Tilshunoslikning tadqiq metodlari 402-guruh talabasi O’rinova Diyora Here starts the lesson! Reja: 2. Chog’ishtirma metod 3. Tarixiy-qiyosiy metod Tayanch tushunchalar: Qiyosiy-tarixiy metod - Bilish
- Bilish usullari
- Qiyosiy metod
- Qiyosiy-chog’ishtirma metod
- Tarixiy-qiyosiy metod
Asoschilari:
- Frans Bopp (1791-1867)
- Rasmusk Rask (1787-1832)
- Yakob Grimm (1785-1863)
- Aleksandr Vostokov (1781-1864)
Ushbu metod XIX asrning boshlarida sanskrit tilida yaratilgan yozma manbalar tilini o’rganish, uni Yevropa tillariga qiyoslash, ular orasida umumiylik-o’xshashlik borligini aniqlash natijasida yuzaga keldi. Qiyosiy-tarixiy metodning turlari: 1) qiyoslash uchun material to’plash; 2) qator qiyoslanadigan birliklarni belgilash va ularni aynan bir narsa deb hisoblash; 3) fonetik o’zgarishlarning nisbiy xronologiyasini belgilash; 4) arxetip rekonstruksiyasini aniqlash (so’z va morfemalarning eng qadimgi shakli va ma’nolarini tiklash). Asosiy tushunchalar: 1. Qiyosiy-tarixiy metod – o’zaro qarindoshlik munosabatidagi tillarning birliklarini, asosan, tovush, qo’shimcha va so’zlarni tarixiy jihatdan qiyoslash natijasida ularning dastlabki shaklini, qiyofasini, ma’nosini tiklaydi, ular orasidagi o’xshashlikni aniqlaydi. 2. Sanskrit – qadimgi hind adabiy tili. 3. Bobo til – qarindosh tillarning kelib chiqishida asos bo’lgan til, ushbu tillarning barchasi uchun umumiy til. 4. Komparativistika – qiyosiy-tarixiy tilshunoslik. Chog’ishtirish metodi: Chog’ishtirish metodi ikki va undan ortiq qarindosh yoki qarindosh bo’lmagan tillarni – til hodisalarini o’zaro qiyoslash usulidir. Ushbu xususiyatga ko’ra mazkur metod faqat qarindosh tillarni taqqoslab, qiyoslab o’rganadigan qiyosiy-tarixiy metoddan farq qiladi. Shuningdek, bir qancha tillarga oid chog’ishtirilayotgan, taqqoslanayotgan lisoniy hodisalarni tasvirlashda, tavsiflashda, tillararo o’xshash hodisalardagi umumiy va farqli jihatlarni aniqlashda, qiyosiy-tarixiy metoddan farqli, ayni tillarning – chog’ishtirilayotgan tillarning tarixiga, taraqqiyotiga e’tibor bermaydi, ularga asoslanmaydi. Chog’ishtirish metodining yo’nalishlari: Chog’ishtirish metodining yo’nalishlari: 1. So’zlarning turli-tuman qo’shimchalar bilan birikishlarini tavsiflash, so’z va qo’shimchalarni farqlash. 2. Sheva va o’zaro yaqin bo’lgan tillar orasida tovush almashinuvlari va mos kelishlarini tavsiflash. 3. Qat’iy belgilangan adabiy til me’yorlarini ishlab chiqish va ularga rioya qilish va o’rgatish metodikasini shakllantirish. 4. Rasmiy diniy til, talaffuz, imlo bilan shevalar va boshqa tillar orasidagi farqlarni ilg’ay olish. 5. Bir tilli va ko’p tilli tarjima lug’atlari tuzish. Asosiy tushunchalar: 1. Chog’ishtirish metodi – ikki va undan ortiq qarindosh yoki qarindosh bo’lmagan tillarni o’zaro qiyoslab, chog’ishtirib o’rganadi. 2. Taqqoslamoq – o’zaro solishtirmoq, taqqos qilmoq. Tarixiy-qiyosiy metod: Tarixiy-qiyosiy metod qiyosiy-tarixiy metod kabi lingvistik metodlar guruhiga tegishli bo’lib, unda tarixiylik prinsipi yetakchilik qiladi. Aynan shuning uchun ham mana shu xususiyatga, ya’ni tarixiylik jihatining birinchi o’rinda turishiga ko’ra qiyosiy-tarixiy metoddan farq qiladi. Tarixiy-qiyosiy metod muayyan tilning tarixiy taraqqiyotini o’rganadi, uning ichki va tashqi qonuniyatlarini ochish maqsadida ishlatadi. Eslatib o’taman, tarixiy-qiyosiy metod bir til va bir necha tillarning qarindosh tillarini o’rgansa, qiyosiy-tarixiy metod esa bir necha tillarning qarindosh tillarini qiyosiy o’rganadi. Foydalanilgan adabiyotlar: Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abduazizov A. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent, 2010. 2. Nurmonov A. Lingvistik tadqiqot metodologiyasi va metodlari. . – Toshkent, 2010. 3. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. – Toshkent, 2010.
Do'stlaringiz bilan baham: |