Tinchlik, taʼlim va taraqqiyot birlashganda



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana19.04.2022
Hajmi1,57 Mb.
#562875
  1   2
Bog'liq
Tinchlik, taʼlim va taraqqiyot birlashganda...



Sayt test rejimida ishlamoqda
O‘z 
Ўз Руc En Kz Tj
Qidirish

Tinchlik, taʼlim va taraqqiyot birlashganda...
 Ta'lim
29 Dekabr 2021

420
Matn: Хайриддин Мурод
“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining shu yil 29-dekabr sonida Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim
markazi direktori Shuhrat Sattorovning “Tinchlik, taʼlim va taraqqiyot birlashganda...” nomli maqolasi chop
etildi. Quyida uni oʻqishingiz mumkin.
Prezidentimiz oʻtgan yili 30-oktyabr kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida maktab taʼlimi boʻyicha ilgʻor
davlatlar tajribasini oʻrganish, xususan, Finlyandiya taʼlim tizimining oʻziga xos jihatlari va muvaffaqiyatlarini
tahlil qilish, oʻquvchilarni fikrlashga chorlaydigan, hayotga tayyorlaydigan metodika yaratish taklifini
bildirgan edi.
Tabiiyki, taʼlim masʼullari uchun bu kutilmagan tashabbus boʻldi. Biz azaldan rivojlanish asoslariga ega Buyuk
Britaniya, AQSH kabi davlatlar tajribasini oʻrganish bilan band boʻlgan bir vaziyatda davlatimiz rahbarining
aynan taʼlim tufayli yuksak taraqqiyotga erishgan mamlakat tajribasini oʻrganishdek oqilona tashabbusi bizni
islohotlar mazmunini chuqur tahlil qilib, oʻquv sifatini oshirish borasidagi rejalarimizni shunga
moslashtirishga undadi.
Sohaning bir qator mutasaddilari bilan birga Shimoliy Yevropaning eng taraqqiy etgan bu davlatiga qilingan
safar chogʻida davlatimiz rahbarini uzoqni koʻra oladigan inson sifatida yana bir bor oʻzimiz uchun kashf
qildik. Chunki Finlyandiyadagi 6 kunlik oʻrganish jarayonida bugun Oʻzbekistonda sodir boʻlayotgan tub
islohotlar bundan 50 yil avval “Oq nilufarlar yurti”da ham dolzarb boʻlganini koʻrdik. Shu nuqtayi nazardan,
bugun yurtimizda taʼlimga qaratilayotgan eʼtibor bizning millat kelajagiga ishonchimizni mustahkamladi.
Harakatlar strategiyasida “taʼlim” soʻzi 138-marta qayd etilgan
2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar
t t
i
id t ʼli
f
h i i i jl
ti i h l hid
t
l
if tid k lti il
B h jj td


strategiyasida taʼlim va fan sohasini rivojlantirish alohida ustuvor masala sifatida keltirilgan. Bu hujjatda
“taʼlim” soʻziga 138 marotaba duch kelasiz. Xususan, soha oldiga mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga
mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash vazifasi qoʻyilgan.
Bu jarayonda umumiy oʻrta taʼlim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika,
kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori boʻlgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda oʻrganish
belgilab berilgan. Davlatimiz rahbari chiqishlari davomida koʻp marotaba bugungi oʻqitish dasturlari va
metodikasi eskirgani, yangi taʼlim mazmuni qisqa muddatda yurtimizni rivojlangan davlatlar qatoriga olib
chiqishi xususida toʻxtalib oʻtgan. Xususan, 2020-yili Prezidentimiz tomonidan Xalq taʼlimi vazirligi oldiga
dunyodagi zamonaviy oʻquv dasturlari asosida Milliy oʻquv dasturini ishlab chiqish vazifasi qoʻyilgan edi.
“Biz qanday fuqaroni xohlayapmiz?”
Oʻtgan yili Xalq taʼlimi vazirligida taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari, oʻqitish metodikasi va baholash tizimini
qamrab olgan Milliy oʻquv dasturini tayyorlashga kirishildi. Bu jarayonda oʻquvchilarni bilimga asoslangan
jamiyat uchun raqobatbardosh kadrlar qilib voyaga yetkazish, ularni hayotga tayyorlash bosh shior qilib
olindi. Avvalgi islohotlardan farqli oʻlaroq, bu gal islohotlarning bosh ishtirokchisi sifatida oʻqituvchilar
tanlandi. Zero, Uchinchi Renessans haqida toʻxtalganda, davlatimiz rahbari muallimlarni yangi ilm-fan
davrining toʻrt tayanch ustunidan biri, deya eʼtirof etgandi.
Keyingi bir yil davomida 246 nafar milliy ekspert, jumladan, 119 nafar maktab oʻqituvchisi, oliy taʼlimdan 105
nafar professor-oʻqituvchi, 22 nafar fan metodisti, shuningdek, UNICEF va USAID kabi xalqaro tashkilotlar
orqali jalb qilingan 16 nafar xalqaro ekspert ishtirokida Milliy oʻquv dasturi loyihasi tayyorlandi.
Birinchi ish “Biz qanday fuqaroni xohlayapmiz?” degan savolga javob topish boʻlgan. Chunki taʼlim davlatning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dinamikasi bilan bogʻlansa, maktablardan mehnat bozoriga mos ishchi kuchi
yetishib chiqadi. Taʼlimdagi islohotlarning uzviyligi, oʻqish va yangi texnologiyalarning bogʻliqligi, oʻz
navbatida, ishsizlikka qarshi eng samarali choradir. Aynan shu nuqtayi nazar bilan yangi Oʻzbekistondagi
islohotlarga kamarbasta boʻladigan, kerak sharoitda vaziyatni qoʻlga olib, toʻgʻri qaror qabul qiladigan, ilgʻor
gʻoyalari bilan iqtisodiyotni rivojlantirib, ishchi oʻrni yaratadigan, tashabbuskor va Vatan taqdiriga daxldorlik
hissi bilan ulgʻayadigan fuqaro portreti yaratilmoqda.
Har bir fandan tashqi taqriz uchun hamkor muassasalar belgilab olindi. Misol uchun, yangi matematika
dasturi Fanlar akademiyasining Matematika instituti hamda britaniyalik ekspertlar, ona tilining yangi
metodikasi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti ekspertlari, tabiiy fanlar dasturi Oxford
University Press muallifi Fillippa Gardom Halm, Xelsinki universiteti professori Yari Lavonen ishtirokida
yaratilgan.
Fin taʼlimining oʻziga xos ikki falsafasi
Finlyandiya maktab taʼlimida oʻziga xos ikki falsafa bor — oʻquvchi yaxshi taʼlim olishi uchun zamon va
makonga ehtiyoj sezadi. Yaʼni bolalar 7 yoshda maktabga chiqadi va ularga oʻqiganini puxta oʻzlashtirishi
uchun koʻproq vaqt beriladi. Misol uchun, boshlangʻich taʼlimda haftalik oʻquv yuklamasi 167 soatni tashkil
qiladi. Bu xalqaro miqyosda boshlangʻich taʼlim uchun ajratiladigan eng kam soatlardan biridir. Shunday
boʻlsa ham xalqaro baholash dasturlarida finlyandiyalik oʻquvchilar yuqori natija koʻrsatmoqda.
Milliy oʻquv dasturi doirasida 22 ta fan boʻyicha oʻquvchilar oʻzlashtirishi kerak boʻlgan asosiy bilimlar qamrab
olindi. Maktabda oʻqitiladigan fanlar va mavzular tanqidiytahliliy oʻrganildi. Oʻquvchi yoshidan kelib chiqib,
xalqaro tajribalar, psixologik va sanitariya meʼyorlari boʻyicha Milliy oʻquv dasturida haftalik normativlar sinflar
boʻyicha qisqartirildi. Bosqichma-bosqich oʻquv yuklama soatlarini kamaytirish choralari belgilab olindi.
Oʻquv dasturida barcha sinflar boʻyicha haftalik yuklama 314 soatdir (2019-yilda 339 soat edi). 11 yil uchun
oʻquv yuklamasi 10 655 soat (avvalgidan 849 soat kam) etib belgilandi. Shuningdek, barcha fan va sinflar
boʻyicha mavzular tahlil qilinib, takroriy, murakkab va eskirgan deb topilgan 849 ta mavzu maktabgacha yoki
oliy taʼlimga oʻtkazildi, dasturdan chiqarildi.
Milliy oʻquv dasturida oʻquvchilarning bilim va koʻnikmasini baholashning xalqaro tadqiqotlariga mos


mavzular hamda yangicha taʼlim yondashuvlari oʻrin olgan. Amaliyotga yoʻnaltirilgan mavzular 50 foizga
yetkazildi.
Har bir fan oldidagi aniq maqsad aks etgan
Oʻquvchilarning maktabni mehnat bozori talabiga xos koʻnikmalarni egallab tamomlashi hamda kelgusida
oʻzlarini oʻzlari ish bilan taʼminlashi, qoʻshimcha ish oʻrni yaratishi oʻrtasida bogʻliqlik mavjud. Shundan kelib
chiqib, Milliy oʻquv dasturida taʼlimni zamon bilan bogʻlashga oid jihatlarni koʻrish mumkin.
XXI asrga xos ehtiyojlarga koʻra, oʻquvchida shakllanishi zarur boʻlgan koʻnikmalardan kelib chiqib, har bir fan
oldiga aniq maqsad qoʻyildi. Misol uchun, oʻquvchida ona tili fani orqali ogʻzaki va yozma muloqot,
matematika orqali mantiqiy fikrlash va muammolarga yechim topish, tabiiy fanlarni oʻqib tadqiqotchilik
koʻnikmasi rivojlanishi, tarix fani orqali davrlarni solishtira olish, shuningdek, tarixiy hodisaning sabab va
oqibatlarini aytib berish, tasviriy sanʼatda ijodiy fikrlash va tasavvurini vizual aks ettirish, informatika fanida
“foydalanuvchidan raqamli kontent ishlab chiqaruvchi”ni tayyorlash koʻnikmasini shakllantirish zarurligi
belgilangan.
Milliy oʻquv dasturida oʻqitish metodikalari har bir fan boʻyicha oʻquvchida kognitiv, ijobiy xulq-atvor va
ijtimoiy-emotsional, tanqidiy va ijodiy fikrlash, koʻp qirrali savodlilik (oʻqish, yozishdan tashqari axborot
texnologiyalari savodxonligi hamda mediasavodxonlik), jamoada ishlash kabi koʻnikmalarini rivojlantirishga
asoslangan.
Milliy oʻquv dasturidagi besh strategik vazifa
Milliy oʻquv dasturini yaratish jarayonida Xalq taʼlimi vazirligi oʻz oldiga quyidagi besh muhim strategik
vazifani belgilab qoʻydi:
birinchidan, mamlakatimizning bugungi rivojlanish surʼati asosida taʼlim standartlari hamda oʻquv
dasturlarini yangilash va bu orqali mehnat bozoriga zamon talablariga mos kadrlarni yetishtirish;
ikkinchidan, maktab mavzularini maktabgacha hamda oliy taʼlim tizimi bilan uzviy bogʻlagan holda oʻqitish
metodikasini yangilash. Misol uchun, oʻqitishda bugun keng ommalashgan maʼruza metodidan voz kechib,
oʻquvchilarning mustaqil faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydigan loyiha asosida oʻqitish, oʻquvchiga yoʻnaltirilgan
individual qiziqish va qobiliyatga asoslangan oʻqitish, hamkorlikda oʻrganish, mustaqil oʻrganish, oʻyin orqali
oʻrganish kabi yondashuvlarni maktab taʼlimiga joriy qilish. Bu esa oʻquvchilarning hayotga tayyorlanishiga
imkoniyat yaratadi.
uchinchidan, fanlararo integratsiya hamda sinflararo uzviylikni taʼminlash. Bir mavzuni bir nechta fan
boʻyicha oʻrganish taʼlim mazmunining oʻquvchilar uchun yanada qiziqarli va foydali boʻlishini taʼminlaydi.
Masalan, suv mavzusi doirasida bir vaqtning oʻzida oʻquvchidagi biologiya, geografiya hamda fizikaga oid
bilimlarni mustahkamlash mumkin. Finlyandiya maktablarida boʻlganimizda oʻquvchilar matematika,
texnologiya, rassomlik hamda biologiyaga oid bilimlarni sinfxonaga keltirilgan turli mevalarni kesib koʻrish
orqali oʻrganishiga guvoh boʻldik. Bu orqali ular borliqni, jarayon va bilimlarni yaxlit tasavvur qiladi. Ayniqsa,
loyiha asosida oʻqitish metodida integratsion taʼlim qoʻl keladi. Shuningdek, sinfdan-sinfga oʻtganda
dasturdagi bogʻliqlik asosida oʻquvchi avvalgi sinfda olgan bilimlarini yangi bilimlar bilan oson bogʻlaydi;
toʻrtinchidan, oʻqituvchining akademik mustaqilligiga erishish. Pedagoglar mustaqil oʻrganishni
taʼminlashda muhim ishtirokchilardir. Buning uchun ularning oʻzi akademik nuqtayi nazardan mustaqil
boʻlishi lozim. Yaʼni muallim uchun oʻquv jarayonini davlat taʼlim standartlari hamda oʻquv dasturi asosida
mustaqil tashkil qilish koʻnikmasi zarur. Ammo tahlillar bugun aksariyat oʻqituvchilar uchun darsliklar
yagona qolipga solingani, ular darslikdagi bilimlar bilan chegaralanib qolganini koʻrsatmoqda. Buning asosiy
omili yangicha bilimlarni egallash uchun zarur zamonaviy resurslarning yetishmasligidir.
Milliy oʻquv dasturi asosida har bir fandan “Oʻqituvchi kitobi” tayyorlanayotgani, xalq taʼlimi tizimida malaka
oshirishning yangi platformalari ishlab chiqilayotgani yangicha taʼlim mazmuni bilan muallimlarni tezkor
tanishtirishning muhim yechimidir;
beshinchidan, “mualliflar maktabi”ni shakllantirish va yangi avlod darsliklarini yaratish.


Yangi avlod darsliklari fan va sinflarni bogʻlaydi, rang-barang va yorqin
Tahlillar koʻrsatmoqdaki, amaldagi aksariyat darsliklar bundan 17 yil avval qisman oʻzgartirilgan. Ular, asosan,
nazariy bilimlarni qamrab olib, faktologiyaga asoslangan. Darsliklarning akademik tilga oʻtib ketgani
oqibatida oʻquvchi kontentni tushunishga qiynaladi. Buning asosiy sababi, uni yaratishda oʻqituvchilar
salohiyatidan unumli foydalanilmaganidadir. Shuningdek, sinfdan-sinfga oʻtganda darsliklar mavzusidagi
katta tafovut oʻzlashtirish sifatiga salbiy taʼsir qilgan.
Metodika va darslikdagi kontentning oʻzgarishi yod olishga yoʻnaltirilgan taʼlimni qoʻllab-quvvatlagan,
natijada baholashda hayotiy koʻnikmalar emas, bilim hajmi muhim rol oʻynagan.
Finlyandiyaning “Otava” nashriyotida matematika fanidan darslik tayyorlayotgan bir guruh ijodkorlar bilan
uchrashdik. Ularning barchasi mamlakatning turli nuqtalaridan jam boʻlgan iqtidorli oʻqituvchilar edi.
Muallim dastur va darslikning oʻquvchi yoshiga mos va qiziqarli boʻlishidan manfaatdor. Shuning uchun ham
Finlyandiyada taʼlim islohotlari oʻqituvchi ishtirokisiz boʻlmaydi.
Milliy oʻquv dasturini amaliyotga joriy qilish maqsadida 2021/2022 oʻquv yili uchun 1-2-sinflarga zamonaviy
darsliklar yaratildi. Ilk marotaba har bir darslik uchun oʻqituvchi metodika kitobi hamda boshlangʻich
sinflarda oʻquvchi mashq daftarlari tayyorlandi. 2021-yilda tanlov asosida saralab olingan 154 nafar muallif
ishtirokida 326 nomda oʻquv-metodik adabiyot yaratildi. Bu jarayonga 46 nafar professor, 101 nafar
amaliyotchi oʻqituvchi, 7 nafar fan metodisti jalb qilindi.
Yangi darsliklarni yaratish jarayonida yosh olimlar, tajribali oʻqituvchilardan iborat mualliflar guruhini
shakllantirish ham asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilangan. Darsliklarni yaratishda olimlar bilan birga
yosh amaliyotchi oʻqituvchilarning ishtiroki Milliy oʻquv dasturida belgilangan maqsadlarning darsliklarda aks
etishiga xizmat qildi. Mualliflarning oʻrtacha yoshi 40-45 yosh. Oʻquvchilarga oʻyin va videoroliklar orqali dars
berish uchun multimediali ilovalar ishlab chiqilmoqda.
Yaratilgan yangi avlod darsliklari 14 ta tayanch maktabda aprobatsiyadan oʻtkazildi. Mazkur jarayonda 40
nafar eksperimentator oʻqituvchi hamda 937 nafar oʻquvchi ishtirok etdi. Shuningdek, hududlarda Milliy
oʻquv dasturi hamda darsliklar asosida dars berish uchun oʻqituvchilar bilimini oshirish boʻyicha
mamlakatimiz miqyosida 100 nafar trener-oʻqituvchi tayyorlandi. Malaka oshirish kurslari orqali 49,1 ming
nafar boshlangʻich sinf oʻqituvchisi yangi metodikalar boʻyicha oʻqitildi.
Kelgusi yillarda yangi darsliklarni yaratish, ularni aprobatsiyadan oʻtkazish va pedagoglarni yangi metodikalar
boʻyicha oʻqitish jarayoni davom ettiriladi. 2023/2024 oʻquv yiligacha barcha sinf uchun yangi avlod darsliklari
bosqichma-bosqich tayyorlanib, 2025-yilga qadar Milliy oʻquv dasturi umumtaʼlim maktablarida amaliyotga
toʻliq joriy qilinadi.
Taʼlimga davlatni oʻzgartiruvchi eng kuchli omillardan biri sifatida taʼrif beriladi. U odamlarni, jamiyatlarni,
xalqlarni va insoniyat kelajagini qisqa muddatda oʻzgartiradi. Insoniyat qarshisida muqarrar turgan
qashshoqlik va toʻyib ovqatlanmaslik, ishsizlik va zoʻravonlik, irqchilik va gender notenglik, kasallik va tabiiy
ofatlar, bolalarga nisbatan zoʻravonlik, giyohvandlik, jinoyat va urushlarning yagona yechimi — taʼlim.
Raqobatbardosh iqtisodiyotning kafolati hamda barqaror jamiyat yaratishning muhim sharti ham oʻqishdir.
Taʼlim, tinchlik va taraqqiyot azaldan yonma-yon yuradi, uchalasi bir-biriga xizmat qiluvchi drayver. YUNESKO
tadqiqotlariga koʻra, bugun sayyoramizdagi 258 million bola boshlangʻich taʼlimdan mahrum boʻlib, oʻqish-
yozish, hisoblash koʻnikmalarini toʻlaqonli egallamagan. Ularning aksariyati harbiy mojarolardan aziyat
chekuvchi, taʼlim tizimiga ega boʻlmagan hududlarda yashaydi. Yer sayyorasi oʻquvchilar taʼlimi uchun
shunday tanglikni boshdan oʻtkazayotgan bir davrda tinch-osuda Oʻzbekistonning soʻnggi 4 yilda taʼlimda
erishgan muvaffaqiyati insonga umid bagʻishlaydi. Yangi Oʻzbekistonda tinchlik, taʼlim va taraqqiyot
birlashdi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Buning zamirida esa inson qadri uchun uzoqni koʻzlagan oqilona
islohotlar yotadi.
Nashr etmoq


© 2020 “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati» DUK
Biz haqimizda
Mualliflar
Murojaat uchun
Vakansiyalar
Materiallardan foydalanish
  

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish