g) kabardin-cherkes tili. Bu til Kabarda-Balkar va Cherkas Respublikalarida yashovchi xalqlarning davlat tili bo‘lib, bu tilda 250 mingdan ortiq kishi so‘zlashadi.
2. Veynax guruhiga quyidagi tillar kiradi:
a) chechen tili. Bu til Chechen respublikasida yashovchi xalqlarning davlat tili bo‘lib, unda 500 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
b) ingush tili (bu tilda 100 mingdan ko‘proq kishi so‘zlashadi, ular Ingush respublikasida yashaydi);
g) basbi tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar Chechen va Ingush Respublikalarida yashaydi.
3. Dog‘iston guruhiga Dog‘iston respublikasida yashovchi xalqlarning tillari kiradi:
a) avar tili. Bu tilda 300 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
b) dargin tili. Bu tilda 160 ming kishi so‘zlashadi;
v) lazgin tili. Bu tilda 230 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
d) lak tili. Bu tilda 70 ming kishi so‘zlashadi;
e) tabassaran tili. Bu tilda 34 ming kishi so‘zlashadi.
Bulardan tashqari, nufuzi kam bo‘lgan bir qancha tillar ham dog‘iston guruhiga kiradi. Bu tillarda so‘zlovchilarning aksariyati Dog‘iston Avtonom Respublikasida yashaydi.
4. Janubiy guruhga gruzin tili kiradi. Gruzin tili Gruziya respublikasining (poytaxti Tbilisi) davlat tili bo‘lib, bu tilda 2,5 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi. Shuningdek, 110 ming kishi so‘zlashadigan chan tili, 290 ming kishi so‘zlashadigan migrel tili va 15 ming kishi so‘zlashadigan svan tili ham janubiy guruhga kiradi. IV. Ugor-fin tillari oilasi 2 guruhga: 1) ugor tillari; 2) fin tillari guruhiga bo‘linadi. 1. Ugor tillariga quyidagilar kiradi: a) venger (mojar) tili. Bu til Vengriya Respublikasining (poytaxti Budapesht) davlat tili bo‘lib, bu tilda 13 milliondan ko‘p kishi so‘zlashadi;
b) mansi tili. Bu til Xanti-Mansi milliy okrugida yashovchi xalqlarning davlat tili bo‘lib, bu tilda 7 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
v) xanti tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 22 mingdan ko‘p bo‘lib, ular ham Xanti-Mansi milliy okrugida yashaydilar. 2. Fin tillariga quyidagilar kiradi:
a) fin tili. Bu til Finlandiyaning (poytaxti Xel‘sinki) davlat tili bo‘lib, bu tilda 4 millionga yaqin kishi so‘zlashadi. Bu tilda so‘zlovchilarning bir qismi Kareliya Respublikasida yashaydi; b) eston tili. Bu til Estoniya respublikasining (poytaxti Tallin) davlat tili bo‘lib, bu tilda bir milliondan ortiq kishi so‘zlashadi.
3. Ming kishi so‘zlashadigan veps tili, 15 ming kishi so‘zlashadigan ijor tili ham fin tillari guruhiga kiradi. Bu tillarda so‘zlashuvchilar Sankt-Peterburg viloyatida yashaydilar;
v) komi-permyak tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 180 mingga yaqin kishi bo‘lib, ular Rossiya Federasiyasining Komi-Permyak milliy okrugida yashaydilar;
g) komi-ziryan tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 250 mingga yaqin kishi bo‘lib, ular Komi Respublikasida yashaydilar;
d) udmurd tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 580 ming kishi bo‘lib, ular Udmurd Respublikasida yashaydilar.
e) mari tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 500 mingga yaqin kishi bo‘lib, ular asosan, Mari Respublikasida yashaydilar. Bulardan tashqari, erzya va moksha-ijor tillari ham fin tillari guruhiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |