Tilshunoslikka kirish



Download 0,74 Mb.
bet108/123
Sana31.12.2021
Hajmi0,74 Mb.
#218540
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   123
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus

Ajratilgan aniqlovchi o’zidan oldingi qaratqich-aniqlovchini yoki sifatlovchi-aniqlovchini izohlab kelgan bo’lakdir. Oshpazning, Mamatqulovning, qo’li gul ekan (gazet). Ajratilgan izoh sifatlovchi aniqlanmishdan keyin keladi: Kamzul kiydim, tirinka. Qobil bobo, yalang bosh, yalang oyoq, eshik oldida dag’-dag’ titrardi. (A.Q)

Ajratilgan hol o’zidan oldingi holni izohlab keladi. Yozda, qovun pishig’ida, havo kechasi ham dim bo’ladi. (gazet) Asosan payt va o’rin hollari ajratiladi. Uning qo’lidan ushlab ichkariga, devonga, boshladi (A.Q.)

Nutqimizda Nima eksang shuni o’rasan; Bu kitobni qaytarish sharti bilan beraman kabi shart holi ishtirokidagi gaplar; Nigora darsga qatnashmagan bo’lsa ham vazifani bajarib keldi gapidagi kabi to’siqsiz hollar ham qo’llanadi. Bunday gaplarda holdan keyin to’xtalish bo’lsa ham vergul qo’yilmaydi. Dehqon bo’lsang shudgor qil. (Maqol) O’ynab aytsang ham o’ylab ayt. (Maqol) Hurmat qilsang hurmat ko’rasan.(Maqol) Topsam aytaman. Ishlasang tishlaysan (Maqol) Izlasang imkon topasan.


Undalma
So’zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni bildirgan so’z undalma deyiladi. Undalma, odatda ikkinchi shaxsga qaratilgan bo’ladi. Bahor, ketma bizning bog’lardan! (O) Karim Sodiqovich, majlis ertaga bo’ladimi?

Bir so’z bilan ifodalangan undalma yig’iq undalma hisoblanadi. Uyga kir, Homid. So’z birikmasi bilan ifodalangan undalma yoyiq hisoblanadi: O’g’lim Ko’kan, senga aytar bir so’zim bor. (G’.G’)

Undalma uyushib kelishi ham mumkin: Xayr, yashil o’rmonzor, moviy dengizlar!
Kirish so’z
So’zlovchining o’zi bayon qilgan fikriga munosabatini bildirgan so’z kirish so’z deyiladi. Kirish so’z ma’no jihatidan quyidagilarni bildiradi:

1. Ishonch va tasdiqni: albatta, shubhasiz, ma’lumki, haqiqatan (ham), darhaqiqat.

2. Gumonni bildiradi: ehtimol, shekilli, balki.

3. Bayon qilingan fikrning kimga qarashli ekanini bildiradi: menimcha, mening fikrimcha, uning aytishicha, aytishlaricha, sizningcha.

4. Shodlik yoki achinishni bildiradi: baxtimga, baxtga qarshi, attang, afsuski, esiz.

5. Bayon qilingan fikrning tartibini bildiradi: birinchidan, ikkinchidan, avval, oxiri, nihoyat.

6. Bayon qilingan fikrning oldingi fikr bilan bog’liqligini bildiradi: demak, shunday qilib, umuman, aksincha, aks holda, xullas, shuningdek, ayniqsa, asosan, binobarin, xususan.

7. Tasdiq yoki inkorni bildiradi: ha, yo’q, mayli, to’g’ri.



Kirish birikma. So’zlovchining o’zi bayon qilgan fikriga munosabati birikma orqali ifodalansa, kirish birikma hisoblanadi; Tabibning ta’biricha, tuzalmaydigan kasal yo’q.

Kirish gap so’zlovchining o’zi bayon qilgan fikriga qo’shimcha mulohazasini bildirgan gapdir. Yalpiz(cho’l yalpizini aytayotganim yo’q) oshga solinadi. Akam, keksa tabib aytdi, tuzalib ketar ekanlar.

Kirish gap odatda vergul bilan ajratiladi. Agar kirish gap yoyiq bo’lsa, tire qo’yiladi yoki qavsga olinadi.



Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish