3. Tillar differensiatsiyasi va integratsiyasi. Bilingvizm.
Tilning аstа-sеkin rivоjlаnishi vа tаkоmillаshuvi mа’lum qоnuniyatlаr аsоsidа yuz bеrаdi. Til qоnuniyatlаri tаbiаt qоnuniyatlаridаn tubdаn fаrqlаnаdi. Ko`p qirrаli ijtimоiy hоdisа bo`lgаn tildаgi bаrchа elеmеntlаr bir-biri bilаn uzviy rаvishdа bоg`lаnаdi. Shu sаbаbli tildаgi qоnuniyatlаr hаm o`zаrо uzviy bоg`liqdir. Til qоnuniyatlаri tilning ichki jihаtini bеlgilаydi vа хаrаktеr-хususiyatigа ko`rа umumiy hаmdа хususiy qоnuniyatlаrgа bo`linаdi.
Bаrchа tillаrgа хоs bo`lgаn univеrsаl hоldаgi tаrtib vа qоidаlаrni bеlgilаb bеruvchi qоnuniyatlаr umumiy qоnuniyatlаr hisоblаnаdi. Mаsаlаn, turkiy tillаrdаgi singаrmоnizm (unlilаrning uyg`unlаshuvi yoki unlilаr gаrmоniyasi) qоnuniyati. Аyrim tillаrgаginа хоs bo`lgаn hоdisаlаrni izоhlоvchi qоnuniyatlаr хususiy qоnuniyatlаrdir.
T il qоnuniyatlаrining yuzаgа kеlishigа tildаgi ichki fаktоrlаr hаm, tаshqi fаktоrlаr hаm tа’sir ko`rsаtаdi. Chunоnchi, оlimlаrning fikrichа, o`zbеk shеvаlаridа singаrmоnizm hоdisаsining yo`qоlishigа erоn tillаri sаbаb bo`lgаn yoki rus tilining bаrаkаli tа’siri nаtijаsidа hоzirgi o`zbеk tilidаn [f], [j] fоnеmаlаri mustаhkаm o`rin оldi vа urg`u hаm ko`chmа tаbiаtgа egа bo`ldi.
Til taraqqiyotidagi tashqi omillar- jamiyat va til, nutqiy situatsiya, tilning boshqa tillar bilan o‘zaro aloqasi va ta’siri, tir taraqqiyotida differensiya va integratsiya hodisalari, tilning ekstralingvistik faktorlarini o‘z ichiga oladi. Paralingvistika, psixolingvistika, areal lingvistika, sotsiolingvistika, ekstralingvistika singari sohalar mana shu tashqi omillarni tadqiq qiladi.
Lisoniy rivojlanishning tashqi omillari tilning hududiy (areal), davriy, ijtimoiy va tarixiy sharoitlariga ko‘ra yuz beradi. Bunda nutq jarayoni aloqa va kontakt masalalari va vaziyatlari (situatsiya) hisobga olinadi. Tillarning o‘zaro ta’siri va bilingvizm hodisasi, nutqiy iqtisod va tushunarlilik qonuniyatlari o‘rganiladi. Tashqi omillarning asosini- tilning ijtimoiy ahamiyati va funksiyalari, tillarning tarixiy taraqqiyotini tashkil qiladi.
Til hamisha jamiyat bilan aloqadorlikda ekan, so‘zlovchilarning ekstralingvistik omillar ta’sirida bo‘lishlari ham shu munosabatdan kelib chiqadi.
Inson – jamiyatda tug‘ilib voyaga yetadi, kamol topadi. Demak, insoniy til ham jamiyat bilan birgalikda rivojlanishdadir. Til ijtimoiy hodisa sifatida tabiiy hodisalardan ajralib turadi. Masalan, kishilarning tabiiy biologik xususiyatlari (ovqat eyishi, nafas olishi va h.) tabiat qonunlariga muvofiq, jamiyatga bog‘liq bo‘lmagan holda rivojlanib boradi. Ammo tilda so‘zlashish va fikrlashish uchun kishilik jamiyati (sotsial muhit) bo‘lishi shart. Til nasldan- naslga, avloddan-avlodga o‘tadigan irsiy hodisa emas, aksincha, til jamiyat taraqqiyotining mahsulidir. Agarda yosh go‘dak kimsasiz orolga yoki hayvonlar orasiga tashlab qo‘yilsa, u insoniy tildan bexabar bo‘lib o‘sadi (olimlar bunday tajriba o‘tkazishgan yoki eslang: Maugli) yoki agar xitoy bolasi o‘zbeklar orasida ulg‘aya, tarbiyalansa, u faqat o‘zbekcha so‘zlab, ajdodi tilini bilmasligi mumkin. Lekin xitoy bolasining biologik belgilari (yuz ko‘rinishi) irsiy holda o‘zgarmaydi.
Til taraqqiyoti tilning yashash tarzi, mavjud bo‘lishlik shartidir. Tilda hech bir narsa yo hodisa birdaniga, o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi, lisoniy hodisa va jarayonlar til rivojlanishining ma’lum bir qonuniyatlari asosida asta-sekin, evolyutsion ravishda yuz beradi. Til taraqqiyoti uning tashqi va ichki omillariga bog‘liq. Bu omillar til taraqqiyoti sistemasini , zanjirini hosil qiladi. Sistemadan har bir komponent , zanjirdagi har bir xalqa esa boshqalari bilan chambarchas, zich bog‘langan bo‘ladi. Tilning rivojlanishida ham har bir lisoniy omil (ichki omillar, tashqi ekstralingvistik omillar, sotsial omillar) muhim ahamiyatga ega. Mana shu obyektiv qonuniyat, munosabat tufayli tillarning rivojlanishi, o‘zgarishi, taraqqiyoti sodir bo‘laveradi.
Differensiya va integratsiya jarayonlari til taraqqiyotining o‘ziga xos ijtimoiy qonuniyatlari hisoblanadi. Differensiya – tillarning bo‘linishi, farqlanishi bo‘lib, til doirasidagi sheva va lahjalarning yoyilishi, tarqalishidir. Differensiya natijasida tillar qardosh tillarga yoki dialektlarga bo‘linib ketadi. Integratsiya esa, aksincha, sheva va dialektlarning qisqarib, adabiy tilga yaqinlashuvi,uyg‘unlushvi hodisasidir. Demak, bular bir-biriga zid tushunchalar bo‘lib, differensiya tillar va dialektlar sonini ko‘paytirsa, integratsiya ularni qisqartiradi. Har ikkala holat ham tilning tarixiy va davriy omillariga tegishli bo‘lib, lisoniy traqqiyotning o‘ziga xos ijtimoiy tarixini ifodalaydi.
Bu hodisalar ilm-fanda ijtimoiy mehnat nazariyasi asosida rivojlantirilgan. Chunonchi, kishilarning dastlabki ibtidoiy to‘dalari bora-bora urug‘ga, so‘ngra qabilaga aylangan. Bu qabilaning o‘z tili (dialekti) bo‘lgan. Qabila ma’lum bir ijtimoiy-siyosiy, hududiy sabablarga ko‘ra bo‘linib ketgach, qarindosh - urug‘lar paydo bo‘ladi. Endi bu qarindosh - urug‘lar bir til doirasida, lekin turli sheva va dialektlarda so‘zlashuvchi xalqqa aylanadi. “Yangi dialekt va tillarning paydo bo‘lishida ikki faktor hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi: vaqt va masofa. Vaqt o‘tgan sayin masofaning kengaya borishi yangi dialekt va tillar paydo bo‘lishiga olib keladi”29
Do'stlaringiz bilan baham: |