40-tasvir
40-tasvirda tasvirlangan konsepsiyada german tillarida so‘zlovchilar uchun deyarli bir xil bo‘lgan, ammo lemma darajasida mavjud bo‘lgan scissors (qaychi) kelib chiqishiga binoan ma’lumot berilgan. Ushbu so‘z ko‘plikda va sanalmaydigan (one/two/three scissors), ammo scissor ning nemis tilidagi ekvivalenti Schere gup o‘z navbatida kelib chiqishi bo‘yicha birlik va sanaladigan ot (Eine schere/ zwei/drei/vier scheren, bitta qaychi, ikkita, uchta/to‘rtta qaychi) hisoblanadi. SHunga o‘xshash misollar bu trousers (shim – ko‘plik ot) va aksincha hose (shim – birlik ot), glasses (ko‘zoynak – ko‘plik ot) va aksincha Brille (ko‘zoynak – ko‘plik ot). Nemis tilidagi schere, hose va Brille ko‘plik ot ekanligi fakt bo‘lib turgan bir paytda ingliz tilidagi scissors, trousers va hose birlikdagi otlar ekanligi lemma darajasidagi semantik farqdir, vaholanki, u natija emas va turli konsepsiyalilikka olib kelmaydi. Lemma va leksikon tuzilishi o‘rtasidagi farqchi? Mazkur tushunchaga qaytar ekanmiz, ushbu ikki tasvir o‘rtasidagi farqlovchi muhim isbot bizning so‘zsiz, ya’ni biz hech qanday ma’no tasviriga ega bo‘lmagan so‘zlarni tushunish qobiliyatimizdan kelib chiqadi.
SHu asnoda, ingliz tilida so‘zlovchilar quyidagi ikki so‘z (195) va (196) o‘rtasidagi aniq farqni anglashadi.
(195) blatt
(196) plaupf
(195) dagi birlik potensial ingliz tilidagi so‘zdir. Ammo (196) dagi birlik tuzilishiga binoan ingliz tili undosh tovushlar klasteridan (pf) bo‘g‘in tuzishga yo‘l bermaganligi sababli ushbu tilga kirmaydi. Boshqacha aytganda, (195) va (196) orasidagi fonologik tuzilishdagi farq shuni ko‘rsatadiki, biz leksik birlik tuzilishi haqida uning ma’nosidan mustaqil ravishda fikr yuritishimz mumkin. Bu o‘z navbatida shuni ko‘rsatadiki, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilish – ma’no xaritasi bilan birliklar jamlanishi sifatida tushunilmaydi. Tuzilish leksikoni ma’noga nisbatan hech qanday birlashtirishsiz, faollashtirishsiz, mustaqil ravishda baholanishi mumkindek tuyuladi.
Ushbu fikr so‘z bo‘lmagan birliklarni aniqlashni o‘z ichiga oluvchi reaksiya – vaqt tajribasida isbotlandi. 41-rasmda ko‘rsatilganidek, turli holatlar testdan o‘tkazilgan.
Tajribadan kelib chiqib aytish mumkinki, o‘qib bo‘lmaydigan va talaffuz qilib bo‘lmaydigan harflar ketma-ketligi borasida xulosa chiqarishga sarflangan vaqt boshqalariga qaraganda ancha tezroq edi. Ular hattoki ingliz tilida mavjud so‘zlar talaffuzidan ham tezroq edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |