11
Har qanday fanlarni o’qitishning maqsadi yosh avlodga to’g’ri tarbiya berish,
ularning dunyoqarashini shakllantirishni bilish nazariyasining
umumiy qonuniyatlari
asosida hosil bo’lib, har qanday shaxs faoliyatida metodologik asos bo’lib xizmat
qiladigan falsafa fanining roli beqiyosdir. Shuning uchun shaxs tarbiyasi jarayoni
bilan shug’ullanadigan tarbiyaviy ishlar metodikasi fani falsafa fani bilan bog’liqdir.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani ta’lim muassasalaridagi tarbiya jarayonini
to’g’ri tashkil etish shug’ullanganligi sababli pedagogika fani bilan uzviy bog’liqdir.
Chunki pedagogika fani bola tarbiyasi va ularni o’qitish jarayoni bilan bog’liq
bo’lgan muassalarni amalga oshiradi.Tarbiyaviy ishlar tizimini amalga oshirish va
uning samaradorlik darajasi shaxsning qanday tarbiya topganligiga bog’liq. Shuning
uchun tarbiya jarayoni tarbiyaviy ishlar bilan bog’liq holda rivojlanganligi tufayli
pedagogikaning qonuniyatlariga tayanadi.
Tarbiyaviy ishlar jarayoni tarbiyalanuvchilarning ma’lum bir faoliyatlarida
amalga oshiriladi. Bunda tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatini bilmasdan turib,
tarbiya jarayonida yuqori samaradorlikka erishib bo’lmaydi. Shaxsning ruhiy holati
va yosh xususiyatlarini o’rganadigan fan psixologiya fani hisoblanadi. Tarbiyaviy
ishlarni tashkil qilish shaxsning psixologik xususiyatlariga bog’liq bo’lganligi
uchun
psixologiya fanining yutuqlariga tayanib ish olib boradi.
Tarbiyaviy ishlar metodikasining fanlar bilan bog’liqligini quydagicha
chizmada ifodalash mumkin:
Фалсафа
Психология
Гигиена
Тарбиявий ишлар
методикаси
Анатомия,
физиология
Этика
Педагогика
12
O’quvchilarni to’g’ri tarbiyalash, ularga ta’lim berish jarayonida ular
organizmining rivojlanish bosqichlariga e’tiborni qaratish tarbiya tizimining
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Chunki o’quvchi organizmining
rivojlanishini bilmasdan unga ta’sir ko’rsatib bo’lmaydi. Anatomiya, fiziologiya
fanlari odam organizmi, uning rivojlanishi, tuzilishini o’rgatuvchi fan hisoblanadi.
Shuning uchun ham tarbiyaviy ishlar fani anatomiya, fiziologiya fanlari bilan
chambarchas bog’liq ish ko’radi.
Har qanday tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda o’quvchilarning gigiyenik
qoidalariga asosan tashkil etishda yaratilgan shart-sharoitlar muhim rol o’ynaydi.
Ko’rinib turibdiki, tarbiyaviy ishlar metodikasi fani gigiyena fani bilan ham
bog’langan.
Tarbiya jarayonida o’quvchilarning ahloqiy sifatlari tarkib toptirish muhim
masalalardan biri hisoblanadi. Ahloq normalarini o’quvchilar ongiga singdirish
zarur. Ahloq normalari va ahloqshunoslik bilan etika fani shug’ullanadi. Shunday
ekan, tarbiyaviy ishlar metodikasi fani etika bilan ham uzviy bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: