qo‘llanish o‘rinlari va holati tushuniladi. Tildagi biror unli tovushning distributsiyasi uning so‘zning boshi,
61
1. Ikki elementdan biri uchragan o‘rinda ikkinchisi uchramasa, ular bir-birlariga nisbatan
to‘ldiruvchi distributsiyada bo‘ladi. Masalan, |p,t,k| undosh tovushlari unlilardan oldin, ikki unli o‘rtasida
so‘z oxirida kelganda, aspiratsiyali, boshqa o‘riniarda, undoshlar biian yonma-yon kelsa, aspira-tsiyasiz
tovushlar hisoblanadi. Demak, aspiratsiyali |ph,th,kh| tovushlar uchragan o‘rinda aspiratsiyasiz |p,t,k|
tovushlari uchramaydi. SHu sababli bu tovushlar |p,t,k| fonemalarining ikki turli allofonlari hisoblanadi.
2.
Kontrast distributsiya go‘yo zidlovni eslatadi. Bir o‘rinda qo‘llanib, ma`noni farqlashga
xizmat qiluvchi elementlar kontrast distributsiya deyiladi: tok-pok-nok so‘zlari boshidagi undoshlar kontrast
distributsiya bo‘lib, shu so‘zlarni farqlaydi. Bunday so‘zlar minimal juftlikdagi so‘zlar deyiladi. So‘z
boshidagi |p,t,k| tovushlari fonemalarning allofonlaridir.
3.
Erkin variatsiya. Bir xil o‘rinda uchrasa ham ma`noni farqlay olmaydigan elementlar erkin
variatsiyada bo‘ladi. Masalan, o‘zbek tilida |e| unlisi so‘z boshida ochiq (eshik, echki kabi) va boshqa
hoiatlarda yarim ochiq talaffuz etilishi uning turli variatsiyalarini ko‘rsatadi. Bu distributsiya ba`zan
ekvivalent (muqobil) distributsiya deb ataladi.
4.
Qisman ekvivalent distributsiya ikki turli element bir o‘rinda ba`zan ishlatilishi, lekin
ma`noni farqlay olmasligi bilan izohlanadi. Masalan, "taroq" so‘zi |taroq| va |taro
ғ
|, "chol
ғ
u" so‘zi |chol
ғ
u| va
|chal
ғ
u| kabi talaffuz etilishi shu so‘zlarning ma`nolarini farqlamaydi. Aslida esa, talaffuzda almashilgan
tovushlarning har biri turli fonemalarning allofonlaridir.
Transformatsiya metodi tildagi elementlar va birliklarning turli gaplarda boshqacha yo‘l bilan qayta
tuzishda qo‘llaniladi. Tranformatsiyaning sintaksisdagi elementlarni o‘zgartirishda qo‘llanuvchi oddiy
turlari: o‘rin almashtirish, qo‘shish, qisqartirish va tushirib qoldirishdir. Bu metodni AQSH olimi Z.Xarris
taklif etgan va keyincha uni shogirdi N.CHomskiy alohida ilmiy tadqiq etgan. Bu metod matematika va
mantiqdagi ba`zi tushuncha va tamoyillardan foydalanadi [Zasorina L.N. Vvedenie v strukturnuyu
lingvistiku. M.: 1974, s. 252].
Agar bir turdagi elementlarga ega bo‘lgan ikki va undan ortiq konstraktsiyalar bir xil o‘rinda
uchrasalar, ularni transfor-malar deyiladi. Masalan, quruvchilar Toshkentda juda ko‘p chiroyli binolar
qurdilar - gapida transformalar quyidagicha bo‘lishi murakin: Toshkentdagi juda ko‘p chiroyli binolar
quruvchilar tomonidan qurildi (passiv konstruktsiya). Juda ko‘p Toshkentdagi chiroyli binolarni quruvchilar
qurdilar. Juda ko‘p chiroyli binolarni Toshkentda quruvchilar qurdilar va h.k.
YUqoridagi transformalar gapning biror ma`nosini o‘zgar-tirishga ham xizmat qiladilar. Agar shu
gap asosida dialog tuzsak, undagi elementlar o‘z o‘rnini o‘zgartiradi, tushib qoladi va to‘ldiradi. -Binolarni
kim qurgan? -Toshkentdami? -Ha, ularni quruvchilar qurgan. -Ha, o‘sha chiroyli binolarni...
Tranformatsiya metodi faqat sintaksisda emas, balki stilistik transformatsiya shaklida ham
qo‘llanmoqda. Unda sintaktik stilistika uchun eng zarariy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
Komponent tahlili metodi ko‘proq semantikada so‘zlarning ma`nolarini chuqurroq o‘rganishda
qo‘llanadi. Bunda so‘zlarning ma`nolari ularning farqlanuvchi semantik belgilari - semalar yordamida tahlil
qilinadi. Masalan, chelak va butilka so‘zlarining senia tarkibini tahlil qilsak, chelak - aylana shaklda, qo‘l
ushlagichi bor, oyo
ғ
i yo‘q, qopqo
ғ
i bor yoki yo‘q, bo‘yni yo‘q idish bo‘lsa, butilka - oynadan qilingan,
suyuqlik solinuvchi, chuqur, qo‘l ushlagichi va oyo
ғ
i yo‘q idish hisoblanadi. Komponent tahlil asosida
tildagi so‘z turkumlarining va hatto gap tarkibida ishtirok etgan bo‘laklarning semantik belgilari aniqlanishi
mumkin.
Maydon metodi. Bu metodni leksik-semantik maydon yoki grammatik-leksik maydon [Guliga E.V., SHendel’s
E.N. Grammatiko-leksicheskie polya v nemetskom yazike. M., 1968, - s. 5-17] va ba`zan maydon nazariyasi [Our G.S.
Teorii polya v lingvistike. M., 1974], deb yuritishadi. Albatta, uning qo‘llanishiga ko‘ra nomini atash mumkin.
Jumladan, so‘zning barcha ma`nolarini aniqlashda semantik maydon metodi qo‘llanadi. Grammatikada turli so‘z
turkumlarining ma`nolari o‘rganilsa, ularni grammatik-leksik maydon metodi yordamida o‘rganiladi. Bunda eng ko‘p
qo‘llanuvchi leksik-grammatik birlikning ma`nosi uning, yadrosi, kam qo‘llanuvchilari pereferiyasi deb nomlanadi.
Tilshunoslikda hali noma`lum bo‘lgan tillarni ilmiy o‘rganishda qo‘llanuvchi "maydon tilshunosligiq"ni
maydon metodi bilan aralashtirmaslik kerak. Maydon tilshunosligi o‘rganilayotgan til ona tili bo‘lgan shaxsni (uni
odatda "informant" deyiladi) turli anketa va testlar yordamida savollarga javob olish yo‘li bilan material to‘playdi,
fonetik transkriptsiya qo‘llaydi, tildagi asosiy fonologik, morfologik, sintaktik va leksik xususiyatlarni to‘plab tahlil
qiladi, ba`zi taxminiy fikrlarini keltiradi va zarur bo‘lsa tarjimadan foydalanadi.
Maydon tilshunosligida qo‘llanuvchi tamoyil va vositalar tillarni qadimiy o‘rganish yo‘llarini eslatadi. Bu
usullar qalam va qo
ғ
oz yordamida tilni biluvchi shaxslarning talaffuziga quloq solib, ulardagi xususiyatlarni aniqlashni
yodga soladi. Tilni o‘rganishda, umuman, kuzatish, tavsif qilish, qiyoslash, tajriba (eksperiment) o‘tkazish,
distributsiya, tranformatsiya, ma`no maydonini aniqlash, xarita tuzish (til yoki shevaning tarqalgani haqida - uni
lingvogeografiya deyiladi), turli til birliklari, elementlari va vositalarini statistik tekshirish yordamida qancha va qaerda
uchrashi metod va tamoyillari qo‘llanadi. [Kibrik A.E. Metodika polev
ғ
x issledovaniy (k postanovke problem
ғ
). Izd.
MGU, 1972, s. 179].
Do'stlaringiz bilan baham: