Tillarni o’qitish metodikasi kafedrasi



Download 282,06 Kb.
bet16/27
Sana13.02.2022
Hajmi282,06 Kb.
#446295
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
3. МОДУЛ МАЖМУА ТУРАЕВА

Ta’lim
bosqichi

Bitiruvchilar

Umumyevropa
xalqaro
standarti
darajalari

Daraja nomlanishi




Umumiy o‘rta ta’lim (4-6-sinflar) bitiruvchilari

А 1

Chet tilini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi




Umumiy o‘rta ta’lim 9-sinf bitiruvchilari

А 2

Chet tilini o‘rganishning tayanch darajasi

Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, 1-bosqich professional ta’lim

Chet tillari chuqurlashtirib o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf bitiruvchilari

А 2+

Chet tilini o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi

Umumiy o‘rta ta’lim 11-sinf, nofilologik akademik litsey va kasb-hunar maktablari bitiruvchilari

В 1

Chet tilini o‘rganishning mustaqil boshlang‘ich darajasi




Chet tillari chuqurlashtirib o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktab 11-sinf va filologik yo‘nalishdagi akademik litsey bitiruvchilari

В 1+

Chet tilini o‘rganishning kuchaytirilgan mustaqil boshlang‘ich darajasi






Ta’lim
bosqichi

Bitiruvchilar

Umumyevropa
xalqaro
standarti
darajalari

Daraja nomlanishi




Oliy ta’lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bo‘lmagan fakultetlari bakalavriat bosqichi bitiruvchilari










Oliy ta’lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bo‘lmagan fakultetlari magistratura bosqichi bitiruvchilari

В 2

Chet tilini o‘rganishning mustaqil muloqot darajasi

Oliy ta’lim

Oliy talim muassasalarining ixtisosligi chet tili bolgan fakultetlari bakalavriat bosqichi bitiruvchilari (ikkinchi chet tili)










Oliy ta’lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bo‘lgan fakultetlari bakalavriat bosqichi bitiruvchilari

С1

Chet tilini o‘rganishning




Oliy ta’lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bo‘lgan fakultetlari magistratura bosqichi bitiruvchilari

C2+

erkin muloqot darajasi




Mazkur konsepsiya talablari asosida chet tillari (ingliz, fransuz, nemis va boshqa tillar) bo‘yicha ta’lim muassasasi xususiyatlarini inobatga olgan holda davlat attestatsiyasi uchun nazorat-baholash ko‘rsatkichlari, o‘quv dasturlar ishlab chiqiladi va tegishli vazirliklarning buyruqlari bilan tasdiqlanadi.



  1. BITIRUVCHILAR EGALLAGAN BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKA DARAJALARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Bitiruvchilarning chet tillari bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malaka daraja- lariga qoyiladigan talablar ta’lim mazmuniga muvofiq ishlab chiqilgan, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional (1-bosqich) va Oliy ta’lim bo‘yicha uzviy bo‘lib, nutq ko‘nikma va malakalarning deskriptorlari “can do” mazmunida tasvirlangan hamda kerakli joylarda grammatika, leksika, fonetika va orfografiya bilan to‘ldirilgan.
Xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida nutq ko‘nikma va malakalarning deskriptorlari chet tillarni bilishning umumyevropa tizimiga o‘zaro bog‘liq holda olindi hamda ular sodda va tushunarli shaklda berildi. Bitiruvchilar egallagan bilim, ko‘nikma va malaka darajalariga qoyiladigan talablardan kelib chiqib, deskriptorlar:

  • har bir darajani to‘liq egallanganlikni ta’minlash uchun ta’limning barcha bos- qichida o‘quv dasturlari va darsliklarni ishlab chiqishda tuzuvchilar tomonidan inobatga olinishi;

  • O‘zbekiston Respublikasida ta’limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining davlat attestatsiyasi uchun baholash mezonlarini ishlab chiqishda nazarda tutilishi lozim.

  1. CHET (INGLIZ, FRANSUZ NEMIS) TILI PREDMETINING TA’LIM TIZIMIDA TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI

O‘zbek xalqi ilm-fan taraqqiyotiga tamal toshini qo‘ygan va fors-tojik, arab tillarida ijod qilgan olim-u ulamolar avlodlari sifatida qadim-qadimdan nafaqat o‘z ona tili, balki dunyo tillarini o‘rganishga katta qiziqish bildirib keladi. Bugungi kunda ham chet tillari predmeti ta’lim tizimida insonning shaxs sifatida shakllanishi, kamol topishi va dunyoviy bilimini oshirishda muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun davlat tomonidan chet tillarini o‘qitish tizimi uzluksiz takomillashtirib kelinmoqda. Buning natijasida O‘zbekiston yoshlarini dunyoning nufuzli universitetlari talabalari, xalqaro olimpiadalar g‘oliblari hamda ko‘plab sohalarning yetakchilari sifatida ko‘zga ko‘rinmoqda. Kelajakda bu sa’y-harakatlarni davom ettirish asnosida yoshlarni O‘zbekiston Respublikasining umumjahon sivilizatsiyasidagi o‘rnini ko‘tarish va yanada rivojlantirishga hissa qo‘sha oladigan kadrlarga aylantirishga erishish chet tili bo‘yicha mazkur konsepsiyaning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida ta’limning barcha bosqichlarida chet tili oqitilishining uzviyligini ta’minlash hamda kelajak avlodni ko‘p madaniyatli dunyoda kundalik, ilmiy va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun chet tilida kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish.
Ta’lim va tarbiya jarayonini uyg‘unlashtirib, til o‘rganuvchilarda boshqa millat va elatlarning madaniyati, urf-odatlari va an’analariga hurmat tuyg‘usini shakllantirish.
Til o‘rganuvchilarda real hayotdagi voqea-hodisalarga munosabat bildirish, kreativ va tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirilish kabi maqsadlar belgilandi.

Download 282,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish