Vatani borning baxti bor.
|
III. Yangi mavzu bayoni
Multimadiya ilovasi asosida yangi mavzu tushuntiriladi.
91-mashqdagi she’r o‘qib eshittiriladi.
Ulug‘ Temur bobomiz
Sevgan, sig‘ingan Vatan!
Bobur Mirzo doimo
Qo‘msab sog‘ingan Vatan.
Rauf Tolib.
She’r matni ustida ishlanadi:
-She’r sizlarga yoqdimi?
-She’r nima haqida ekan?
-Vatanimizni kim sevgan, sig‘ingan ekan?
-Vatanimizni kim doim sog‘inib yashagan ekan?
-Qo‘msab so‘ziga ma’nodosh so‘z toping.
( O‘qituvchi she’rning oxirgi misrasida qo‘msab,sog‘ingan so‘zlari ketma-ket kelgani ma’no kuchaytirish uchun xizmat qilishini ta’kidlaydi.)
Multimediya ilovada Kim? so‘rog‘iga javob bo’lgan so‘zlarni she’r matnidan aniqlaganlarida Amir Temur hamda Bobur Mirzo rasmi ekranda namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi ulug‘siymolar haqida qisqacha suhbat uyushtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |