Методлар
Ижтимоий онгни шакл-
лантирувчи методлар
Одатлантириш ва фаолиятга
машқлантириш методлари
Рағбатлантириш ва
жазолаш методлари
Мақсад
Баркамол авлодни тарбиялаш
29
tarbiyasi bilan yetarlicha shug’ullanmagan mamlakat turg’unlikka yuz tutadi va
oqibatda inqirozi mahkam bo’ladi. Negaki, har qanday jamiyatning o’sib,
rivojlanishi uchun moddiy va ma’naviy boyliklar yetishtirishni, ajdodlardan
yaxshiroq darajaga ko’tara bilishi kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va
ma’naviy qobiliyatlar shakllantirishi uchun jamiyat uzluksiz ravishda samarali
faoliyat ko’rsatadigan tarbiyaviy institutlar tizimiga ega bo’lishni taqozo etadi.
Tarbiya jarayonining mazmunini bolalarga beriladigan ma’naviy-axloqiy bilimlar
tizimi, ishonch, e’tiqod, intizom, xulqatvorning bir butun holati tashkil etadi. Mustaqil
O‘zbekistonning istiqlol va istiqboli uchun fidoyilik ko‘rsatuvchi avlodni tarbiyalash
mazmuni tamoman o‘zgacha xarakter kasb etmoqda:
—fuqarolik demokratik jamiyatini barpo etish mohiyatini anglab oluvchi;
—vatanini har doim turli oqimlardan himoya etuvchi;
—diniy bag‘rikenglik va mehr-muravvatli bo‘lish;
—davlat siyosatini tushunish, unga fidoyi bo‘lish;
—o‘zligini anglash, ajdodlar merosini qadrlash;
—yuqoridagi komil insonga xos sifatlarni tarbiyalash;
—maqsadning aniqligi, uni to‘g‘ri yo‘naltirish madaniyati;
— tarbiyachi-o‘qituvchi va tarbiyalanuvchining hamkorlik faoliyati;
—o‘zini anglash, mustaqil fikrlovchi, e’tiqodlilik.
Ta’lim muassasasi tarbiyachilarining tarbiyachilik faoliyati va uni amalga oshirish
metodikasini „Uchinchi ming yillikning bolasi“ qo‘llanmasidan foydalanishni tavsiya
etamiz. Tarbiyaviy ishlarning mazmunida bir butun yondashishdan bosh maqsad—
„Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari dasturi“dagi g‘oyalarni
bolalarning ongida o‘ziga xos va mos ravishda singdiradi:
—xalqimizning boy an’ana, udum, urf-odatlari va ajdodlarimiz merosidan
foydalanish.
—O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan adolat, haqiqat va
erkinlikni, ishonch-e’tiqodni tarbiyalash.
—yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi mohiyatini izohlash.
—mehr-muruvvatlilik va bag‘rikenglik.
30
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim jarayonida tarbiyaviy faoliyatini
rejalashtirish o‘ziga xos qoidalarga ega:
a)
sinf jamoasining tarbiyalanganlik darajasini o‘rganish.
b)
o‘quvchilarning oilavny hayoti, ota-onaning farzand tar-
biyalashdagi burchi va vazifasini o‘rganish.
d)
kundalik o‘zgarishlarga o‘quvchilarning munosabati.
e)
o‘quvchilarning sharqona milliy urf-odat, an’analar ha-
qidagi bilim darajasi.
f)
qomusiy ma’rifatparvar, mutafakkirlar hamda hozirgi za-
mon shoir, yozuvchilarning ijodiyotidan namuna bilishlari.
Yuqoridagilarni aniqlashda suhbat, anketa usullaridan foydalanish o‘rinlidir.
Shundagina har bir o‘qituvchi-tarbiyachilarning betakror, bir-biriga o‘xshamagan
tarbiyaviy tadbir rejalari bunyodga keladi. Bunday rejalar tarbiyaviy ta’sirga ega bo‘lib,
ko‘zlangan maqsadga erishtira oladi.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning asosiy omillari:
•
Vatanga muhabbat va insonparvarlik.
•
Milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish.
•
Jismoniy barkamollik (sog‘lom avlod uchun).
•
Ota-onalar bilan ishlash.
•
Ma’naviy tarbiya (odob-axloq).
•
Go‘zallik tarbiyasi.
•
Iqtisodiy tarbiya.
•
Ekologik tarbiya.
Bu ishlarni rejalashtirishda tanlanadigan mavzular quyidagi talablarga javob berishi
kerak:
⇒Tarbiyaviy tadbirlar rejasi va undagi mavzular davr talabiga javob berishi.
⇒Tanlangan mavzular milliy va umuminsoniy qadriyatlar qamrovida bo‘lishi.
⇒Tarbiyaviy tadbirlar uzviylik qoidasiga amal qilingan bo‘lishi.
⇒Mavzular o‘quvchilarning yoshi va bilim saviyasiga mos bo‘lishi.
31
Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish bosqichida o‘qituvchining mas’uliyatli lahzalari
talaygina. Birinchidan, dasturda ko‘zda tutilgan ishlarni tayyorlangan ssenariy asosida
uning borishiga tuzatishlar kiritib, vazifasini amalga oshiradi va kuzatib boradi.
Ikkinchidan, o‘qituvchi butun jamoa va ayrim tarbiyalanuvchilarni kuzatib boradi, chunki
u biladiki, tarbiyaviy ishlar tarbiyalanuvchilarda muayyan fazilatlarni rivojlantiradi, bu
fazilatlarning shakllanganlik darajasini aniqlashga imkon beradi. Uchinchidan, o‘qituvchi
tashkiliy masalalarning aniq hal etilishini kuzatib boradi. Umuman, bu bosqichdagi
boshqaruv faoliyati darsdagi ayni shunday faoliyatdan kam farqlanadi, ammo u
murakkabroq, chunki hisobga olish, nazorat qilish va ko‘plab omillarga tuzatish kiritish
lozim bo‘ladi:
— tarbiyalanuvchilarni o‘zining ishtiroki bilan chegaralab qo‘ymaslik kerak.
— tarbiyalanuvchilarga o‘z fikrlari va hissiyotlarini erkin ifodalashlari uchun xalaqit
bermaslik lozim.
— hodisalarning rivojini diqqat bilan kuzatish va uning nazoratdan chekkaga
chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
—nomaqbul harakatlarni oqilona va o‘z vaqtida tuzatish.
—bo‘lib o‘tayotgan jarayonni sezdirmasdan qayd etib borish lozim.
—natijalarni e’lon qilish.
—jamoaviy muhokama yoki individual pedagogik tahlil hamda yutuq va
kamchiliklarning sabablarini ochish maqsadi qo‘yiladi.
Tarbiyaviy ishlarning tahlili
1)
Rejada tarbiyaviy ishlarni tayyorlash va o‘tkazishning barcha ko‘rinishlari o‘z
aksini topganmi?
2)
Dastur mazmuni ko‘zlangan maqsadga javob beradimi?
3)
Ko‘zlangan maqsad, vazifalar va talablarga tashkil etish darajasi javob
beradimi?
4)
Rejalashtirilgan barcha me’yorlar yetarli darajada manbalar bilan
mustahkamlandimi?
5)
Ishning qaysi bo‘limi yaxshiroq amalga oshdi, nima uchun?
6)
Tarbiyaviy ish vaqt nuqtayi nazaridan o‘zgarmadimi?
32
7)
Kim va nima uchun o‘z muddatida ulgurmadi?
8)
Tarbiyaviy ishlar bir tizimni ifoda etadimi yoki nomigagina bog‘langan
to‘plamdan iborat bo‘ldimi?
9)
Yangilik samarasi sezildimi?
10)
Tarbiyaviy ishning emotsionalligi uning g‘oyasiga javob berdimi?
11)
Ishning sifati, o‘quvchilarning unga munosabati qoniqtiradimi, ularni qaysi
savollar o‘ylashga majbur etdi?
12)
Tarbiyaviy ishda ishtirok etgan jamoaning har qaysi a’zosi qanday bahoga
loyiq?
13)
O‘quvchilarning xulqi qanday edi?
14)
Nima uchun ayrim o‘quvchilarda u yoki bu pedagogik harakatga nisbatan
qarshilik ko‘rsatish alomatlari paydo bo‘ladi?
15)
Nimadan voz kechish kerak?
Tarbiyaviy ishlarda pedagogik texnologiyaning umumiy belgilari:
•
tarbiyaviy ta’sir tarbiyaviy ishlarning kompleksi sifatida o‘ziga o‘yinlar, tarbiyaviy
suhbatlar va individual jihatlarning elementlarini qamrab oladi;
•
har bir ish har bir tarbiyalanuvchining axloqiy, ijtimoiy va boshqa fazilatlari
shakllanganligi darajasini kompyuter orqali tashxislash bilan boshlanadi.
•
tarbiyaviy ta’sir tashxislash natijalarining faol tahlili va ideal shaxs bilan
qiyoslaganda muayyan fazilatlarning shakllanganlik darajasiga yetganligini anglash bilan
yuzaga keladi.
•
tarbiyalanuvchilar kishilar orasida hayot uchun zarur bo‘lgan fazilatlarni
o‘zlashtiradilar, o‘zlarini anglashni o‘rganadilar, o‘z-o‘zini kamolga yetkazish yo‘llarini
tasavvur qiladilar;
•
shaxsiy kamolotga yetish dasturi (tashxislash natijalaridan qat’iy nazar) individual
maslahatlar, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish natijasida mustahkamlanadi.
Tarbiyaviy ishlar tizimi va tarbiya jarayoni har qanday mamlakat hayotida
hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning, umuman, jamiyat a’zolarining
tarbiyasi bilan yetarlicha shug’ullanmagan mamlakat turg’unlikka yuz tutadi va
oqibatda inqirozi mahkam bo’ladi. Negaki, har qanday jamiyatning o’sib,
33
rivojlanishi uchun moddiy va ma’naviy boyliklar yetishtirishni, ajdodlardan
yaxshiroq darajaga ko’tara bilishi kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va
ma’naviy qobiliyatlar shakllantirishi uchun jamiyat uzluksiz ravishda samarali
faoliyat ko’rsatadigan tarbiyaviy institutlar tizimiga ega bo’lishni taqozo etadi.
•
•
Tarbiyaviy ishlar jarayonining ijtimoiy ahamiyati. Respublikamiz
mustaqillikka erishgach ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish uchun bir qancha
yangi asoslar yuzaga keldi. Jumladan “Ta’lim to’g’risidagi” Qonun , “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” ning yaratilishi ta’limni tubdan halos etish, rivojlangan
demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob
beruvchi malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatini beradi.
•
Tarbiya tushunchasi millat tarixi va jamiyat taraqqiyotining turli
davrlarida turlicha mohiyatga ega bo’lib, har xil tarzda izohlanib kelindi.
•
O’zbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiyani izohlashda yangi sog’lom
pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Endilikda
tarbiyaning irsiy-biologik jihatlari va milliyligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Milliy tarbiya xalq nomi va uning tarixi chambarchas bog’liqdir. Buning uchun xalq
pedagogikasi boyliklari, mutufakkirlarning pedagogik qarashlari tizimli sinchkovlik
bilan o’rganilmoqda.
•
Tarbiya jarayonini amalga oshirishda ijtimoiy tarbiya alohida ahamiyat
kasb etadi. Chunki tarbiya jarayoni ijtimoiy xarakterga ega bo’ladi. Ijtimoiy tarbiya
bolada ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan fazilatlarni rivojlantirish jarayonidir.
Ijtimoiy tarbiya tarbiyaviy ishlarning aniq maqsad asosida amalga oshiriladigan oila
tarbiyasi, mahalla tarbiyasi, maktab tarbiyasi, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limida
amalga oshiriladigan tarbiya, oliy ta’lim tarbiyasini qamrab oladigan jarayonlardir.
Ijtimoiy tarbiyaning vazifasi ham jismonan baquvvat, ma’naviy yetuk, mustaqil
fikrlaydigan, ishlash va yashash qobiliyatiga ega bo’lgan, zamonaviy fan-texnika va
texnologiya yutuqlarini o’zlashtiradigan, ma’lum kasb-hunarni egallagan barkamol
avlodni shakllantirishdan iborat. Ijtimoiy tarbiya orqali shaxsning ijtimoiylashuvi
yuzaga keladi. U ijtimoiy munosabatlarga kirishish usullarini o’rganadi. Shaxsga
34
kasb-hunar o’rgatish, kishining ma’naviy va g’oyaviy qiyofasini shakllantirishga
qaratilgan xatti-harakatlar jarayoni ijtimoiy tarbiyadir. Ijtimoiy tarbiya o’quvchilar
ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib
toptirish va rivojlantirish jarayoni hamdir. Ijtimoiy tarbiya jarayonida inson va
jamiyat hayotiga oid axloqiy tushunchalar, qonun-qoidalar bolalar ongiga singdirib
boriladi. Kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda faol ishtirok etishiga
qaratilgan barcha ta’sirlar ijtimoiy tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Shuning
uchun ijtimoiy tarbiya umuminsoniy xarakterga ega bo’ladi va bunda shaxs
xohlagan soha bo’yicha ta’lim-tarbiya ko’rib, istagan kasbni egallashi mumkin.
Dunyo tabiyashunosligi ijtimoiy tarbiyaning mohiyatini asoslab berdi.
•
Tarbiya va tarbiyaviy ishlar har qanday jamiyat va har qanday
mamlakat hayotida hal qiluvchi ahasiyat kab etadi, Yosh avlodning tarbiyasi bilan
yetarlicha shug’ullanmagan g’alq yoki mamlakat inqirozga yuz tutadi. Chunki har
qanday mamlakatning rivojlanishi uchun moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab
chiqarish to’xtovsiz ravishda yuksalib borishi zarur. Yosh avlodda ana shunday
moddiy va ma’naviy qobiliyatlarini shakllantirish uchun uzluksiz ravishda faoliyat
ko’rsatadigan tarbiyaviy ishlar tizimi bo’lishini taqozo etadi.
•
Tarbiyaviy ishlar tizimi jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha
mohiyatga ega bo’lib, har xil izohlandi. Shuning uchun ham turli sinf va ijtimoiy
tabaqalarning tarbiyasi o’zgacha bo’ladi va bir-biriga qarama-qarshi turadi degan
qarash hukmronlik qilgan. Tarbiyaviy ishlar jarayonida tarbiyaning sinfiy xarakterga
ega emasligi isbotlanadi. Chunki chindan ham bunyodkorlik va vayronkorlikning
mohiyati har qanday ijtimoiy sinf vakili uchun ham bir xildadir. Ijtimoiy tarbiya
maxsus muassasalar tamonidan amalga oshiriladigan pedagogik jarayondir.
Xalqning o’zi yaratgan tarbiyachilik sa’natiga va boy merosiga asoslanishi ijobiy
ahamiyatni kasb etadi. Tarbiya jarayonida ijtimoiy tarbiya bilan birgalikda oila
tarbiyasining uzviyligi va ustivorligi muhim hisoblanadi.
•
Ta’lim muassalaridagi tarbiyaviy ishlar jarayonining samaradorlik
darajasi ko’p jihatdan tarbiyaviy ishlar tizimining tashkil etilishiga bog’liq.
35
Tarbiyaviy ishlar tizimi mazmunan boy bo’lishi, umumiy maqsad va o’quvchilar
imkoniyatlariga mos bo’lishi kerak.
•
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani bevosita mamlakat hayoti, xalq
tarbiya tizimi bilan mustahkam bog’langandir.
•
Tarbiya jarayoni va tarbiya ishlarini olib borish murakkab bo’lgan bir
butun jarayondir, binobarin, bola shaxsining har tamonlama rivojlanib borishida
turli xil sharoitlar ta’sir ko’rsatadi. Ta’lim muassalarining vazifasi tarbiyaviy ishlar
tizimini to’g’ri tashkil etib va ba’zi sharoitlarning rolini faollashtirib bola shaxsini
kamol topishini ta’minlashdir.
36
Do'stlaringiz bilan baham: |