Tilning moddiy (substansial) sathi xususida


A’zolari o‘rtasidagi munosabatga ko‘ra ziddiyatlar tasnifi



Download 81,5 Kb.
bet7/8
Sana31.12.2021
Hajmi81,5 Kb.
#226461
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
EKSPERIMENTAL FONETIKA NIMANI O’RGANADI

A’zolari o‘rtasidagi munosabatga ko‘ra ziddiyatlar tasnifi. Bunga ko‘ra, privativ (noto‘liq), gradual, (darajali), teng qiymatli ziddiyatlar ajratiladi.

Birinchi tasnifda ziddiyat belgisi xarakteriga ko‘ra ziddiyat turlari ajratilgan bo‘lsa, ikkinchi tasnifda fonemalarning ziddiyat a’zolariga munosabatiga ko‘ra tasnif amalga oshiriladi.

Barqarorlik darajasiga ko‘ra zidlanishlar barqaror va barqaror bo‘lmagan turlarga bo‘linadi. Barqaror zidlanishda fonemalarning qanday nutqiy vaziyatda bo‘lishidan qat’i nazar, ulardagi ziddiyat saqlanib qoladi. Masalan, til oldi unlisi til orqa undoshi bilan kelgan vaziyatda til orqa undoshi sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda [a] unlisi bilan til orqa [u] unlisi orasidagi ziddiyat kuchsizlanadi.

Barqaror bo‘lmagan ziddiyatning neytrallashmagan holatini ta’minlovchi fonetik pozitsiya kuchli pozitsiya deyiladi. Masalan, [b] fonemasi so‘z boshida jarangsizlashmaydi va bu pozitsiyada uning [p] fonemasiga zidligi saqlanadi. Bu kuchli pozitsiyadir. Neytrallanish, so‘nishga olib keluvchi pozitsiya kuchsiz pozitsiyadir. Demak, bunday pozitsiyadagi ziddiyat barqaror bo‘lmagan ziddiyat deyiladi. Unli va undoshlar orasidagi qarama-qarshilik barqaror ziddiyatga misol bo‘la oladi. Yoki undoshlarning paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra, unlilarning tor-kenglik xossalariga ko‘ra zidlanishi ham barqaror ziddiyatlardir. Lablanish belgisiga ko‘ra [o‘-e] tizimchasi ham barqaror ziddiyat asosiga qurilgan.

Demak, o‘zbek tilining fonetik paradigmasi deganda har qaysisi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan barqaror bir umumiy belgi ostida birlashadigan fonetik unsurlardan tashkil topgan tizim tushuniladi. Bu butunlik yoki paradigma o‘z ichida ayrim belgilari bilan umumiylikni tashkil etgan va shu umumiylik uchun asos bo‘lgan belgilari bilan boshqa shunday umumiylikdan farq qiladigan kichik butunliklardan, ichki paradigmalardan-mikrosistemalardan tashkil topadi. Bu tizimchalar unli va undosh fonemalar paradigmalaridir. Bu kichik paradigmalar a’zolarining umumiy belgilari ularning shu tizimni tashkil etishini ta’minlasa, farqlovchi belgilari bu ichki paradigmaning yana kichik bo‘laklarga bo‘linib ketishiga olib keladi. Jarangli undoshlar paradigmasi, jarangsiz undoshlar paradigmasi kabi.

Hozirgi davr fonetikasida ikki asosiy metod mavjud: subyektiv va obyektiv metodlar. Subyektiv metod talaffuzni bevosita kuzatishdan (ko'rib yoki eshitib) iborat. U eng qadimiy va doim ham qo'llash mumkin bo'l­gan metoddir. Subyektiv bevosita kuzatish natijasida tovush­larning artikulyatsion-akustik xususiyatlari, urg'uli va urg'u­siz bo'g'inlarning farqi, intonatsiyada ovoz ohangi­ning pastga tushishi yoki yuqoriga ko'tarilishini sezish mumkin.

Texnik apparatura yordamida, ya'ni obyektiv metodlar yordamida aniqlanuvchi barcha artikulyatson-akustik xususiyatlar eksperimental-fonetik tekshirish yoki nutqni instrumental tasnif etish deb yuritiladi. Ma'lum apparatlar yordamida tilning tovush tarkibi, bo'g'in, urg'u va intonatsiyasini tekshirish ancha aniq va chuqur tasnif qilishiga imkon beradi.

Artikulatsiyani o'rganuvchi metodlar ichida palatografiya va rentgenografiya alohida o'rin tutadi. Palatografiya – sun'iy tanglay yordamida tilning holatini aniqlashdir. Sun'iy tanglay ingichka elastik plastinkadan iborat bo'lib, uning shakli va o'lchovi talaffuz qiluvchining qattiq tanglayiga teng bo'ladi. Talaffuz qiluvchi shaxs informant deb atalib, u o'sha tilning adabiy talaffuzida yoki biror shevada (agar shevaning talaffuzi tekshirilayotgan bo'lsa) so'zlay olish lozim. Elastik sun'iy tanglay og'iz bo'shlig'idagi qattiq tanglayga kiydiriladi. Ma'lum tovushning talaffuzida tilning izlari sun'iy tanglayga ko'chiriladi. Natijada tovushning artikulatsiya o'rni aniqlanadi. Tilning izlari qolgan sun'iy tanglay palatogramma deyiladi (3-rasmga qarang).

Rentgenografiya va kinorentgenografiya tovushning artikulatsiyasini juda aniq ko'rsatib beruvchi metoddir. Oddiy rentgenografiya nutq a'zolarining holatini ma'lum artikulatsiya momentida aniqlashga imkon beradi. Kinorentgenografiya tovush artikulatsiyasining rivojlanish holatlarini aniqlab beradi.

Nutqning akustik tomonini aniqlash uchun spektral va ossillografik metodlar qo'llanadi. Spektrograf tovush maydonining amplitudasi va chastotasini ko'rsatib beradi va tovushning to'la akustik belgisini aniqlashga yordam beradi. Nutqning akustik tomonini aniqlashda qo'llanuvchi yangi vositalar ichida spektral analiz yetakchi o'rin tutadi. Ikki tipdagi spektrograf mavjud:

1) statik tipdagi spektrograf tovushlarning akustik strukturasini ma'lum chegaralangan vaqt ichida o'rganishga imkon beradi;

2) dinamik tipdagi spektrograf (yoki sonograf) “ko'rinuvchi nutq” (visible speech) prinsipida ishlaydi va u yordamida tovushning spektral ko'rinishini rivojlanish jarayonida aniqlash mumkin bo'ladi.

Ossillograf apparati ham eksperimental fonetik kuzatishlarda qo'llanadi. Ossillografiya tovushning hosil bo'lishidagi garmonik tebranishlarni, nutq intonatsiyasi va iborani ma'nodor bo'laklarga bo'lishni o'rganishga imkon beradi. Eksperimental-fonetik tekshirishlar til­ning tovush tomonini tilshunoslik jihatdan chuqur va aniqroq tadqiq qilishda katta yordam beradi.

Adabiyotlar





  1. Download 81,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish