Alfavit, grafika va orfografiya. Yozuvning fonemografik tizimida pisma «alfavit», «grafika» va «orfografiya» tushunchalari farqlanadi. Alfavit yoki alifbo tildagi yozuv belgilarining muayyan standart tartibda joylashishidir. Alifbo tarkibida nafaqat tildagi ma’no farqlovchi fonemalar, balki ch, sh, ng kabi grafemalar, rus tilidagi ‘, kabi tovush bildirmaydigan harflar ham o‘rin olgan.
Grafika va orfografiya esa fonemografik yozuv tizimida grafemalarning amal qilish qoidalari majmuasidan iborat. Ushbu qoidalar 2 yo‘nalishni qamrab oladi:
Birinchi yo‘nalish grafik - yozuv qoidalaridan iborat bo‘lib, unda yozuv tizimidagi ayrim grafemalar va ular kombinatsiyalarining fonemalar, bo‘g‘inlar, prosodemalar aloqasida tarkibida va o‘zaro aloqasida yozuvda ifodalanishi qoidalari aks etadi. Ushbu qoidalarda grafemalar va ular kombinatsiyalarini talaffuz qilish, o‘qish qoidalari tarzida (masalan, o‘zbek alifbosidagi i tovushi qisqa aytilishi holatlari, rus alfavitidagi o harfining urg‘uli, urg‘usiz bo‘g‘inlarda /a, ‘/ tarzida talaffuz etilishi; ingliz alifbosidagi yea grafemasining /i:/, /e/, /ei/ yoki /ie/) shaklida talaffuz qilinishi kabi qoidalar beriladi.
Ikkinchi yo‘nalish orfografik – to‘g‘ri yozuv (imlo) qoidalari tizimidan iborat bo‘lib, unda tilning ma’noviy birliklari, eng avvalo, morfemalar va so‘zlar, shuningdek, so‘z birikmalari va gaplarni to‘g‘ri yozish qoidalaridan iborat. Orfografiya albatta orfoepik - talaffuz me’yorlari bilan uzviy bog‘liq.
Orfografiya qoidalari grafika qoidalari asosida shakllanadi, chunki har qanday fonografik yozuv tizimida tilning ma’noviy birliklarini ularning talaffuziga muvofiq berish qoidalari aks etadi.
Shuningdek, orfografiya til birliklarini yozuvda ifodalash, xususan, qo‘shib, ajratib va chiziqcha orqali yoziladigan so‘zlar talaffuzi, qisqartma so‘zlar, qatordan qatorga ko‘chirilgan so‘zlar qismlarining talaffuzi ham berib boriladi. Har bir tilda talaffuz va yozuv o‘rtasida mutanosiblik yoki nomutanosiblikning muayyan tamoyillari amal qiladi. Tilda orfografiyaning 5 ta asosiy tamoyili (prinsipi) amal qiladi.
Birinchi prinsip fonetik yozuv tamoyili deb atalib, unda so‘zlar qanday eshitilsa, shunday yoziladi. Jumladan, o‘zbek tilida k va q tovushlari bilan tugagan so‘zlarga jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasiining ka va qa shakllarining qo‘shilishi etakka, tilakka, Sharqqa, qirqqa so‘zlarining talaffuzidan kelib chiqadi.
Ikkinchi prinsip morfologik-etimologik yozuv tamoyili deb yuritilib, bunda so‘zlar va so‘z shakllari talaffuziga mos holda emas, balki yasalishi asosida, morfologik qoidalar asosida yoziladi. Masalan, o‘zbek tilida toqqa, boqqa so‘zlari shunday talaffuz qilinsa-da, tog’ga, bog’ga shaklida yoziladi. Yoki rus tilidagi sdelka, sbor kabi so‘zlari mazkur tamoyilda yoziladi. Jarangli va jarangsiz undosh tovushlarining talaffuz va yozuvdagi farqli qo‘llanishi polyak,, chex, bolgar, nemis tillari orfografiyasida ham uchraydi. Fransuz tilida bir qator hollarda nutq tovushlari tarkibidagi tarixiy o‘zgarishlar ham yozuvda aks etmaydi.
Orfografiyaning uchinchi prinsipi grammematik prinsip deb ataladi. Ushbu tamoyilda talaffuziga mos bo‘lmasa-da, bir kategoriyadagi grammemalarni bir xildagi yozuv shakli bilan yozishga qaratilgan. Jumladan, rus alifbosida belgisi noch, mыsh, roj, veщ kabi so‘zlar jenskiy rodda ekanlagini ko‘rsatish uchun qo‘llanadi. Shuningdek, kost, ten i vstan, vstante, syad so‘zlarida esa undosh tovushlarning yumshoq talaffuz qilinishini ko‘rsatuvchi belgi hisoblanadi. Biroq plach, plachte, yesh, yeshte, rej, rejte so‘zlarida esa ch va щ tovushlari yumshoq talaffuz qilinmasa-da, analogik holda yumshoqlik ko‘rsatkichi sifatida ishlatiladi.
To‘rtinchi prinsip differensiatsiyalash-farqlash tamoyili deb atalib, shakldosh –omonim so‘zlardan birini farqlash uchun qo‘llanadi. Bunda, odatda, urg‘u, ohang kabi fonetik birliklar alohida o‘rin tutadi.
Orfografiyaning beshinchi prinsipi tarixiy-an’anaviy yoki shakliy yozuv tamoyili deb yuritiladi Bu hozirgi talaffuz me’yorlariga ham, morfologik tamoyilga ham zid holda, faqat muayyan so‘z shakllarining tarixiy yoki an’anaviy asosda qabul qilingan shaklda, shuningdek, xorijiy tillardan kirgan o‘zlashma so‘zlarning asliyatiga mos holda yozilishidan iborat. Jumladan, ushbu tamoyil amaliyotini rus tilidagi gorox, moloko so‘zlarining 1-bo‘g‘inidagi o tovushi talaffuzini, obщiy, voobщe so‘zlaridagi b tovushining talaffuzini, -ogo, -ego qo‘shimchalari tarkibidagi g harfi v talaffuzining yozuv shakliga nomutanosibligida ko‘rish mumkin.
Odatda har bir tilda u yoki bu yozuv tamoyili ustuvor o‘rin tutadi.
Jumladan, hozirgi rus tiliorfografiyasida morfologik tamoyil yetakchilik qilsa-da, ayrim pristavkalarning yozilishida fonetik yozuv tamoyili hamda grammematik prinsip ham muhim o‘rin tutadi. 1918 yilda o‘tkazilgan imlo islohotigacha tarixiy-an’anaviy yozuv yetakchilik qilgan. Hozirgi o‘zbek tilida esa 2ta yozuv tamoyili – fonetik va morfologik tamoyillar yetakchi sanaladi. Nemis, fransuz va ayniqsa ingliz orfografiyalarida tarixiy-an’anaviy va differensiatsiyalash-farqlash tamoyili kengroq qo‘llanadi. Fin yozuvida esa so‘zlarning yozilishida fonematik transkripsiyadan deyarli farqlanmaydigan grafik prinsip asosiy rol o‘ynaydi, orfografiya esa, asosan, xorijiy tillardan kirgan o‘zlashmalarni va yozma harflarni yozish qoidalari bilan shug‘ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |