Tilning lug'at tarkibi



Download 16,13 Kb.
bet2/2
Sana14.04.2022
Hajmi16,13 Kb.
#552187
1   2
Bog'liq
tilning lugat tarkibi

termino­logiya deyiladi. Bunday so'z-terminlar nutqda ko'pincha eks­pressiv bo'yoqqa ega bo'lmaydi. Ekspressiv bo'yoqqa ega bo'­lishi va bo'lmasligiga ko'ra so'zlar tasnif qilinadi. Ekepressiv bo'yoqqa ega bo'lmagan so'zlar neytral so'zlar deyiladi. Bunday so'zlarga kelmoq, istamoq, kitob, qalam kabi kundalik hayotda qo'llanuvchi so'zlar kiradi. Ekspressiv bo'yoqda ega bo'lgan so'zlar stilistik ma'noda qo'llangan so'z­lar deb ham ataladi. Bunday so'zlarga oy, kun, chashma, qosh, yer, nazar tashlamoq, chehra kabi so'zlar kiradi.
Tilning lug'at tarkibidagi so'zlar, asosan, to'rt guruhga bo'linadi:
1) umumso'zlashuv nutqiga xos leksika;
2) mahalliy so'zlashuv nutqi leksikasi (dialektizmlar);
3) adabiy-kitobiy leksika;
4) umumadabiy til leksikasi (og'zaki va yozma nutqda ishlatiluvchi so'zlar).
Albatta, bu guruhlarga oid so'zlarni ishlatilishi aniq che­ga­raga ega emas. Umumso'zlashuv nutqiga xos so'zlar barcha stillarda ishlatiladi.
Odatda, adabiy tillarda quyidagi stillar farqlanadi:
1) badiiy stil;
2) publitsistik stil;
3) ilmiy stil;
4) rasmiy ish qog'ozlari stili;
5) so'zlashuv stili.
So'zlar ham bu stillarda ishlatilishiga ko'ra tasnif qilinadi. Neytral so'zlar barcha stillarda qo'llanaveradi. Terminlar esa fan va texnikaga oid ilmiy asarlarda ishlatiladi. Terminlar badiiy uslubda ham ba'zan uslub talabiga ko'ra qo'llaniladi. Masalan, urush mavzusida yozilgan asarlarda harbiy terminlar qo'llaniladi. Asqad Muxtorning "Daryolar tutashgan joyda" asarida sanoat va ishlab chiqarishga oid terminlarning keng qo'llanilganligi kuzatiladi. Dialektizmlar ilmiy va rasmiy nutq­da, badiiy (muallif nutqida) va publitsistik asarlarda qo'llan­may­di. So'zlashuv uslubida, badiiy asar qahramonlari nutqini aynan berishda dialektizmlardan foydalaniladi: Eshit­digu moro bo'singa kelaverdik (Rahmat Fayziy). Eskirgan so'zlar ham, asosan, badiiy nutqda shu maqsadda qo'llanadi:

Ey bizning birinchi rais jumhur,


Ismingdan o'zbekning sha'niga g'urur.

(G'afur G'ulom)


Umumso'zlashuv stilida ishlatiluvchi so'zlar barcha kishi­lar nutqida qo'llanuvchi odatiy so'zlardir: daraxt, tog', o'rmon, suv, kiyim, ovqat kabilar. Umumso'zlashuv stilida ishlati­luv­chi so'zlar ba'zan poeziyada ham qo'llanadi. Masalan, O'zbekiston vatanim manim (A.Oripov). Bu o'rinda mening so'zi jonli so'zlashuv nutqi shaklida (manim) ishlatilgan.


Ekspressiv bo'yoqqa ega bo'lgan so'zlar ko'proq badiiy va publitsistik stillarda ishlatiladi. Bunda badiiy tasvirlar o'xsha­tish, jonlantirish, sifatlash, mubolag'a, ko'chma ma'nodagi so'zlar yordamida voqea-hodisalarga stilistik bo'yoq berib, o'quvchida estetik zavq uyg'otadi. Har bir tilning lug'at tarkibi nutq madaniyati xazinasini tashkil etadi va turli stillarga xos bo'lgan ifoda vositalarini boyitishga xizmat qiladi.


1 Reshetov V.V.,. Shoabdurahmonov SH. O'zbek dialektologiyasi. "O'qituvchi" , Toshkent, 1978, 165-bet.

Download 16,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish