Ekstralingvistika. Tilshunoslikning etnik, ijtimoiy-tarixiy, geografik va boshqa omillarni tilning taraqqiyoti hamda vazifasi bilan bog’liq hodisalar sifatida o’rganuvchi tarmog’i.
Etnolingvistika. Makrolingvistikaning til bilan xalq o’rtasidagi munosabatlarni, til faoliyati va taraqqiyotida lingvistik hamda etnik omillarning o’zaro ta’sirini o’rganuvchi tarmog’i.
Evfemizm (grek. euphemismos < eu – yaxshi + phemi – gapiraman). Narsa, voqeya-hodisalarni yumshoq ifodasi; qo’pol, beodab so’zlar va tabu o’rnida qo’llanuvchi so’z hamda iboralar. Masalan, o’ldi so’z o’rnida vafot etdi, ko’z yumdi, joni uzildi kabi so’z va iboralarni qo’llash.
Fleksiya (lot. flexio – egish, burish; o’zgarish). Bir necha grammatik ma’noni bir yo’la ifodalaydigan shakl yasovchi morfema.
Flektiv til. Grammatik ma’nolar fleksiya yo’li bilan ifodalanadigan til. Flektiv tillarga hind-evropa va hom-som oilalariga mansub tillar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |