SHeva va lahjalar. Tilning malum hududdagi o
ғ
zaki qo‘llanishidagi xususi-yatlarini o‘zida
aks ettirgan shakli sheva yoki dialekt (grekcha dialektas - til, nutq, sheva) deb ataladi. Katta sheva
va dialektlarni lahja deb yuritiladi. Til va sheva o‘rtasidagi tafovut shartli bo‘lib, go‘yo milliy til va
adabiy til o‘rtasidagi farqqa o‘xshashdir. Bu farqlanish turli hududlardagi bir tilning turli
ko‘rinishidek tuyuladi.
Til va dialektlarning tafovuti unda so‘zlashuvchilarning madaniyati, psixologiyasi, urf-odati
va milliy xususiyatlarining o‘zgachaligi bilan izohlanadi. Bir-biriga hududiy yaqin bo‘lgan shevalar
o‘sha tilga o‘xshash alomatlari bilan ajralib turadi. Bir-biridan juda uzoq hududda tarqalgan
shevalar esa boshqa tilga o‘xshash alomatlarga ega bo‘ladi. Masalan, oltoy tilining janubiy shevalari
qir
ғ
iz tiliga juda o‘xshash bo‘lsa, shimoliy shevalari shor tiliga yaqinroqdir [SHaykevich A.YA.,
Abduazizov A.A., Gurdjieva E.A. Vvedenie v yazikoznanie. T., 1989, s.192.]. Bir tilning turli
shevalari avalo talaffuz xususiyatlari bilan farqlanadi. Masalan, Toshkent shevasida "keldi" deb
talafruz qilinsa, xorazm shevalarida "galdi", o‘zbek tilining qarluq shevala-rida "yomon", o‘zbek
tilining qarluq shevalarida "jomon" deb talaffuz qilinadi. SHevalar o‘z lu
ғ
ati, ya`ni so‘zlari bilan
farq-lanadi. Masalan, Buxoro shevasida "taxlamoq" feqli biror ishni bajarmoq ma`nosida
qo‘llanadi. Bu so‘z boshqa o‘zbek shevalarida "biror narsani ustma-ust tartibda qo‘ymoq"
ma`nosini beradi. Tilning shevalari o‘z grammatik alomatlari bilan ham farqlanadilar. Ko‘pgina
o‘zbek shevalarida qaratqich kelishigi qo‘shimchasining tushum kelishigi qo‘shimchasi -ni bilan
aytiladi.
Tilning sheva va lahjalarni o‘rganuvchi tilshunoslikning alohida bo‘limi dialektologiya
(lotincha dialekt - nutq va fan) deb ataladi. Tilning turli hududlardagi tarqalgan sheva va lahjalari
51
shu xalqning tarixi, urf-odati, madaniyat va san`ati bilan bo
ғ
liqdir. Odatda dialektologiya regional,
ya`ni hududiy, biror region yoki mahalliy joy bilan bo
ғ
liqdir.
Dialektologiya lingvistik geografiya bilan bo
ғ
lanadi. Turli shevalardagi xususiyatlar
jamlanib lingvistik atlaslar tuziladi. SHeva va lah-jalarning hududiy joylanishiga doir xaritalar
tuziladi.
Endilikda turli tillardagi ayrim xususiyatlarning tarqalishiga doir xarita va atlaslar
tuzilmoqda. Bunday lingvistik xarita va atlaslarni tuzish maqsadida aniq dastur va anketalar, yaqni
qanday masalalar, so‘z va gaplar kiri-tib, ularni tahlil qilishda uchraydigan fonetik, grammatik va
leksik xususiyatlarga ahamiyat beriladi. Bunday vazifalarni bajarish uchun maxsus dialektologik
ekspeditsiya uyushtiriladi.
Til va uning shevalaridagi tarqalgan turli xususiyatlaring dialektologik xaritada ko‘rsatilish
chegarasi izoglosslar (lotincha izo- o‘zaro, gloss-til) deb yuritiladi. Bunday izoglosslami aniqlash
shevalar tarixini o‘rganishda
yordam beradi.
Lingvistik geografiya metodlarini qo‘llash natijasida turli tiilar va shevalardagi
izoglosslarning tarqalishi aniqlanadi. Jamiyatning turli sinflariga mansub bo‘lgan til xususiyatlarini
ijtimoiy dialektlarga xos deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |