1. Makrolingvistika nima?- Ifodalar to'g'risifagi fan bo'lib, matn( nutq bo'lagi ) bilan shug'ullanadi.
2. Tabuga bеrilgan qaysi ta’rifni to‘g‘ri dеb hisoblaymiz? Kishilik jam iyati taraqqiyotining turli bosqichlarida, ayniqsa, kishilik jam iyatining ibtidoiy bosqichlarida ba’zi bir narsalar, harakatlar man etilgan. Ana shunday man qilish hodisasi tabu deb ataladi.
3. Lug’at yarusining asosiy birligi? - So'z.
4. Til sistemasida nechta yarus mavjud?- 3 ta: fonetik-fonologik sath, grammatik sath, lug'ath sathi.
5. Til sistemasining qanday yarusi doimo rivojlanib boradi?- Lug'at sathi.
6. Tilning tovush sistemasi nutq tovushlaridan tashkil topishini qaysi yarus o’rganadi?- Fonologik sath.
7. Tilning qaysi yarusi leksikologiya tomonidan o’rganiladi?- Lug'at sathi.
8. Fonetika nima?- Fonetika (yun. phonetikos — tovushga, tovush chiqarishga oid; tovushli, ovozli) — 1) tilshunoslikning nutq tovushlarining hosil boʻlish usullarini va akustik xususiyatlarini; boʻgʻin, nutqning pauza bilan ajraluvchi qismlarini oʻrganuvchi boʻlimi.
9. O’rganish sohasi, vazifalariga ko’ra fonetika necha turga bo’linadi?- vazifasiga ko‘ra: umumiy va xususiy fonetika. Umumiy fonetika dunyo tillariga tegishli bo‘lgan umumiy fonetik qonuniyatlarni o‘rganadi. Xususiy fonetika esa biror konkret tilga xos bo‘lgan tovushlar sistemasini o‘rganadi;
- maqsadiga ko‘ra: nazariy fonetika, amaliy fonetika, eksperimental fonetika. Nazariy fonetika ma`lum bir tilning tovush xususiyatlarini nazariy jihatdan tasnif etadi. Fonetika o‘z tekshirish obektining davrga munosabati nuqtai nazaridan 2 xil bo‘ladi: tasviriy (sinxron) fonetika va tarixiy (diaxron) fonetika.
10. Biror tilning talaffuzini o‘rgatish maqsadida tuzilgan fonetika sohasi?- Amaliy fonetika.
11. Biror tilning talaffuz alomatlarini nazariy jihatdan tasnif etish fonetikaning qaysi sohasiga taalluqli?- Nazariy fonetikaga talluqli.
12. Nutq tovushlari, bo’g‘in, urg’u va intonatsiyadagi artikullyatsion-akustik xususiyatlarni o’rganuvchi fonetika bo’limi?- Eksperimental fonetika.
13. Bo’g’in, so’z va frazalarni o’rganuvchi fonetika sohasi?- Supersegmental fonetika deyiladi yoki prosodika deyiladi.
14. Nutq tovushlarinining hosil bo’lishi va ularning xususiyatlarini o’rganuvchi fonetika sohasi?- Segmental fonetika.
15. Tildagi fonetik xususiyatlarning rivojlanishini o’rganuvchi soha?- Umumiy fonetika.
16. Hozirgi davr tilshunosligida jahon tillarining o’xshash va farqli alomatlarini o’rganuvchi fonetika?- Tasviriy fonetika.
17. Odamning talaffuz apparati necha bo’shliqdan iborat?- 5 ta:
1. Nafas apparati – o’pka, bronxlar, traxeya, ko’krak qafasi kabilardan iborat.
2.Bo’g’iz bo’shlig’i – traxeyaning yuqori (kengaygan) qismi. Unda un paychalari, uzuksimon, qalqonsimon, cho’michsimon, ponasimon, shoxsimon tog’aylar mavjud.
3.Xalqum – bo’g’izdan yuqoriroqda joylashgan bo’shliq. U 3 qismdan iborat pastki qism – xiqqildoq o’rta qism – xalqumning og’zi (bu qism og’iz bo’shlig’ini tomonga ochilgan bo’ladi) yuqori qism – burun bo’shlig’i va eshituv paylariga birikkan bo’ladi.
4.Og’iz bo’shlig’i – til, kichik til, tishlar, lablar, lunjlar, qattiq va yumshoq tanglay til osti muskullaridan iborat apparat.
5.Burun bo’shlig’i – qo’shimcha ton manbai. U yumaloq tanglay oxiridagi kichik tishning quyi tomon harakat qilishi natijasida rezonatorga aylanadi: havo oqimning bir qismi burun bo’shlig’idan o’tib qo’shimcha tonlarni yuzaga keltiradi.
. Tovush hosil qilishda aktiv qatnashadigan nutq organlari qaysilar? 1) til; 2) kichik til; 3) tanglay; 4) tishlar; 5) lab- J: 1) til,3) tanglay, 5) lab
18. Fonetik vositalar berilgan qatorni toping: - So`z ma’nolarini ajratish, chegaralash uchun xizmat qiladigan vositalar fonetik vositalar sanaladi. Bunday vositalar qatoriga nutq tovushlari, urg`u, ohang (intonatsiya) kiradi. So`z ma’nolarini farqlashga xizmat qiladigan fonemalar xususida yuqorida fikr yuritildi. Lug`at tarkibidagi barcha so`zlar, grammatik shakllar ana shu fonemalarining ma’lum tartibda ketma-ket joylashishi orqali shakllanadi. Ayrim hollarda o`xshash bo`lgan (omonim) so`zlarning ma’no va grammatik shakllarini farqlashda urg`u (leksik urg`u) fonetik vosita bo`lishi mumkin. Masalan: olma (predmet, mevaning bir turi), olma (harakat, olmoq fe’lining bo`lishsiz shakli, -ma qo`shimchasini ajratish mumkin); akademik (predmet, ot), akademik (belgi, sifat); gullar (ot, “ko`p gul” ma’nosida), gullar ( fe’l, “gullamoq”).
Gapning maqsadga ko`ra turini ajratishda esa intonatsiya (ohang) fonetik vosita bo`lishi mumkin. Masalan: Dars boshlandi. (darak gap) Dars boshlandi? (so`roq gap)
19. Tilshunoslikda belgi - ishoralarni o’rganuvchi fan?- Semiotika yoki Semiologiya.
20. Tilshunoslikning o’z yozuviga ega bo’lmagan tillarni o’rganuvchi bo’limi qaysi?-Satsiolingvistika. O'z yozuviga ega bo'lmagan tillar mahalliy tillar deyiladi.
21. Burun tovushlari berilgan qatorni toping?- m, n, ng.
22. Odamlar qancha gertsgacha bo’lgan tovushlarni eshitib, his qiladilar?
23. Hozirgi davr fonetikasida asosan qaysi metodlar mavjud?
24. Tilning gorizontal harakatiga ko’ra unlilar qanday turlarga bo’linadi?
25. Unli tovushlarning cho’ziq va qisqaligi ularning qanday belgisi hisoblanadi?
26. Ingliz, nemis, frantsuz, lotin tillariga xos bo’lgan unli tovushlar turini toping?
27. Aktiv nutq organlarining ishtiroki va to’siqning hosil bo’lish o’rniga ko’ra undoshlar qanday turlarga bo’linadi?
28. To’siqning hosil bo’lish o’rniga ko’ra til oldi undoshlari qanday turlarga bo’linadi.
29. Kakuminal- (lotincha cacumen – cho’qqi) tovushlarni toping.
30. Segmentatsiya nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |