Tilshunoslik fani – til haqidagi fan Tilshunoslik fanining obyekt va predmeti


Tillarning shakllanishi, til va sheva



Download 1,25 Mb.
bet17/71
Sana17.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#381506
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

Tillarning shakllanishi, til va sheva. Kishilar ibtidoiy jamiyatning dastlabki davrlarida to‘da-to‘da, ya’ni urug‘ bo‘lib yashaganlar. Urug‘ kishilar jamiyatining eng kichik, oddiy hamda qadimiy uyushmasi bo‘lib, bir nechta qardosh urug‘lar qabilani tashkil qilgan. Bunday uyushmalarning har birining o‘z tili, o‘z aloqa vositasi bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan qabila a’zolari ko‘payib, kengroq hududlarga tarqala boshlaydilar. Boshqa joylarga ko‘chib ketgan qarindosh qabilalar ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda bir tilning turli shevalarida so‘zlashuvchi qabilalarning uyushmasiga – qabila ittifoqlariga birlashadi. Qabila ittifoqlarining umumiy tili bo‘lib, ayrim qabila tillari qabila ittifoqi tiliga nisbatan sheva holatini egallaydi.

Shevalar, milliy tillar urug‘chilik davridan boshlab son jihatdan ko‘payib boradi. Avval bir qabila ittifoqiga kirgan tillarda markazdan uzoqlashgan sari, shevaga xos farq orta boradi va oxir natijada bu farq yangi til paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin; son o‘zgarishi sifat o‘zgarishiga olib keladi. Yangidan yangi sheva va tillarning paydo bo‘lishida ikki omil: vaqt va masofa hal qiluvchi ahamiyatga egadir: vaqt o‘tgan sayin, masofa kengaya borishi, yangi sheva va tillar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Shevalarning soni ko‘payishi va ular asosida yangidan yangi tillarning vujudga kelishi tilshunoslikda farqlanish (differensiatsiya) deb ataladi. Farqlanish deganda tillarni shevalarga parchalanishi, bir tilga mansub shevalarning miqdorini ortib borishi tushuniladi.

Ma’lumki, til butun bir xalqqa xizmat qiladi, sheva esa xalqning bir guruhigagina taalluqlidir. Shu sababdan til ko‘p funksiyali, hamma uchun umumiy aloqa vositasi, ya’ni invariant vositadir, sheva esa, vazifa nuqtai nazardan chegaralangan bo‘lib, tilning bir variantini tashkil etadi. Qardosh qabilalar ittifoqi vaqti kelib xalqni tashkil qiladi. Xalq tili yozma - adabiy til ko‘rinishida ham namoyon bo‘lishi mumkin, biroq uning hamma tillarni birlashtirish qobiliyati bu davrda nisbatan kuchsiz bo‘ladi. Kishilik jamiyatining bu uyushmasi muayyan yanada taraqqiy qilishi oqibatida alohida millatga aylansa, xalq tili milliy til darajasiga ko‘tariladi. Millatning paydo bo‘lishi va rivojlanishi uchun, albatta, ko‘p sonli odamlar orasidagi iqtisodiy munosabat bo‘lishi zarur. Millatning asosiy belgilari: umumiy hudud, umumiy til, umumiy madaniy-ma’naviy birlik hamda ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzidan iborat bo‘lib, shu belgilarni o‘zida mujassamlashtirgan kishilar uyushmasini millat deyish mumkin. Demak, milliy til bir-biridan farq qiluvchi shevalarni o‘zaro birlashtiruvchi, yetakchi, iqtisodiy va madaniy markaz tili sifatida namoyon bo‘ladi.

Til birligi millatning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Milliy til o‘z adabiy yozuv shakliga ega bo‘lib, tilning bu shakli mazkur millatning har bir a’zosi, har bir shevasi uchun umumiydir. Har bir millatning madaniy merosi ham ana shu tilda o‘z aksini topadi.Turli shevalarning umumiy qoidalarga bo‘ysungan holda ma’lum adabiy tilga birlashishi mujassamlashuv (integratsiya) deyiladi.

Har bir til o‘ziga xos rivojlanish davrini boshidan kechiradi va bu shu til amal qiladigan jamiyatga, undagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘ladi. Birorta til paydo bo‘lganidan boshlab to hozirgacha o‘zicha rivojlanmaydi, faqat jamiyat tildan foydalangani uchungina rivojlanadi. Demak, tilning rivojlanishi bevosita jamiyat bilan, uning tarixi jamiyat tarixi bilan uzviy bog‘langan.

Shuni ham qayd qilish kerakki, tildagi o‘zgarishlar keskin, to‘satdan sodir bo‘lmaydi. Tilda hech qachon inqilobiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi, tildagi o‘zgarishlar asta-sekin, evolyutsion yo‘l bilan amalga oshadi. Shu bilan birga til taraqqiyotida turg‘unlik ham bo‘lmaydi, u doimo rivojlanishda bo‘ladi. Jumladan, milliy tillarning paydo bo‘lishi ijtimoiy tuzumga, millatning paydo bo‘lishiga bog‘liq bo‘lib, hamma yerda bir vaqtda sodir bo‘lmagan. Millat va milliy tillarning paydo bo‘lishi turli xalqlarda turlicha amalga oshadi. Ayrim xalqlar esa hali millat darajasigacha o‘sib yetmaganini, demak, ushbu jamiyatda milliy til ham shakllanmaganini kuzatish mumkin. Umuman, milliy tillarning paydo bo‘lishida 3 xil yo‘l alohida qayd etiladi.

Birinchisi milliy til paydo bo‘lgunga qadar mavjud bo‘lgan biror bir shevaga milliy til maqomini berish. Bunga hozirgi zamon fransuz tili yaxshi misol bo‘la oladi. Fransuz milliy tili asosida Parij va uning atrofida keng tarqalgan Il-de- Frans shevasi yotadi. 1539 yilda Fransisk I ning buyrug‘i bilan bu sheva Fransiyaning yagona davlat tili deb e’lon qilingan.

Ikkinchisi chatishuv orqali bo‘lib, bunga ingliz tilini misol keltirish mumkin. Ingliz tili o‘z rivojlanish tarixida asosan uch davrni boshidan o‘tkazgan:

Birinchi davr - qadim zamonlardan to XI asrgacha bo‘lgan davr. Bu davrda inglizlar, sakslar va yutlarning Britaniyani bosib olib, mahalliy kelt (hozirgi shotlandlar, irlandlar va uyelslarning qadimiy ajdodlari) qabilalarini Britan yarim oroliga haydab, o‘zlari Britaniya oroliga hukmron bo‘lib olgan davrdir. Bu davrning IX-X asrlarida anglosakslar va daniyaliklar orasida urushlar bo‘lib o‘tadi va bu urushda daniyaliklar yengib, anglosakslarga qo‘shilib, chatishib ketadilar.

Ikkinchi davr XI-XV asrlarni o‘z ichiga oladi. Bu vaqt ichida normandlar Britaniyani bosib olib, hukmronlikni o‘z qo‘llariga oladilar. Ular fransuz tilida, anglosakslar german tilida gaplashardilar. Bu ikki til orasida uzoq vaqt kurash bo‘lib, oqibatda mahalliy til yengib chiqdi, lekin fransuz tiliga ma’lum darajada o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Jumladan, ingliz tili tarixida sodir bo‘lgan «unlilarning buyuk siljishi» fransuz tili superstrati bilan tushuntiriladi.

Uchinchi davr XVI asrning oxiri, Shekspir ijodining boshlanishi bilan bog‘langan. Bu anglosakson tili orasidagi chatishuv jarayoni tugab, milliy tilning barpo bo‘lish davriga to‘g‘ri keladi.

Uchinchi yo‘l, ya’ni shevalarning mujassamlashuvi orqali milliy tilning hosil bo‘lishiga rus milliy tilining shakllanishini misol qilib keltirish mumkin. XVI-XVII asrda Moskva davlatining paydo bo‘lishi bilan bir vaqtda Moskva dialekti asosida rus milliy tili shakllana boshlaydi. Ma’lumki, Moskva o‘sha vaqtda shimol va janub dialektlarining tutashadigan markazi edi.

Milliy tillarning shakllanishida badiiy so‘z ustalari, yozuvchi va shoirlarning ham hissasi juda katta bo‘ladi. Jumladan, o‘zbek adabiy tilining shakllanishida Alisher Navoiy, rus milliy tilining taraqqiyotida A.S. Pushkin, yangi gruzin tilining vujudga kelishida Shota Rustaveli, nemis tilining taraqqiyotida Martin Lyuter, ingliz tilining rivojlanishida Vilyam Shekspir va boshqalarning qo‘shgan hissalari beqiyosdir.

Tillarning o‘zaro munosabatlari. Til taraqqiyotida qo‘shni xalqlar o‘rtasidagi turli munosabatlar, savdo-sotiq va madaniy aloqalar, urushlar o‘z ta’sirini qoldirmay qo‘ymaydi. Bunday hodisalar ba’zi tillarda ko‘proq, ba’zilarida esa kamroq aks etadi. Masalan, hozirgi zamon ingliz tili lug‘at boyligining faqat 30 foizga yaqini sof ingliz tiliga oid, qolganlari roman va sharq tillaridan kirgan so‘zlardir. Tillarning bunday munosabatlari tillar hamkorligi deyiladi. Tillar hamkorligida tillarning chatishuviga odatda katta ahamiyat beriladi. Ba’zi olimlarning fikricha, har qanday hamkorlik ham tillar chatishuviga kiravermaydi. Masalan, bir tildan ikkinchi tilga so‘z o‘zlashtirilishi tillar chatishuviga kirmaydi, chunki o‘zlashtirilgan so‘zlar tilning grammatik ko‘rinishiga o‘z ta’sirini o‘tkazmaydi. Masalan, arab tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashtirilgan so‘zlar bunga yaxshi misol bo‘la oladi.

Fransiyaning XI asrda Britaniya orolini bosib olishi va fransuz tili bilan anglosakson tillari orasidagi aloqa tillar chatishuviga eng yaxshi misoldir. Ma’lumki, bu yerda g‘oliblar tili bo‘lmish fransuz tili bilan mag‘lublar tili – anglosakson tillari orasida uzoq vaqt davom etgan urushdan keyin, g‘oliblar o‘z tilini yo‘qotib, anglosakson tilini qabul qilishlariga to‘g‘ri keldi. Shuni ham aytish kerakki, anglosakson tili ham fransuz tilidan ba’zi elementlarni qabul qildi. Chatishuv sodir bo‘lganda substrat va superstrat (bu so‘zlar latincha bo‘lib, birinchisi tag qatlam, ikkinchisi esa, ustki qatlam degan ma’nolarni anglatadi) hodisalari to‘g‘risida fikr yuritish mumkin.



Har ikkala tushuncha mag‘lub tilning g‘olib tilda qoldirgan elementlari, izlarini bildiradi. Agar mag‘lub tilning elementlari g‘olib tilning fonetik, grammatik tuzilishini buzib, unga faol ta’sir qilgan bo‘lsa, unda substrat yoki superstrat hodisalari ro‘y beradi. Bir tildan ikkinchi tilga so‘z o‘zlashtirish substratga kirmaydi. Kelgindilar tilining mahalliy tilni siqib chiqarishi va ayni paytda ishlatilishdan chiqib ketayotgan tilning kelgindilar tiliga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi substrat hodisasi deyiladi.


Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish