Timss tadqiqoti uchun maktablar tasodifiy tanlab olinadi



Download 14,76 Kb.
Sana03.02.2022
Hajmi14,76 Kb.
#428016
Bog'liq
TIMSS tadqiqoti uchun maktablar tasodifiy tanlab olinadi


TIMSS tadqiqoti uchun maktablar tasodifiy tanlab olinadi
Joriy yil 22 fevral kuni Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi va Ta'lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA), RTI vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya ma'lum qilmoqda inspeksiya axborot xizmati.
Onlayn muloqotda xalqaro tashkilot vakillari tomonidan TIMSS tadqiqotlarining o‘tkazilish muddatlari, jarayonlarni tashkil etish uchun maktablarda yaratilishi lozim bo‘lgan sharoitlar, o‘quvchilarni tanlashda sinf va yosh ko‘rsatkichlarida e'tibor qaratiladigan jihatlar bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tildi.
«Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, O‘zbekistonning PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishi belgilangan. 2020 yil iyul oyida O‘zbekistonning 2023 yilda o‘tkaziladigan tadqiqotlarda ishtirok etishi bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishilgan», deyiladi inspeksiya ma'lumotida.
Ma'lumot uchun, Xalqaro matematika va tabiiy fanlarni o‘rganish tendensiyalari (TIMSS) tadqiqoti har to‘rt yilda bir marta 4- va 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.
1995 yildan beri o‘tkazib kelinayotgan tadqiqotlarda o‘quvchilarning umumiy yutuqlari, o‘quv reja va dasturlarning amalga oshirilishi, o‘quv amaliyotlari, maktab resurslari, shuningdek, uy va maktab sharoitlari to‘g‘risida ma'lumotlar beradi hamda unda o‘qitish jarayonini monitoring qilish va baholash bo‘yicha qimmatli ma'lumotlar to‘planadi.
Inspeksiya xabarida ta'kidlanishicha, TIMSS tadqiqotlari o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonligini baholashga, mamlakatning zamon talablariga moslashishiga hamda AKT tizimi rivojlanishining jadallashuviga turtki bo‘ladi.
Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etuvchi maktablar 14ta hudud kesimida reprezentativlik tamoyili asosida tanlab olinadi. Ushbu tamoyil asosida tasodifiy tanlab olingan maktablar o‘zining ta'lim berishdagi tajriba va salohiyatini emas, balki mamlakatning vakili sifatida ta'lim sohasida olib borilayotgan davlat siyosati samarasi, ta'lim sifati va jarayonlar ta'sirini ko‘rsatib turuvchi obekt sifatida ishtirok etadilar.
TIMSS tadqiqotida maktablarni bu shaklda tanlab olish orqali ta'lim tizimi samaradorligini hududlar miqyosida solishtirish mumkin bo‘ladi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra bir qancha imkoniyatlarga ega bo‘lish mumkin:

  • 4- va 8-sinf o‘quvchilari tomonidan matematika va tabiiy fanlardan o‘rganilgan bilimlar, tushunchalar, jarayonlar va munosabatlar to‘g‘risida xalqaro miqyosda taqqoslanadigan ma'lumotlarga ega bo‘lish;

  • matematika va tabiiy fanlardan o‘rganilgan bilimlarni 4- va 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘zlashtirish darajasini xalqaro miqyosda taqqoslash;

  • 4-sinfdan 8-sinfgacha o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlardan o‘rganilgan bilim va ko‘nikmalari o‘sishiga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash;

  • 4-sinf o‘quvchilari 8-sinfda qayta baholanganda matematika va tabiiy fanlarni o‘qitish va o‘rganishning o‘zaro bog‘liqligini monitoring qilish;

  • o‘quvchilarning o‘zlashtirishdagi ustunlik va zaif jihatlarini bilib olish;

  • o‘quvchilarning ta'lim sohasidagi yutuqlarini oshirishga xizmat qiluvchi o‘quv reja, dastur, qo‘llanmalar va boshqa ta'lim resurslari bilan bog‘liq ta'lim siyosati asosiy omillari ta'sirini xalqaro darajada baholash;

  • TIMSS tavsiyalari asosida ichki ta'lim siyosati muammolarini hal qilishga qaratilgan strategik qarorlar qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘linadi.

Download 14,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish