3.Lisoniy birliklar indeksini tuzish usuli. Badiiy matnning
lingvopoetik tahlili jarayonida asardagi lisoniy birliklarning indeksini tuzib
chiqish talab qilinadi. Buning uchun dastlab, asardagi eng ko‘p qo‘llanilgan,
asar badiiyati uchun xarakterli bo‘lgan birliklar (masalan, iboralar,
sinonomlar, antonimlar yoki epitetli birikmalar, metonimiya, metaforalar
bo‘lishi mumkin) aniqlanadi. Keyin alifbo tartibida terib chiqiladi. Bu
yozuvchining lisoniy mahoratini yoritishda faktik material vazifasini o‘taydi.
Masalan, mohir so‘z san’atkori Abdulla Qahhorning «Sarob» romanida
qo‘llangan yuzdan ziyod ibora, metafora yoki metonimiyalarning indeksini
quyidagi tarzda tuzib chiqishimiz mumkin: (5 jildlik. 1-jild. -Toshkent, G‘afur
G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1987- yil.)
Do'stlaringiz bilan baham: |