O’zbek tilshunosligi sohasida komputerdan to’liq va samarali foydalanish hamda bu bilan ba’zi ishlarni avtomatlashtirish orqali mehnat unumdorligiga erishish borasida talay muammolar mavjud. Ular sirasiga matnni avtomatik tahrirlash, avtomatik tarzda tarjima qilish va tilga o’qitish, mukammal ko’rinishdagi elektron lug’atlar tuzish, bilimlarni tafakkurli mexanizm asosida testdan o’tkazish yoki baholashga oid intellektual dasturiy ta’minotlarni o’zbek tilida yaratish kabi masalalar kiradi. Mana shu nuqtayi nazardan, o’zbek tili zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish va intellektual dasturiy ta’minotlarni o’zbek tilshunosligiga keng tatbiq etish borasidagi zamonaviy tadqiqot obyekti sifatida yangi pog’onaga qadam qo’ymoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |