq, anglamoq,fahmlamoq, ilg’amoq 
C) chiroyli, go’zal, suluv, barno 
D) do’st, o’rtoq, og’ayni, oshna 
5. Qaysi javobda imloviy xato yozilgan so’zlar soni 
ikkita? 
A) Yaxshilik qilsang, ohirigacha yaxshilik qilgin, 
zinxor minnat qilma. 
B) Qor urib turgan bir kun edi. Birdan ko’chada dod-
faryot ko’tarilib qoldi. 
C) Zebi yuragida tugulib yotgan zo’r tugunni yechib 
yuborgan edi. 
D) O’rtadagi xontaxtada sovub qolgan kabob va meva-
cheva bor edi. 
6. Qaysi javobdagi gaplar juftligida belgilangan so’zlar 
asosdosh so’zlar hisoblanadi? 
A) Kechki ovqatni yemasligini aytdi. Birov suv 
topolmaydi ichgani, birov kechik topolmaydi 
kechgani. 
B) Bog’bon gullarni avaylab parvarish qildi. 
Qoplarning og’zini bog’lab qo’ydi. 
C) Yoshlik-inson umrining eng go’zal pallasi. Uning 
yoshli ko’zlarini, g’amgin yuzini unuta olmas edim.
D) Bu yerdagi toshli tuproqni ko’chirish oson 
bo’lmadi. Mashina soydagi toshloqdan o’ziga yo’l 
ochib keta boshladi. 
7. Berilgan qaysi juftlikda o’zaro shakldosh 
qo’shimchalar ishtirok etmagan? 
A) oylab-yuzlab B) chamalab-o’ylab
C) minglab-haftalab D) millionlab-soatlab 
8. Paronim bilan bog’liq xatolik mavjud bo’lgan gapni 
aniqlang. 
A) Kechalar uyqusiz sher yod olganim Tonggi ufqdagi 
yolqinlar aytsin. 
B) O’zga yurtda shoh bo’lguncha, o’z yurtingda gado 
bo’l. 
C) Sen chindan ham go’zalsan, Huzuringga keldim 
bot. 
D) Uch og’a-ini shu tarzda ahil yashay boshlabdi. 
9. Tarkibida lablangan tor unli qatnashgan qo’shma 
sifat ishtirok etgan gapni aniqlang. 
A) Insofli va samimiy insonlar bilan bu ko’hna dunyo 
obod. 
B) “Toshbag’ir odamdan yaxshilik kutma”,- deydi 
dono xalqimiz. 
C) Namoz Ochilov- qirqni qoralagan, bo’ydor, 
bug’doyrang yigit. 
D) Beshiktervatar issiq iqlimli mamlakatlarda keng 
tarqalgan yirtqich hasharot hisoblanadi. 
10. Qaysi so’zlar juftligi tub va yasama so’zlarga 
mansub bo’la oladi? 
A) olma (meva)- olma ( harakat bildiruvchi so’z) 
B) sozlar ( musiqa asboblari)- sozlar ( harakat 
bildiruvchi so’z) 
C) kechik ( daryoning kechuv joyi)- kechik ( harakat 
bildiruvchi so’z) 
D) bo’g’ma ( kasallik nomi)- bo’g’ma ( belgi-
xususiyat bildiruvchi so’z) 
11. Berilgan so’zlardan nechtasida tutuq belgisi 
qo’yilishi kerak? 
1) ma…shuqa; 2) ma…ruza; 3) ma…raka;
4) ta…ssurot; 5) iste…hzo; 6) iste…mol 
A) 2 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 4 ta 
12. Quyida berilganlardan tarkibida ng harflar 
birikmasi ishtirok etmagan so’zlarni aniqlang. 
1) dengiz; 2) konga; 3) shtanga; 4) kengaygan;
5) so’nggi; 6) bugungi. 
A) 2,3,5,6 B) 2,3,6 C) 1,3,4,6 D) 1,2,4,5 
13. Qaysi javobdagi birlik nutqimizda so’z birikmasi 
ham bo’lib keladi? 
A) yostig’ini quritmoq B) ishtahasi karnay
C) ko’nglida kiri yo’q D) dilidan o’tkazmoq 
14. Tiniq osmon o’zining bor go’zalligi va malohatini 
cheksiz balandliklardan ulug’vorlik bilan bizga ko’z-
ko’z qilib turar edi. Ushbu gapda nechta so’z yasovchi 
qo’shimcha bor? 


A) 4 ta B) 6 ta C) 3 ta D) 5 ta 
15. Qismlari kelishik qo’shimchasi yordamida 
bog’langan fe’lli so’z birikmalarini aniqlang. 
A) shaharga bormoq, ozoda kiyinmoq
B) qo’qqisdan kulib yubormoq, dod solmoq 
C) dalada ishlamoq, ukasiga gapirmoq
D) ko’ngliga solmoq, qo’lga kiritmoq 

Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish