1. Ekstralingvistika sotsiolingvistika va mentalingvistikani o‘zida birlashtiradigan, tilni ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganuvchi fandir. Bunda sotsiolingvistika tilning tabiati va ijtimoiy vazifasini, mentalingvistika esa til va tafakkur, tilning mazmun tomonini o‘rganadi.
2. Intralingvistika tilning ichki tizimini, uning birliklari va kategoriyalari, tilning yaruslari hamda ularning tuzilishini o‘rganadi. Fonologiya, leksikologiya va grammatika intralingvistikaning asosiy bo‘limlari hisoblanadi.
3. Komparativistika – qarindosh tillar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganish va ularning qadimgi holatini (bobo tilni) tiklash bilan shug’ullanadi.
4. Kommunikativ lingvistika tilni aloqa vositasi sifatida o‘rganadigan, til va nutq, ularning munosabati, uning jamiyatdagi asosiy vazifasi va o‘rni masalalari bilan shug‘ullanadigan sohadir.
Til kishilik jamiyatidagi asosiy ijtimoiy hodisa sifatida kommunikativ, ekspressiv va akkumulyativ vazifalarni bajaradi.
“Kommunikativ” so`zi “fikr almashuvga oid” degan ma’noni ifodalaydi. Kishilarning o`zaro aloqa-aralashuvda o`z fikr-mulohazalarini, istak-xohishlarini, ichki kechinmalarini ifoda etib, bir-birlariga axborot yetkazishlari, ya’ni tilning jamiyatda aloqa vositasi funksiyasini bajarishi uning kommunikativ vazifasi hisoblanadi.
“Ekspressiv” so`zi “kuchaytirilgan”, “kuchli hissiy obrazlilik xususiyati” degan ma’noni ifodalaydi. Tilning emotsional munosabatlar – suyish, erkalash, nafrat kabi insonga xos bo`lgan qator jihatlarni ifodalash xususiyati ekspressiv vazifa deb yuritiladi.
Bundan tashqari, til kishilik jamiyatida asrlar davomida to`plangan tajriba va bilimlarni kelajak avlodga yetkazish uchun ham xizmat qiladi. Tilning bu xususiyati uning akkumulyativ vazifasidir (“akkumulyativ” lotincha “to`plash”demakdir). Tilga xos bo`lgan akkumulyativ vazifa ba’zi lingvistik adabiyotlarda tilning gnoseologik vazifasi deb ham yuritiladi.
O’tgan yarim asr mobaynida o’z fikrlari bilan kognitiv tilshunoslik sohasiga ulkan hissa qo’shgan amerika tilshunosi Noam Chomskiy til o`rganish jarayonini tadqiq qilgan holda quyidagi fikrlarni bildiradi.
Biz Tomni ingliz tilida so’zlashuvchi deb oladigan bo`lsak, uning tafakkurining tuzilishiga asoslangan holda, Tomning ongida tashlil o`tkazamiz. Yana bir ingliz tilida so`zlovchisi Klerning lingvokognitiv fikrlashi ham Tomnikiga o’xshashdir. Biroq fransuz tili vakili Jak yoki xitoylik Goa tahlil qilgan lingvokognitiv xususiyatlar Tomnikidan tubdan farq qilаdi. Shunda quyidagi savollar tig`iladi:
Tilni bilishdagi kognitiv sistema nimani anglatadi?
Ushbu sistemani qanday egallash mumkin?
Nutqni tuzish va uni tushunishda mazkur sistema qanday qollaniladi?
Ushbu sistema ongda qanday aks etadi?
Avvalo, shuni ta`kidlash kerakki, birinchi savolning javobi mantiqan 2-, 3- va 4-savollarga ham taalluqli, biroq lingvokognitivlik tushunchasiga taalluqli bo‘lgan boshqa qarashlar ushbu fanni o‘rganish jarayonida ongda yuzaga keladigan tilshunoslikda u qadar ahamiyatli emas.
1-savol kognitiv psixologiya tarmog‘iga yo‘naltiriladi, biroq Chomskiy o‘z tadqiqotlarida tilshunoslik fanini o‘rganar ekan, inson tafakkurining kelib chqishi bo‘yicha farazlarni yaratish va joriy qila olish mumkinligini ta`kidlaydi hamda bu qarashning haqiqat ekanligini isbotlaydi. Tilshunoslik fanini o‘rganishda muayyan tilning mahaliy so‘zlashuvchilariga ma`lumot ta’minotchilari sifatida tayanib va aynan shu ma’lumot zahirasiiga asoslangan holda, ushbu mahaliy tillarda kognitivlik bo‘yicha o‘z farazlarimizni tekshirib olamiz.
Ko`pincha tilshunoslar muayyan tilning mahalliy so‘zlashuvchisi sifatida o‘zlarini ma`lumot tashuvchilar deb hisoblaydilar. Tilshunoslar, psixolingvistlardan farqli ravishda, quyida keltirilgan mavzular bo‘yicha laboratoriyalarda o‘tkaziladigan tajribalarni boshqarishmaydi. Aynan shu – tilshunoslar va psixolingvistlar o‘rtasidagi inson ongini o‘rganishdagi asosiy metodologik farq hisoblanadi. Ba’zi tanqidchilar uchun bu holat noilmiy yoki sub’yektivdek tuyulishi mumkin. Biroq shuni ta`kidlash kerakki, tilshunoslar foydalanayotgan, ularning o‘zi yoki boshqa mahalliy so‘zlashuvchi tomonidan taqdim etilgan tilning zahirasi aniq xususiyatlarga egaligi uni qayta tekshirishga o‘rin qoldirmaydi.
Birinchi savolning mantiqiy asosi shundan iboratki, shu savolning javobi to‘liq bo‘lsa-da, keyingi savolni e’tiborga olmay turib xulosaga kelib bo‘lmaydi. Garchi ikkinchi savol ham tilshunoslik nuqtai nazaridan qarashni talab qilsa-da, yosh bolalar nima uchun o‘z qarashlarini o‘zgartirishlarini o‘rganishning sabablari o‘rganilgan emas.
Bunday hollarda tadqiq qilinayotgan ikkinchi savol birinchi savolning javobiga hissa qo‘shadi va huddi shunday imkoniyatlar uchinchi va to‘rtinchi savollarda ham mavjud bo‘ladi. Amaliyotda ko`p tilshunoslar, psixolingvistlar va neyrololingvistlar o’zlarining ishlari nuqtai nazaridan bir-birlariga o’xshash bo’lib, yuqoridagi 4ta savol bo’yicha bildirilgan fikr-mulohazalar o’zaro muntazam fikr almashib turish imkoniyatini taqozo etadi. 1
|
Do'stlaringiz bilan baham: |