Tilshunoslik nazariyasi



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/71
Sana16.01.2022
Hajmi0,49 Mb.
#378610
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71
Bog'liq
tilshunoslik nazariyasi (1)

KOMBINATOR O‘ZGARISHLARI 

 

Reja: 


1.Tovushlarning nutqdagi pozitsion o‘zgarishlari. Reduktsiya. 

2.Nutqda tovushlarning kombinator o‘zgarishlari. Akkomodatsiya. Assimilatsiya

3.  O‘zgarishlarning  boshqa  turlari.  Dissimilatsiya.  Metateza.  Inversiya.  Diereza.  epenteza. 

Proteza. Substitutsiya. Tovushlarning almashuvi. 



 

1.  Tovushlarning  nutqdagi  pozitsion  o‘zgarishlari.Reduktsiya.  Nutqdagi  turli  faktorlar 

natijasida tovushlar bir-biriga ta`sir qiladi. Bunday faktorlardan bin tovushning o‘rni, uning boshqa 

tovushga  qo‘shni  holatda  bo‘lishi,  tovushlarning  birikuvi  va  ur

ғ

uning  tabiatiga  bo



ғ

liq. 


Tovushlarning pozitsion va kombinator o‘zgarishlari farqlanadi.  

Ma`lum holatda ro‘y beruvchi tovushlarning o‘zgarishi pozitsion o‘zgarishshlar deb ataladi. 

Pozitsion  o‘zgarishlar  uch  turga  ega:  1)  ur

ғ

uga  nisbatan  ur



ғ

uli  va  ur

ғ

usiz  unlilar  farqlanadi;  2) 



bo‘

ғ

in  va  uning  tabiatiga  ko‘ra  ochiq  va  yopiq  hamda  berkitilgan  va  berkitilmagan  bo‘



ғ

inlar 


farqlanadi;  3)  so‘zdagi  o‘rniga  ko‘ra  so‘z  boshi,  o‘rtasi  va  oxiridagi  tovushlar  va  ular-ning 

birikmalari farqlanadi. 

Unli  tovushlarning  ur

ғ

usiz  bo‘



ғ

inlarda  kuchsizlanishi  yoki  o‘zgarishi  reduktsiya  deyiladi. 

Odatda  sifat  va  miqdor  reduktsiyasi  farqlanadi.  Ur

ғ

usiz  yopiq  bo‘



ғ

inlarda  unlilar  cho‘ziqligining 

qisqarishi  va  kuchli  artikulatsiya  qilinishining  yo‘qolishi  miqdor  reduktsiya  deb  ataladi.  Masalan, 

sanash  so‘zining  boshidagi  ur

ғ

usiz  /a/,  oxiridagi  /a/  ga  qaraganda  ancha  kuchsiz  va  qisqa  talaffuz 



etiladi. Rus tilidagi gorod, goroda so‘zlarida ur

ғ

usiz unlilar kuchsiz va qisqaroq talaffuz etiladi. 



 Tovushlarning ur

ғ

uga nisbatan o‘rniga ko‘ra ikki xil pozitsiya farqlanadi: ur



ғ

uli bo‘


ғ

indagi 


holati  -  kuchli  pozitsiya  deb,  ur

ғ

usiz  bo‘



ғ

indagi  holati  -  kuchsiz  pozitsiya  deb  ataladi.  Kuchli 

pozitsiyada  unlilar  o‘z  artikulyatsion-akustik  xususiyat-larini  saqlab  qoladi.  Kuchsiz  pozitsiyada 

unlilar miqdor va sifat belgilarini yo‘qotadi, ya`ni reduktsiyaga uchraydi. 

YUqorida  ko‘rsatilgan  miqdor  reduktsiyasidan  tashqari  sifat  reduktsiyasi  ham  bor.  Sifat 

reduktsiyasida  bir  yo‘la  tovushning  artikulatsiyasi  kuchsizlashadi  va  tovushning  sifati  o‘zgaradi. 

Masalan,  rus  tilidagi  voda,  vodi,  vodyanoy,  vodavoz  so‘zlaridagi  ur

ғ

usiz  unlilar  (o,  a)  tovushlari 



doirasida  o‘zgaradi.  O‘zbek  tili-da  bunday  xususiyat  etarli  darajada  ko‘zga  tashlanmaydi. 

Reduktsiyaga uchragan tovushlar ur

ғ

uli tovushlarga qaraganda aniq bo‘lmagan kuchsiz va qisqaroq 



talaffuzga ega. 

Reduktsiya`ning  darajasi  faqat  tovushning  holatiga  emas,  balki  talaffuz  stiliga  ham  bo

ғ

liq. 


Odatda to‘liq talaffuz stilida reduktsiya minimal darajada bo‘lib, o

ғ

zaki nutq stilida esa, u maksimal 



darajada ro‘y beradi. Undan tashqari reduktsiyaning darajasi unlilarning tilning ko‘tarilishiga ko‘ra 

belgilariga (yuqori, o‘rta, quyi) ham bo

ғ

liq. 


Undosh  tovushlar  ham  pozitsion  o‘zgarishlarga  uchrashi  mumkin.  O‘zbek  tilida  so‘z 

oxiridagi  jarangli  undoshlar  jarang-sizlashishi  bunga  misol  bo‘la  oladi  (kitob  /kitop/,  qand  /qant 

kabi).  Ba`zan  ko‘p  bo‘

ғ

inli  so‘zlarda  so‘z  oxiridagi  jarangsiz  undoshlar  jarangli  bo‘lib  talaffuz 



etiladi (bilak-bilagi, kurak-kuragi, tilak-tilagi kabi). 

Turli  holatlarda  tovushlarning  talaffuzi  har  xil  o‘zgarishlarga  uchraydi.  N.S.  Trubetskoy 

ko‘rsatishicha "...amaliy jihatdan aynan bir tovushni bir pozitsiyada ham bir necha marta aniq va bir 

turda talaffuz etish mumkin emas" [Trubetskoy N.S. Osnovi fonologii. M., 1960, s. 48-49.] Nutqda 

tovushlarning  turli  pozitsion  o‘zgarishlarini  qancha  chuqur  o‘rganilsa,  shunchalik  ko‘p 

tovushlarning turlari aniqlanishi mumkin. 

 

 



 

 

15




Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish