Tili va irqi. Xo’jaligi va ijtimoiy tuzumi



Download 30,68 Kb.
Sana03.01.2021
Hajmi30,68 Kb.
#54438
Bog'liq
Baltabayev Xurmat Mustaqil ish


BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI 1-G GURUH TALABASI BALTABAYEV XURMATNING ETNOLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI

Mavzu:Old Osiyo xalqlari xo’jaligi

Reja:

  1. Etnogenezi va etnik tarixi.

  2. Tili va irqi.

  3. Xo’jaligi va ijtimoiy tuzumi.

  4. Moddiy va ma'naviy madaniyati.

Foydalanilgan adabiyotlar.

G’arbiy yoki Old Osiyo xalqlari katta tarixiy-etnografik mintaqani tashkil qiladi. Unda joylashgan 20 ga yaqin katta-kichik mamlakatlar 6 mln. kv.km. hududga, ya'ni butun qit'aning taxminan 15 foizidan ortiq yerini egallaydi. Aholisi 140 mln.dan ortiq kishidan iborat yoki butun Osiyo aholisining 6 foizini tashkil qiladi. Eng yiriklari Turkiya (61,4mln), Eron(61,3mln), İroq(20,6mln), Afg’oniston (18,4mln), Saudiya Arabistoni (18,5mln) va hakazolar. Ayrim mamlakatlarda aholi ro’yhati mutlaqo o’tkazilmaganligi tufayli kishi soni ham taxminiy olinadi.

Antropologik jihatidan G’arbiy Osiyo xalqlari asosan yevropoid irqiga oid. Ularga xos bo’lgan belgilar: sochi va ko’zi qora, badani bug’doy rangli, burni o’rtacha, labi kichkina yoki bir oz qalinroq. Ayrim oldosiyolik yoki armanoid tipidagilar bosh suyagi va burnining kattaligi, yuzi va badanining sermo’yligi bilan ajralib turadi. Aksincha O’rta dengiz tipi yoki hind-pamir tipi kam muyli, mayin yuzliligi va nozik labi, burnining kichikligi kabi belgilari bilan farq qiladi. Birinchi, ya'ni old Osiyo tipiga asosan turklar, o’troq arablar, kurdlar, armanlar va yaxudiylar, ikkinchisiga, ya'ni hind-pamir tipiga Afg’oniston xalqlarining ko’pchiligi, qisman eron aholisi, uchinchi – o’rta dengiz tipiga g’arbiy turklar va ko’chmanchi arablar kiradi. Ba'zi etnoslarda qisman mongoloid, ayrim guruhlarda negroid, Afg’oniston va Eron bargunlarida avstroloid belgilari seziladi.

Mazkur regionda joylashgan 12 ta arab mamlakatlarida yashovchi xalqlar qo’shni Isroil, Turkiya va Erondagi arablar semit tillarida so’zlashadilar. Ammo adabiy va rasmiy davlat tilida suzlashadigan tiplar orasida farq bo’lib, xalq ichida asosan uch sheva fanda aniqlangan semit tilidagi G’arbiy Osiyo aholisining 30 foizini tashkil qiladi. Eroniy tillarida forslar, pushtunlar, afg’onlar, tojiklar, kurdlar, balujiylar, lurlar, baxtiyorlar, xazoriylar va boshqa ayrim etnik guruhlar so’zlashadilar.Ular butun aholining 40 foiziga yaqin qismini tashkil qiladi va 20 foizidan ortiq aholi turkiy til oilasiga mansub. Boshqa tillarda gapiradigan xalqlardan Kiprdagi greklar, lazlar, xindlar va boshka elatlar har xil til oilasiga mansub vakillaridir. Ammo G’arbiy Osiyodagi xozirgi til turkumlarining bittasi ham mahalliy tub tillarga kirmaydi, Semit-xomit, xindyevropa va turk tillari kirib kelgunga qadar bu hududda qadimgi davlatlarda uzoq o’tmishda yo’qolib ketgan tillar tarqalgan edi. Shulardan tarixda ma'lumki shumer, eamit, kassit, lulibey, kaspiy, kavkaz tillariga yaqin bo’lgan xatti, xurrit va urartu tillaridir. Semit-xomit tillari eramizdan avvalgi 1- ming yilliklarda G’arbiy Osiyoga Shimoliy Afrikadan kirib kelib mahalliy tillar bilan aralashib ketgan. Ular III-II ming yilliklarda akkad tili va uning asosiy shevasi – bobil, ossuriya va oromey tillarida namoyon bo’ladi. Usha davrlarda Bolqon yarim oroli va Kavkaz tomonidan xindyevropa tillari o’ta boshlaydi. Oromiy tili esa eramizning boshlarida butun G’arbiy Osiyoga umumiy til sifatida tarqalgan va xatto O’rta Osiyogacha yetib borgan. Keyinchalik uning o’rniga arab tili xukmronlik qilgan. O’rta asrlarda G’arbiy Osiyo xalqlarining etnik tarixida sharqdan kelgan turk qabilalari muhim rol o’ynagan.

Mazkur tillarning paydo bo’lishi, tarqalishi va joylanishi bilan mahalliy xalqlarning etnogenezi va etnik tarixi bevosita bog’lanib ketgan. Yuqorida qayd qilganimizdek, G’arbiy Osiyo jahonning eng qadimiy madaniyat o’choqlaridan biri bo’lgan. Falastinda eramizdan avvalgi IX-VIII ming yilliklardayoq dexqonchilik va chorvachilik rivojlana boshlagan. Mesopotamiya va G’arbiy Eronda eramizdan avval 4-5 ming yillar muqaddam irrigatsiya dexqonchiligi paydo bo’lgan.Finikiyaliklar yaratgan alfavit hozirgi yozuv sistemalarining negizidir. Bu yerda eng qadimiy monoteistik dinlar: xristian, iudaizm va islom shakllangan. O’rta asrlarda ham yuksak madaniyat yaratgan arab, saljuqiy va g’aznaviy kabi yirik davlatlar hukmronlik qilgan.

Mazkur davlatlar turli elat va xalqlar yashagan, xilma-xil etnoslarning almashinib aralashishi jarayoni doimo davom etib turgan. Eramizdan avvalgi 1 ming yilliklarda paydo bo’lgan hind-yevropa tillaridagi xalqlar G’arbiy osiyoning ancha qismini bosib olib Midiya, Persiya, keyinrok Parfiya va Baqtriya kabi qudratli despotik davlatlarni yaratganlar. Bu davlatlarda yashagan mahalliy elatlar bilan kelgindi etnoslarning aralashib ketishi oqibatida ko’pchilik eroniy tillardagi hozirgi o’troq xalqlar (forslar, gilyonlar, mazandaronlar, qisman pushtunlar va tojiklar) va kuchmanchi elatlar (pushtunlarning bir qismi, kurdlar, lurdar, baxtiyorlar va xokazo) shakllangan. Mahalliy aholi bilan VIII-VII asrlarda kirib kelgan arablarning aralashuvidan xozirgi arab millati paydo bo’lgan. XI-XII asrlarda Kichik Osiyoga bostirib kelgan saljukiylar mahalliy elatlarni turkiylashtirib xozirgi turklar, ozarbayjonlar va boshqa turkiy xalqlarning shakllanishiga asos solganlar.Ba'zan bu tabiiy jarayon sun'iy ravishda zo’rma-zo’rakilik yo’li bilan amalga oshirilgan. Masalan, XVI asrlarda Eronga zo’rlik bilan armanlar va gruzinlar kuchirilgan. XVIII asrlarda kurdlarni Xurosonga va bir kismini Markaziy Anatoliyga kuchishga majbur qilganlar. Usha davrda genosid siyosatini amalga oshirgan Turkiya davlati sistematik ravishda arman va aysorlarni kirg’inda bir yarim million armani vaxshiyona o’ldirilgan, qolgan bir millionga yaqini kuvg’in qilinib, hamma yoqqa tarqalib ketishga majbur bo’lgan. 1948 yili Isroil davlati paydo bo’lgandan keyin bir millionga yaqin arablar zo’rlik bilan o’z xududidan haydalib qo’shni yurtlarga ko’chib ketgan , ularning o’rniga taxminan shuncha yaxudiylar turli mamlakatlardan ko’chib kelgan.

Hozirgi G’arbiy Osiyo xalqlarining kopchiligi ijtimoiy-iqtisodiy jixatdan turli darajada tursa ham va irqiy jixatdan farq qilsa ham uzoq tarixiy davr ichida o’zaro yaqin munosabatda bulib, bir-birlariga o’tkazgan ta'siri natijasida madaniy-maishiy jixatdan umumiy xususiyatlarga ham ega bo’lib qolishgan.

Mahalliy statistik ma'lumotlarga qaraganda asli Eronda 40 dan ortiq turli xalqlar yashaydi. Tub aholi xisoblangan forslar butun aholining yarmidan kamini tashkil qiladi. Afg’onistonda 30 ga yaqin xalq yashaydi. Butun janubiy va shimoli-g’arbida turkiy tillarda so’zlashuvchi xalqlar yashaydi. Mamlakatda birinchi marta o’tkazilgan 1979 yilgi aholi ro’yxatiga binoan Afg’onistonda 15.5 mln.dan ortiq kishi istiqomat qiladi. Shulardan taxminan 55 foizi asli afg’on (pushtun) lar, 19 foizi tojiklar, 9 foizi uzbeklar (asosan shimoliy kismida), 8 foizi xazariylar, 4 foizi choraymoklar, 3 foizi turkmanlar, kolgan 2 foizi boshqa elatlar va etnik guruxlardan. Ayrim etnoslarda qabilaviy tuzum tartiblari saqlangan. Masalan, afg’onlar qavm yoki kabilalarga bulinadi. Ularning eng yirik qabila va qabilaviy birikmalaridan duroni, gilzoi, momand, shinvori, xugani, vardagi, dzadzi, mangal, xostval, kakar va xokazo. Taxminan 20 foiz aholisi xozirgacha ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi holda yashaydi.

Arab mamlakatlarining ko’p millatli xisoblangan Livan, Suriya va Iroq davlatlarida arablar butun aholining 80-90 foizini tashkil qiladi. Livanda arablardan tashqari armanlar, kurdlar, greklar, turklar, forslar va cherkeslar, Suriyada ham kurdlar , armanlar, assiriyaliklar, turkmanlar, turklar va cherkeslar yashaydi. 80 foiz arab xalqiga ega bo’lgan Iroqda 18 foiz kurdlar, qolgani forslar, assiriyaliklar, turklar, armanlar, turkmanlar va boshka elatlardir.

Xo’jaligi-Arab mamlakatlarida asosan bug’doy, arpa, paxta, zigir, yasmik, poliz va sitrus ekinlari va bogdorchilik muxim o’rinni egallaydi. Turkiyada asosiy o’rinni qishlok xo’jaligining soxasi xisoblangan g’allachilik egallaydi. Bu yerda bahorgi ekinlar keng tarqalgan, chunki sun'iy sug’orish butun xaydaladigan yerlarning o’ndan bir qismini tashkil qiladi. Butun ekin maydonining 15foizida texnik ekinlar – paxta, tamaki, qand lavlagi yetishtiriladi. Eronda eqiladigan maydonning 70 foiziga don ekinlari eqiladi, qolgani paxta, kand lavlagi, choy, tamaki va bogdorchilik bilan band. Afg’oniston sugorma dexkonchilik mamlakati bulib, aholisining 70 foizi qishlok xo’jaligi bilan shug’ullanadi. Bu yerda texnika ekinlaridan yaxshi hosil olinadi, bog’dorchilik yaxshi rivojlangan bulib, bundan tashkari bug’doy, kand lavlagi, paxta, sholi, arpa sabzavot va poliz ekinlari eqiladi. Arab mamlakatlarida sitrus ekinlari keng tarqalgan. Masalan, Iroq jaxon xurmo eksportining 80 foizini tashkil qiladi. Bu soxada jaxonda 4-o’rinda turgan Saudiya Arabistonida 70 ga yakin xurmo turi mavjud bulib, ulardan xar yili 25o ming tonna xosil olinadi. Eqiladigan maydonning 75 foizi xurmo daraxtlari bilan band. Sohil buyida yashovchi aholi baliqchilik bilan ham shug’ullanadi.

G’arbiy Osiyo xalqlarining xo’jaligida chorvachilik muxim o’rinni egallaydi va bu xo’jalik turli xarakterga ega: ko’chmanchi, yarim kuchmanchi, yarim o’troq va o’troq. Chorvachilik bilan asosan arab xalqlari, qisman pushtunlar, yarim kuchmanchi turkiy elatlar, kurdlar va Erondagi va Afg’onistondagi ayrim qabilalar shug’ullanadilar. Eronda yashovchi 3-4 mln. Afg’onistondagi 4 mln. kuchmanchi va yarim kuchmanchi elatlar asosan chorvachilik bilan kun kechiradilar. Kuchmanchi qabilalar, ayniqsa arab badaviylari tuya, qo’y, echki va ot boqadilar. Masalan, Saud Arabistoni badaviylar asosan tuyakashlik va otlarning maxsus arab turini parvarish qilish bilan shug’ullanadilar. Kuchmanchi qabilalar yilda bir necha marta faslga qarab kuchib yurganlar: jazirama issik oylari daryo buylarida qishda saxroda, baxorga kelib voxaga joylashadilar. Yarim kuchmanchi arab, turk, eron, afg’on kabilalari asosan mayda mol-echki, qo’y va kisman tuya,ot, eshak boqadilar. O’troq aholi yirik shoxli molni sut-yog’i va go’shti uchun boqadilar, qisman parranda ham saqlanadi.

An'anaviy xo’jalik soxasi xisoblangan xunarmandchilik barcha G’arbiy Osiyo xalqlarida rivojlangan.Xozirda ularning xayotida temirchilik, zargarlik, misgarlik, kulolchilik, ipakchilik, ip yigiruv va to’qimachilik, kigiz bosish, bo’yrachilik va gilam to’qish muxim urinni egallaydi. Shahar aholisining kupchiligi xunarmandlar, savdogarlar, ishchi va ziyolilar.

G’arbiy Osiyo xalqlari moddiy madaniyatining uziga xos xususiyati maxalliy tabiat va iqlim sharoiti bilan belgilanadi. Ammo barcha elatlarga xos umumiy belgilari ham mavjud. Old osiyoliklarning asosiy qismi qishloqlarda istikomat qiladi. Ba'zi qishloqlar qal'a kurinishida bulib, devor bilan uralgan. Qishloq markazida bozor, machit, kofexona yoki choyxona joylashgan. Afg’oniston va Eronda katta patriarxal oilalarga muljallangan ko’p xonalik kurg’onlar mavjud. Uylari asosan loydan, paxsa yoki somon guvaladan, xom yoki ba'zan pishgan gishtdan kurilgan. Ayrim tog’li rayonlarda qo’rgon shaklida toshdan tiklangan uylar uchraydi. Tomlari tekis,kamish va tuprok bilan yopilgan va somon aralash bir xonali bulib, oynasiz tuynukli, uy urtasida o’choq, ba'zan eshik urniga latta osib qo’yiladi. Qadimgi madaniyat markazi xisoblangan yirik shaxarlarda g’isht va toshdan qurilgan boylarning dabdabali ko’shk-ayvonlari, xokimlarning xashamatli saroylari, ajoyib arxitektura inshootlari kad kutargan.

Eronda vodiylarda sinch qilib guvaladan qurilgan tekis tomli, bir xonali, oynasiz tuynukli forsiy xalq uylari keng tarkalgan. Paxsadan yoki xom g’ishtdan gumbaz shaklida qurilgan bir necha xonali uylar ham ko’p uchraydi. Janubda dexkon uylari toshdan yoki kamishdan kurilgan bulsa, shimolda gilyonlar va mazandaranliklar uyining tomi cho’qqaygan, somon yoki cherepitsa bilan yopilgan, baland fundamentli yoki ustunlarga urnatilgan yog’och uylar ham quradilar.

Turkiyada qishloq uylari geografik zonalarga qarab farqlanadi. Shimoliy soxillarda urmonli rayonlarda yog’ochdan, tog’li urmonsiz rayonlarda toshdan uy-joy kuriladi. Janubdagi kuchmanchi va yarim kuchmanchi aholi yengil butalardan yoki kamishdan chayla tiklaydilar.

Uy jixozlari ijtimoiy sharoitida karab xar xil: boylarning uylarida, uziga tuk oilalarda turli idish-tovob, kigiz-gilamlar, zamonaviy uy-ruzgor buyumlari va mebellar,kambagallar xonadonida esa supa yoki takir yerga tushalgan chipta, buyra, ba'zan kigiz yoki palos, sopol yoki mis idishlar, tunuka va kumgonlar, kovokdan yasalgan buyumlar va savatlar buladi.

Kuchmanchi yoki yarim kuchmanchi aholi (badaviylar, ayrim afg’on va turkman kabilalari, kurdlar, balujiylar, yuryuklar va xokazo) asosan jun matodan tikilgan turli xildagi chodra va palatkalarda yoki kora uy (utov)ga uxshash chaylalarda yashaydilar. Uy jixozlari kuchishga kulay temir, yogoch yoki teridan yasalgan idish-tovoklar, xurjun va sandiklar, kigiz va gilamlardan iboratdir.

G’arbiy Osiyo aholisining kupchiligi qishloqlarda joylashgan bulsada, urbanizasiya darajasi kit'aning boshka kismiga nisbatan ancha baland.

G’arbiy osiyoda yashovchi xalqlarning kiyimlarida juda kup umumiylik mavjud. Erkaklari kuylak va keng ishton,ustidan yengsiz nimcha yoki chakman kamzul, chopon, kishda pustin, boshlariga duppi, teri telpak yoki salla, arablar kufiya kiyadilar. Oyok kiyimlari etik, maxsi-kavush yoki sandaldan iborat bulib, ba'zan kuprok yook yalang yuraverishadi. Ayollari keng kuylak va sharavar shaklidagi tupikkacha lozim, boshlariga rumol yoki shol urashar, ayrimlari esa (Eron va Afg’onistonda) tashkariga chikkaknda yuzlariga paranji va chodir yopinib yurishadi. Ularning kiymlari va kuylaklarida turli takinchoklar, kul va kuloklariga bilaguzuk, sirgalar osishadi. Ayollarning poyabzali erkaklarnikiga uxshash, ammo, kupchiligi oyok yalang yuradi. Shaxarlarda yevropa tipidagi kiyim va bezaklar, serxasham yubka va koftalar, yoshlar esa xatto shim ham kiyishadi. G’arbiy Osiyo mamlakatlarida an'anaviy milliy kiyimlar shaxar aholisida juda kam saqlangan,asosan zamonaviy yevropa kiyimlari kiyiladi.

G’arbiy Osiyo xalqlarining taomlari ham ularning tabiiy geografik sharoiti, tarixiy xususiyati va xujalik faoliyatiga karab farqlanadi. Tarixiy-ijtimoiy jixatdan bir-biriga yakin bo’lgan Eron, Trukiya va Afg’oniston o’troq aholisining etnik va diniy munosabatlarida ham anchagina umumiyliklar mavjud. Bu xolat ularning taomlarida ham uz ifodasini topgan. Ammo o’troq dexkonchilik aholi bilan kuchmanchi yoki yarim kuchmanchi aholining taomlari bir-biridan farq qiladi. Barcha etnoslar taomlari nixoyat rang-barang bulsada, dexkonlarning xar kungi ovqati asosan non, sabzavot va sut maxsulotlaridan iborat.

Non yopilishi (o’troq aholi asosan tandirda, kuchmanchi elatlar o’tga qo’yilgan tunuka sajda) shakliga karab farq qiladi. Eng keng tarkalgan xamir taomlar uchun turli yarim tayyor maxsulotlar tayyorlanadi, ayniksa an'anaviy ugra kesilib, oftobda kuritilib, maxsus xaltalarda yoki kuzada saqlangan. Don yormasi yoki undan xar xil butka yoki kurdlarda bug’doy butkasi keng tarkalgan. Butkani yog’, go’sht, piyoz va sarimsoq bilan pishiradilar.Umuman yorma an'anaviy taomlarning asosini tashkil qiladi.Muqaddas don xisoblangan guruchdan ikki xil palov pishiriladi: qaynatilgan suvga tuz bilan guruch solib, pishgandan keyin eritilgan sariyog’ kumib damlanadi yoki sovuq suvga guruch tuz va yog’ qo’shib birga qaynatiladi. An'anaviy go’shtli taomlardan eng kadimiylari kullama, tandirkabob yoki kuyikabob, chevirma kabob, shish kabob,kiyma kabob, burbel, xar turli kovurmalar.

Isroilda, Turkiya va arab mamalkatlarida, ayniksa, Saudiya Arabistonida butun oilaviy xayot diniy aqidalarga to’liq buysindirilgan. Afg’onistonda qalin olish juda yuqori bo’lganligidan bo’ydoq erkaklarning soni kup, kupchilik oilalarda almashuv nikox,ya'ni karindoshlar kalin tulamaslik uchun kelin berib kelin olish keng tarkalgan, levirat nikox ham saklangan. Oilada o’g’il to’g’ilishi nogora yoki miltik ovozi bilan e'lon kilinadi, katta tuylar utkaziladi. O’g’il bola 4-7 yoshida sunnat kilinadi va tantana bilan nishonlanadi.

Turklarning oilaviy turmushida an'anaviy patriarxal-feodal munosabatlarning qoldiqlari bilan bir qatorda yangi ma'naviy turmush kurtaklari ham paydo bulib kelmokda. Qonunga binoan nikox o’g’il bolalar uchun 18 yosh, qizlarda 17 yosh bulsada xali ham balogatga yetmagan yoshlarni bir-biriga qo’shish xollari kup uchraydi. Turklarda bir maqol bor: “Kiz bola 15 yoshga kirganda erga chikishi, yo go’rga kirishi shart”. Kuyov yoki kelin tanlash ota-ona ixtiyorida, nikox fakat ota-ona rozilig bilan utkaziladi. Barcha oilaviy masalalarni oila boshligi- ota xal qiladi.O’g’il to’g’ilishi katta bayram (o’g’il xolvasi), unda karindosh va kushnilarni chakirib xolva va sharbat tayyorlab mexmon qiladilar. Dexkon bolalari yoshlikdan mexnatga tortiladi: kizlar 5-6 yoshligidan uy ishlari va bola bokish bilan band, 6-8 yoshidan tukishga urgatiladi, 13 yoshdan suv tashish va dala ishlariga jalbetiladi, o’g’il bolalar 8 yoshidan mol bokadi, 12 yoshdan yer xaydashni urganadi. Qishloqlarda barcha muxim masalalarni oksokollar kengashi, qishloq oksokoli – muxtor va imom xal qiladi.

Nikox, oila, meros masalalari kuchmanchi kabilalarda shariat bilan birga ibtidoiy odat tartiblariga ham rioya kilinadi. Kabilalar xun olish, kalin xajmi, mexmondustlik va boshka urf-odat va dasturlari bilan ham bir-birlaridan farq qiladilar. Diniy bayramlarda rasmiy ravishda xokimlar xalqka osh berib poyga tashkil kilganlar. Ammo islomgacha bo’lgan kadimiy dexkonchilik va chorva bayramlarini nishonlash, maxalliy avliyolar ibodati va ularga siginish, teatr va kino namoyishi, kushik aytish, raks tushish va muzika chalish butunlay man kilingan.

O’g’il tug’ilishi va sunnat kilish oila bayrami sifatida tantanali nishonlanadi. Sunnat butun musulmonlarning umumiy odati xisoblanadi. G’arbiy Arabiston badaviylari utgan asrgacha ibtidoiy inisiasiya belgilari saklanib kolgan. Nikox marosimida ham ibtidoiy dasturlar saklangan. Masalan kalin tulab bulgach, nikox ukilgandan keyin bir xafta kelinning ota-onasi uyida yashaydi, sung korongi kechada kelin bilan kuyov uz uyiga kuchib utadi. Dafn kilish marosimi umumiy musulmoncha bulsa ham, uxdoyi kabi marosimlar utkazish tavxid bayicha man kilingan. Ilgari islomgacha va dastlabki islom davrida butunkuchmanchi arablarda oxirat tugrisida deyarli anik tasavvur bulmaganligi tufayli ulikni dafn kilib (yerga kumib) kabri ustiga xech kanday belgi kuymaganlar va ma'raka, xudoyi degan odatlar mutloka bulmagan. Islom va shariat murda bilan yiglab vidolashishini ham ma'kullamaydi. Yigi urniga janoza ukish, ulim musibatini matonat va sabr-tokat bilan utkazish xayrixoxlik, yaxshi fazilat xisoblanadi.

G’arbiy Osiyo xalqlarining ijtimoiy turmushiga xos jamoachilik an'analari ancha mustaxkam saklangan. Ularning butun ijtimoiy xayoti jamoa tuplanadigan maxsus maydonlarda yokixovlilarda, kuchalarda va bozorlarda utadi. Eron va Turkiyada hammom, arab mamlakatlarida kofexona uziga xos ijtimoiy klub vazifasini bajaradi.

Ma'naviy madaniyatida barcha elatlar urta asrlar davomida shakllanib kelgan arablar va maxalliy xalqlarning uzaro ta'siri ostida umumiy madaniy an'analarini xozirgacha saklab kelmokda. G’arbiy osiyoliklarning kupchiligi arab alfavitini qabul qilgan, tillarida arab suzlarining ta'siri juda kuchli, o’quv sistemasi, adabiyot, tasviriy san'at islom goyalari talabiga moslashgan. Ammo xar bir etnos uziga xos boy madaniy an'anaga ega, qadimiy ajoyib adabiyot va san'atning turli janrlari, arxitektura va badiiy xunarmandchilikning guzal noyob namunalarining ijodkoridir. Jaxonga tarqalgan arablarning “Ming bir kecha” ertaklari, Xuja Nasriddin latifalari, Go’ro’g’li nomi bilan bog’lik tarixiy dostonlar, mashxur “o’g’uznoma” va nasixatguy donishmand Kurkud rivoyatlari, xalq baxshilarning ajoyib san'ati, shux laparlar, satirik va lirik ashulalar eronliklarning misli yuk klassik poeziyasi, afg’onlarning xarbiy rakslari va eronlarning boy repertuarli xalq teatri, kadimiy an'anaga ega shark musikasi va tomoshalari umuminsoniyat madaniy xazinasining durdonalariga aylangan. Xalq ijodida rang-barang jozibador kuy va uyinlar aloxida urinni egallaydi. Bu buyuk san'at namunalariga aylangan kadimiy an'analarning uziga mujassamlashtirgan urta asrlarda yaratilgan osmonupar dabdabalik kushk va saroylar, guzal machit va makbaralar, bogi eramlar xozirgacha kishini xayratga koldiradi. Badiiy xunarmandchilik yaratgan turli nakshli uyma va kuyma zargar va misgarlarning bezaklari va uy-ruzgor buyumlari ham ajoyib san'at namunalaridir.

Butun G’arbiy Osiyoda kadimiy davrlardan barcha xalq bayramlarining ijtimoiy, sotsial, oilaviy va shaxsiy xayotida din ta'siri juda kuchli bulib, u xalq turmushining hamma xujayralariga singib ketgan. Regiondagi deyarli barcha mamlakatlarda islom xukmronlik qiladi va xatto kupchiligida davlat dini xisoblanadi. Masalan, Saudiya Arabistoni, Yaman Arab Respublikasi va Maldiv Respublikasida islom 100 %, Turkiya, Ummon, Qatar, Eron va Afg’onistonda 99 % Yaman Xalq Demokratik Respublikasida 98 %, Birlashgan Arab amirliklarida, Iroq va Baxraynda 96 %, Suriyada 85 % ni tashkil qiladi. Islom mazxabalaridan sunna tarafdorlari arab, turkiya,afg’onlar, uzbeklar, turkmanlar, qisman kurd va balujiylar, shia mazxabida butun Eron aholisining 90 % jumadan, forslar,ozarbayjonlar, kurd va balujiylarning bir qismi. Sunniylar ichida ham ayrim mazxablar mavjud.Isroil aholisining kupchiligi yaxudiylar, qisman musulmonlar, xristianlar va karaimlar iborat.


Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Jabborov I.M. Jahon etnologiyasi asoslari. T., 2005

  2. Jabborov I., Jabborov S. Jahon dinlari tarixi. Toshkеnt, 2001.

  3. Jabborov I.M. Etnografiya asoslari. T.,1981.

  4. Jabborov I.M. Etnografiya va jahonning etnik qiyofasi. T., 1982.

  5. Markov G.Е. Kochеvniki Azii. M.1976.

  6. O`zbеkiston Milliy entsiklopеdiyasi. T., «O`zbеkiston milliy entsiklopеdiyasi milliy nashriyoti 2001-2006. 1-11 jildlar.

  7. Wikipedia.org

  8. Ziyonet.uz

Download 30,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish