Тилини ривожлантириш департаменти ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Download 8,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet328/398
Sana02.06.2023
Hajmi8,89 Mb.
#948061
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   398
 
Annotation. 
This article discusses the exact similarity in scientific texts, the importance of its 
definition, the role of language in the formation, in particular, the method of mutual synonymy of simple 
sentences.
 
Keywords:
speech, artificial intelligence, linguistics, modeling, scientific text, synonymy, exact 
similarity, ranking, copyright. 
 
Tabiiy tilda bayon qilingan fikrlarning inson tomonidan tushunilishi va hosil qilinishi; matnni 
tushunadigan va mag‘zini chaqa oladigan kompyuter dasturlari qoliplarini ishlab chiqish va amaliyotga 
joriy qilish bugun har doimgidan ham dolzarb. Matn elementlari (so‘zlar, jumlalar va matnlar) o‘rtasidagi 
semantik o‘xshashlikni o‘lchash, tabiiy tilni qayta ishlash bugungi kunda juda muhim tadqiqot yo‘nalishi 
hisoblanadi. Ushbu ishimizning asosiy maqsadi sodda gaplar misolida o‘zaro ma’no-mazmun 
o‘xshashligini hisoblash modellari va ularni baholashni amalga oshirish. 
Hozirgi o‘zbek adabiy tili XX asrning ikkinchi yarmida yetakchilik qilgan, asosiy maqsadi o‘zbek 
adabiy tili me’yorlarini yaratish, ona tili ta’limi uchun lingvistik material va tavsiyalarni ishlab chiqish 
bo‘lganligi, ya’ni o‘zbek formal tilshunosligi ta’siri ostida shakllangan va XX asrning oxirgi choragida 
davrning talab va maqsadlarida sodir bo‘lgan keskin o‘zgarishlar natijasida sistem-struktur tahlil 
usullariga o‘tganligi ta’kidlanadi. Bu o‘rinda tilga tafakkurni shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi, nutqiy 
muloqotda son-sanoqsiz shakl va ko‘rinishlarda voqelanadigan, har bir voqelanish ko‘rinishi o‘ziga xos 
maqsad va vazifalarga ega bo‘lgan imkoniyatlar xazinasi sifatida munosabatda bo‘lish yuzaga keldi. 
Bunday munosabat yuzaga kelganligi ta’kidlansa-da, amalga oshirilgan ishlar ko‘lami bunga yetarli dalil 
bo‘lib xizmat qila olmaydi. Tilning sun’iy intellekt sifatidagi qiyofasi e’tirof etgulik darajada shakllangan 
emas. Bu holatga misol bo‘lishi mumkin bo‘lgan “imlo xatolarini topuvchi, tinish belgilari va uslubiy 
xatolarni tuzatuvchi” kompyuter dasturlari, “ovozli lug‘atlar”ni hamon ishlab chiqilmaganligi ayni 
haqiqat. Biz ishimiz doirasida “Sodda darak gaplar...”dagi mazmuniy o‘xshashlik darajasining lingvistik 
asoslarini ishlab chiqishni maqsadi qilganimiz holda tilimizning rivojlangan tabiiy tillar qatorida o‘zining 
sun’iy intellektga aylangan ko‘rinishi bo‘lishini ta’minlashga erishish. 
Xuddi shu yondashuvga ko‘ra, bir muncha yangi soha sifatida kognitiv tilshunoslik yuzaga keldi. 
Kognitivizmga ko‘ra, inson axborotni ishlab chiquvchi tizim sifatida o‘rganilishi, inson xulqi esa uning 
ichki holatlari terminlarida tavsiflanishi va izohlanishi lozim. Bu ko‘rinib turgan kuzatish mumkin 
bo‘lgan holatlar bo‘lib, ular to‘g‘ri yechish, axborotni qabul qilish, ishlab chiqish, saqlash va muayyan 
maqsadga yo‘naltirishga xizmat qiladi [Maslova, 2015: 5]. Bu o‘rinda axborotni qabul qilish, qayta 
ishlash va ma’lum bir maqsadga yo‘naltirish uchun tugal fikrni ifodalovchi gapning ahamiyati yuqori. 
So‘z muayyan bir tushunchani ifodalasa-da, unda mavhumlik bor. Masalan, 
odam
so‘zi umumiy 
mavjudotni ifodalasa 
dangasa odam 
so‘z birikmasida esa o‘sha odamning dangasa ekanligi haqida 
aniqroq tavsifiy tasavvur paydo bo‘lmoqda. Ko‘rinib turibdiki, bular ham yetarli tasavvur bera olmaydi. 
100
*Mustaqil izlanuvchi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti. abror.murtazayev.89@inbox.ru 



Download 8,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish