78. Biror tilning talaffuzini o‘rgatish maqsadida tuzilgan fonetika sohasi?- Amaliy fonetika.
79. Biror tilning talaffuz alomatlarini nazariy jihatdan tasnif etish fonetikaning qaysi sohasiga taalluqli?- Nazariy fonetikaga talluqli.
80. Nutq tovushlari, bog‘in, urgu va intonatsiyadagi artikullyatsion-akustik xususiyatlarni organuvchi fonetika bolimi?- Eksperimental fonetika.
81. Bogin, soz va frazalarni organuvchi fonetika sohasi?- Supersegmental fonetika deyiladi yoki prosodika deyiladi.
82. Nutq tovushlarinining hosil bolishi va ularning xususiyatlarini organuvchi fonetika sohasi?- Segmental fonetika.
83. Tildagi fonetik xususiyatlarning rivojlanishini organuvchi soha?- Umumiy fonetika.
84. Hozirgi davr tilshunosligida jahon tillarining oxshash va farqli alomatlarini organuvchi fonetika?- Tasviriy fonetika.
85. Odamning talaffuz apparati necha boshliqdan iborat?- 5 ta:
1. Nafas apparati – o’pka, bronxlar, traxeya, ko’krak qafasi kabilardan iborat.
2.Bo’g’iz bo’shlig’i – traxeyaning yuqori (kengaygan) qismi. Unda un paychalari, uzuksimon, qalqonsimon, cho’michsimon, ponasimon, shoxsimon tog’aylar mavjud.
3.Xalqum – bo’g’izdan yuqoriroqda joylashgan bo’shliq. U 3 qismdan iborat pastki qism – xiqqildoq o’rta qism – xalqumning og’zi (bu qism og’iz bo’shlig’ini tomonga ochilgan bo’ladi) yuqori qism – burun bo’shlig’i va eshituv paylariga birikkan bo’ladi.
4.Og’iz bo’shlig’i – til, kichik til, tishlar, lablar, lunjlar, qattiq va yumshoq tanglay til osti muskullaridan iborat apparat.
5.Burun bo’shlig’i – qo’shimcha ton manbai. U yumaloq tanglay oxiridagi kichik tishning quyi tomon harakat qilishi natijasida rezonatorga aylanadi: havo oqimning bir qismi burun bo’shlig’idan o’tib qo’shimcha tonlarni yuzaga keltiradi.
86. Tovush hosil qilishda aktiv qatnashadigan nutq organlari qaysilar? 1) til; 2) kichik til; 3) tanglay; 4) tishlar; 5) lab- J: 1) til,3) tanglay, 5) lab
87. Fonetik vositalar berilgan qatorni toping:- So`z ma’nolarini ajratish, chegaralash uchun xizmat qiladigan vositalar fonetik vositalar sanaladi. Bunday vositalar qatoriga nutq tovushlari, urg`u, ohang (intonatsiya) kiradi. So`z ma’nolarini farqlashga xizmat qiladigan fonemalar xususida yuqorida fikr yuritildi. Lug`at tarkibidagi barcha so`zlar, grammatik shakllar ana shu fonemalarining ma’lum tartibda ketma-ket joylashishi orqali shakllanadi. Ayrim hollarda o`xshash bo`lgan (omonim) so`zlarning ma’no va grammatik shakllarini farqlashda urg`u (leksik urg`u) fonetik vosita bo`lishi mumkin. Masalan: olma (predmet, mevaning bir turi), olma (harakat, olmoq fe’lining bo`lishsiz shakli, -ma qo`shimchasini ajratish mumkin); akademik (predmet, ot), akademik (belgi, sifat); gullar (ot, “ko`p gul” ma’nosida), gullar ( fe’l, “gullamoq”).
Gapning maqsadga ko`ra turini ajratishda esa intonatsiya (ohang) fonetik vosita bo`lishi mumkin. Masalan: Dars boshlandi. (darak gap) Dars boshlandi? (so`roq gap)
88. Tilshunoslikda belgi - ishoralarni organuvchi fan?- Semiotika yoki Semiologiya.
89. Tilshunoslikning oz yozuviga ega bolmagan tillarni organuvchi bolimi qaysi?-Satsiolingvistika. O'z yozuviga ega bo'lmagan tillar mahalliy tillar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |